Sherjanova Nodira Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishining xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1232.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi  ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.P.03.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Isaqova Muazzamxon Tulkinovna psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishining xususiyatlarini tadqiq etish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiyaning darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra  emotsional xayrixohlikning integrativ ta’siri tufayli ota-onalarga, hayvonlarga, badiiy asar qahramonlariga nisbatan empatiya qobiliyatlarining yoshga bog‘liq differensial farqlanishi isbotlangan;
ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda namoyon bo‘ladigan empatiyaning ifodalanishiga ko‘ra  ota-onalarini subektiv baholashining interaktiv ta’siri tufayli oila, tarbiyalanganlik darajasidagi maktab, ommaviy axborot vositalari, o‘ziga-o‘zi baxolashning yosh va gender tafovutlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlarda empatiyaning darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra ulardagi empatiya qobiliyatlarining tafakkur qilishdagi individual uslubi va emotsional xayrixohlikka kontekstual ta’siri tufayli ota-onalarga empatiyaning “sintetik”, “g‘oyaviy”, “pragmatik”, “analitik”, “ratsionalistik” uslubi bilan manfiy,  “keksalarga”, “hayvonlarga”, “notanish kishilarga” nisbatan empatiyaning “sintetik tafakkur” va “emotsional xayrixohlik” bilan ijobiy korrelyasion aloqadorlikka ega ekanligi dalillangan; 
ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlar empatiyasini rivojlantirishda o‘smirlar kognitiv, hissiy, xulq-atvor sohasini faollashtirish muhimligi tufayli atrofidagi ijtimoiy institutsional tizim vakillaridan ota-onalarga, keksalarga, badiiy asar qahramonlariga, notanish kishilarga nisbatan refleksiv xususiyatlar orqali emotsional xayrixohlikka erishish kerakligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish asosida:
ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishida ota-onalarga empatiya, hayvonlarga empatiya, badiiy asar qahramonlariga empatiya bu empatiya turlarining shakllanishining differensial farqlanishi tufayli individning yosh xususiyatlari asosiy ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligini isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-417 son buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 20-avgustdagi PM-417a son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishidagi psixologik jarayonlarni o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishi shaxsning emotsional xayrixohligi yoshga, bog‘liq shakllanishi tufayli tarbiyalanganlik darajasidagi oila, maktab, ommaviy axborot vositalari, o‘zini-o‘zi baxolashi ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-417 son buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 20-avgustdagi PM-417a son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishi shaxsning emotsional xayrixohligi yoshga, bog‘liq shakllanishi tufayli tarbiyalanganlik darajasini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
ota-onalarga empatiya ustun o‘smirlarda sintetik tafakkur uslubi (sintetik), g‘oyaviy tafakkur uslubi (idealist), pragmatik tafakkur uslubi (pragmatik), analitik tafakkur uslubi (analitik), ratsionalistik tafakkur uslubi (realist), keksalarga empatiya yuqori bo‘lgan o‘smirlarda esa sintetik tafakkur uslubi, notanish yoki kam tanish kishilarga empatiya yuqori bo‘lgan o‘smirlarda sintetik tafakkur uslubi (sintetik), g‘oyaviy tafakkur ustunligi empirik jihatdan empirik jihatdan aniqlashga oid ma’lumotlar ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-417 son buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 20-avgustdagi PM-417a son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari izohlangan; 
o‘smirlarda kognitiv, hissiy, xulq-atvor resurslarini faollashtirish orqali empatiyani shakllantirishda kognitiv usullardan foydalanish samaradorligini ortishi, emotsional xayrixohlik darajasining oshganligini isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-417 son buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 20-avgustdagi PM-417a son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onasi mehnat migratsiyasidagi o‘smirlarda empatiya namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tavsiflashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish