Lu Diyingning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Xitoy qishloq xo‘jaligida mintaqaviy aylanma iqtisodiy modelning amal qilishi (Toshkent viloyati va Ichki Mongoliya avtonom hududi misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3583.
Ilmiy rahbar: Tagaev Behzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Suhrob Rustamovch, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati va Xitoyning Ichki Mongoliya avtonom hududi qishloq xo‘jaligida aylanma iqtisodiyot modelini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xo‘jaligida sirkulyar iqtisodiyot modelini joriy qilishning iqtisodiy mexanizmini tarmoqda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlariga “Organic” va “Global G.A.P.” xalqaro standartlari talabiga javob beradigan organik mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun garovsiz kreditlar paketini taqdim qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqada organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subektlari faoliyati samaradorligini oshirishga birinchi bosqichda (2026-2027 yillar) Toshkent viloyati tumanlarida sohada faoliyat yurituvchi subektlarni Ichki Mo‘g‘uliston Shimoli-sharqiy Osiyo Iqtisodiy Tadqiqotlar Jamiyati hisobidan bepul o‘qitish, ikkinchi bosqichda (2028-2030 yillar) “1+4” integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligi xizmatlari (moliyaviy, texnik-agrokonsalting, logistika, marketing) tizimini joriy qilish orqali erishish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Parkent tumanlari va Mongoliya ichki avtonom hududining Xux-Xoto va Baotou–Ordos agrar zonalarida yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga Tayvanning «mutaxassislar guruhi + eksperimental namoyish bazasi + qishloq xo‘jaligi texniklari + fermerlar» shaklida integratsiyalashgan va tarmoqni intellektuallashtirishga qaratilgan tizimni ishlab chiqish orqali erishish taklifi asoslangan;
Yuqori Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Bo‘ka tumanlari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida chiqindilar qayta ishlash samaradorligini oshirishga XXR Ichki Mongoliya avtonom hududida qo‘llanilayotgan qishloq xo‘jaligi xizmatlari modelini Toshkent viloyati hududlaridagi kichik fermer xo‘jaliklari faoliyatiga adaptatsiya va realizatsiya qilish orqali erishish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalarida qishloq xo‘jaligida aylanma iqtisodiyot modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xo‘jaligida aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot modelini joriy qilishning iqtisodiy mexanizmini tarmoqda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlariga “Organic” va “Global G.A.P.” xalqaro standartlari talabiga javob beradigan organik mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun garovsiz kreditlar paketini taqdim qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi PQ-5995-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir ko‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 noyabr 05/04-04-812-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida hudud qishloq xo‘jaligining atrof-muhit, insonlar salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olishga erishiladi;
mintaqada organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subektlari faoliyati samaradorligini oshirishga birinchi bosqichda (2026-2027 yillar) Zangiota, Qibray, Parkent, Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlarida sohada faoliyat yurituvchi subektlarni Ichki Mo‘g‘uliston Shimoli-sharqiy Osiyo Iqtisodiy Tadqiqotlar Jamiyati hisobidan bepul o‘qitish, ikkinchi bosqichda (2028-2030 yillar) “1+4” integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligi xizmatlari tizimi hamda «sirkulyar iqtisodiyot modeli»ni joriy qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi PQ-5995-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 2-ilovasining 9-bandi va Ichki Mo‘g‘uliston Shimoli-sharqiy Osiyo Iqtisodiy Tadqiqotlar Jamiyati tomonidan «Intellektuallashtirish sharoitida Tayvanda yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning muvaffaqiyatli modellari va tajribalari hamda ularning Mongoliya Ichki avtonom rayoni uchun ahamiyati» (№NT2205) mavzusidagi ilmiy loyiha materiallarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 noyabr 05/04-04-812-son ma’lumotnomasi, Inner Mongolia Northeast Asia Economic Research Society, 2023.9.3-confirmation letter). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Toshkent viloyati hududlarida organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subektlari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada faoliyat yurituvchi subektlarda amaliy ko‘nikmalar shakllantirish va «aylanma iqtisodiyot modeli»ni joriy qilishga erishiladi;
Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Parkent tumanlari va Mongoliya ichki avtonom hududining Xux-Xoto va Baotou–Ordos agrar zonalarida yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga Tayvanning «mutaxassislar guruhi + eksperimental namoyish bazasi + qishloq xo‘jaligi texniklari + fermerlar» shaklida integratsiyalashgan va tarmoqni intellektuallashtirishga qaratilgan tizimni ishlab chiqish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 martdagi PQ-116-son «Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandlari va XXR Ichki Mongoliya avtonom hududida «Intellektuallashtirish sharoitida Tayvanda yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning muvaffaqiyatli modellari va tajribalari hamda ularning Mongoliya Ichki avtonom rayoni uchun ahamiyati» (№ NT2205) mavzusidagi loyihaning 4-bob, 2-band, 1- va 3-xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (Ichki Mongoliya-Tayvan Iqtisodiy, Savdo va Madaniy Almashinuv va Hamkorlik Tadqiqotlari Assotsiatsiyasining 2023 yil 10 noyabrdagi 76-son Ma’lmutonomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida quyi bo‘g‘indagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar soni oshiriladi hamda yangi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini targ‘ib qilish va amaliyotga joriy etish jarayoni jadallashtirshga xizmat qiladi;
Yuqori Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Bo‘ka tumanlari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida chiqindilar qayta ishlash samaradorligini oshirishga XXR Ichki Mongoliya avtonom hududida qo‘llanilayotgan qishloq xo‘jaligi xizmatlari modelini Toshkent viloyati hududlaridagi kichik fermer xo‘jaliklari faoliyatiga adaptatsiya va realizatsiya qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 martdagi PQ-116-son «Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandlari va XXR Ichki Mongoliya avtonom hududida «Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni korxonalarining tashqi investisiya faoliyati tahlili (2022)» mavzusidagi fundamental Loyihaning 5-bob, 4-band, 2- va 3-xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (Ichki Mongoliya-Tayvan Iqtisodiy, Savdo va Madaniy Almashinuv va Hamkorlik Tadkiqotlari Assotsiatsiyasining 2023 yil 10 noyabrdagi 76-son Ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida, Mongoliya Ichki agrobiznes korxonalari qishloq xo‘jaligini ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tarmog‘ini shakllantirigssa, agrobiznes korxonalarining tashqi bozorlarga investisiya kiritish usullarini diversifikatsiya qilishda hamda kichik hajmdagi fermer xo‘jaliklarining zamonaviy qishloq xo‘jaligi tizimi bilan samarali bog‘lanishini ta’minlashga xizmat qiladi.