Sangilova Aziza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlar bilan moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4118.
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Bank - moliya akdemiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Alisher Ro‘zmuradovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aksiyadorlar bilan moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida, dividend siyosati va mulkchilik tuzilmasini tizimlashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi arizani talab qilmasligi, dividendlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investisiya vositachilari orqali avtomatik ravishda moliyaviy holatiga muvofiq bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi orqali to‘lanishini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya qilganidan ortiq bo‘lmasligi, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan jamiyatlar uchun fond bozorida kamida etti yil davomida ommaviy joylashtirish yo‘li bilan joylashtirilgan bo‘lsa, sof foydaning kamida 30 foiz dividendlarga yo‘naltirilishi taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining strategiyasini belgilash hamda biznesni to‘g‘ri yuritishda moliyaviy risklarni boshqarish va va ichki nazorat tizimini samaradorligini oshirishga qaratilgan COSO (The Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission) modeliga asoslangan integratsiyalashgan nazorat tizimi taklif etilgan;
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar bilan moliyaviy munosabatlar dinamikasi OLS regressiya modeli asosida 2027-yilgacha prognoz qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlar bilan moliyaviy munosabatlar tizimini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi arizani talab qilmasligi, dividendlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investisiya vositachilari orqali avtomatik ravishda moliyaviy holatiga muvofiq bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi orqali to‘lanishini yo‘lga qo‘yish taklifi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 18-sentyabrdagi
03/09-2-17/4021-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlarning, jumladan minoritar aksiyadorlarning manfaatlarini ta’minlanishiga erishilgan.
dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya qilganidan ortiq bo‘lmasligi, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan jamiyatlar uchun fond bozorida kamida etti yil davomida ommaviy joylashtirish yo‘li bilan joylashtirilgan bo‘lsa, sof foydaning kamida 30 foiz dividendlarga yo‘naltirilishi shartligi taklifi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil
18-sentyabrdagi 03/09-2-17/4021-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Xalq IPO” loyihasi asosida “O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi” AJning 4,4 foiz davlatga tegishli aksiyalari ikkilamchi taklif (SPO) orqali sotilgandan so‘ng sof foydaning
44,79 foizlik qismi dividendlarga yo‘naltirildi.
aksiyadorlik jamiyatlarining strategiyasini belgilash hamda biznesni to‘g‘ri yuritishda moliyaviy risklarni boshqarish va va ichki nazorat tizimini samaradorligini oshirishga qaratilgan COSO (The Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission) modeliga asoslangan integratsiyalashgan nazorat tizimi joriy etish taklifi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03/09-2-17/4021-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlarida ichki va tashqi risk omillari, ularning paydo bo‘lishi va ta’sir qilish ehtimoli tahlil qilindi, risklar xos va qoldiq risk nuqtayi nazaridan baholandi, riskning oldini olish, qabul qilish, kamaytirish yoki qayta taqsimlash usullari tanlandi, korxonalarning SWOT tahlillarini veb-saytlari orqali yoritishda ochiqlik va shaffoflik ta’minlandi, korxonalarni boshqarishda kuzatuv kengashi va ijro organini masʼuliyati oshirildi.
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar bilan moliyaviy munosabatlar dinamikasi OLS regressiya modeli asosida 2027-yilgacha prognoz ishlab chiqish taklifi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03/09-2-17/4021-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof foyda 1 foiz ga oshganda dividend to‘lovlari o‘rtacha 0,599 foizga ortishi aniqlangan.