Abdieva Setoraxon Axmadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta toksikoz bilan og‘rigan homilador ayollarni tashxislash va davolashga individual yondashuv», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4379.
Ilmiy rahbar: Djabbarova Yulduz Qosimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Shokirova Sadoqatxon Muxammatsolievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikdagi qusishning og‘irlik darajasini baholashda gormonal va immunologik ko‘rsatkichlarga asoslangan prognostik mezonlarni ishlab chiqish hamda toksikozning og‘ir shakllarini oldini olish va davolashning shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlar qusishining og‘ir darajasi rivojlanishining eng ahamiyatli xavf omillari erta va takroriy homiladorlik, gestatsiyaning kech muddatlari, o‘rta darajasida esa, o‘tkazilgan abortlar, rivojlanmay qolgan homiladorlik, shuningdek, siydik yo‘llari infeksiyasi ekanligi aniqlangan;
IL-1β va IL-6 kabi immunobiologik omillar miqdorining ortishi, TNF-α miqdorining esa kamayishi bilan tavsiflanuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishi xomiladorlarda toksikozning og‘irlik darajasi ortishining prognostik markerlari ekanligi isbotlangan;
o‘rta va og‘ir darajali homiladorlar erta qusishida asosiy terapiyaga qo‘shimcha ravishda mikronizirlangan progesteron preparatini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi gestagenoterapiya o‘tkazish progesteron konsentratsiyasini 6-8 martaga orttirgan holda 7-10 kunga kelib gormonal gomeostazni tiklashi aniqlangan;
homiladorlar qusishi mavjud ayollarda erta toksikozni tashxislash va ularning sitokin profiliga ko‘ra ishlab chiqilgan individual davolash usullarini tanlash tartibotining klinik samaradorligi kasallik belgilari, uning jadallashuvini kamaytirishi orqali hayot sifatining yaxshilanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
homiladorlar qusishining og‘ir shakllarini erta boaholash, ularni oldini olish va davolashda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlar qusishining og‘ir darajasi rivojlanishining eng ahamiyatli xavf omillari erta va takroriy homiladorlik, gestatsiyaning kech muddatlari, o‘rta darajasida esa, o‘tkazilgan abortlar, rivojlanmay qolgan homiladorlik, shuningdek, siydik yo‘llari infeksiyasi ekanligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martda 01-02/u-t-24-son bilan tasdiqlangan va «Qusish bilan kasallangan xomilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining tizimli reaksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Andijon filialining 2024 yil 16 sentyabrdagi 36-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 120-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/80-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy-ijtimoiy samaradorligi: klinik-ijtimoiy bashoratlovchi omillar asosida homilador ayollarni ambulator bosqichdayoq o‘rtacha va og‘ir darajadagi qusish xavfi bo‘yicha erta guruhlash, bemorlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘naltirish, toksikozning kuchayishini oldini olish, kasallikning og‘ir shakllari chastotasini kamaytirish, tibbiy yordamga kech murojaat qilish hollarini qisqartirish hamda homilador ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyati bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘rta va og‘ir darajali homiladorlar qusishining prognozlovchi mintaqaviy klinik-ijtimoiy omillarini ambulator bosqichdayoq aniqlashga asoslangan yondashuvning iqtisodiy samaradorligi asoratlanish xavfini erta baholash, bemorlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘naltirish va toksikozning og‘ir shakllari rivojlanishining oldini olish imkoniyati bilan belgilanadi. Yuqori xavf guruhini erta identifikatsiya qilish natijasida statsionarda davolanishning o‘rtacha davomiyligi 6,8 kundan 4,6 koyko-kungacha qisqargan bo‘lib, bu bir nafar homilador hisobiga iqtisodiy tejamkorlikni E1=(6,8−4,6)×350000=770000 so‘m miqdorida ta’minlaydi. Shuningdek, klinik-ijtimoiy omillarga asoslangan erta profilaktik yondashuv toksikozning og‘ir shakllari rivojlanish chastotasini o‘rtacha 12,0% gacha kamaytirib, qo‘shimcha intensiv terapiya va kengaytirilgan statsionar davolashga sarflanadigan xarajatlarning oldini oldi. Og‘ir kechuvchi holatlarni davolashning o‘rtacha qiymati 5000000 sumni tashkil etgan holda, bir nafar homilador uchun iqtisodiy samara E2=5000000×0,12=600000 so‘mga teng bo‘ladi. Natijada, klinik-ijtimoiy bashoratlovchi omillarni erta aniqlashga asoslangan yondashuvning tadqiqot ko‘lami bo‘yicha umumiy iqtisodiy samarasi E1nafar=E1+E2=770 000+600 000=1370000 so‘mni bir nafar homilador hisobiga tashkil etgan bo‘lsa, tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 45 nafar homilador ayolda qo‘llanilganda umumiy iqtisodiy samara E45 nafar = 1370000 × 45 = 61650000 so‘mni tashkil etib, mintaqaviy klinik-ijtimoiy omillarga asoslangan erta profilaktik strategiyaning tibbiy yordam ko‘rsatishda resurslar sarfini optimallashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Xulosa: mintaqaviy klinik-ijtimoiy prognozlovchi omillarni erta aniqlashga asoslangan yondashuv homiladorlikdagi qusishning og‘ir shakllarini oldini olish va statsionar davolash muddatini qisqartirish orqali bir nafar homilador hisobiga 1370000 so‘m, tadqiqot ko‘lamida esa 45 nafar homilador uchun 61650000 so‘m iqtisodiy samaradorlikni ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: IL-1β va IL-6 kabi immunobiologik omillar miqdorining ortishi, TNF-α miqdorining esa kamayishi bilan tavsiflanuvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishi xomiladorlarda toksikozning og‘irlik darajasi ortishining prognostik markerlari ekanligi isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martda 01-02/u-t-24-son bilan tasdiqlangan va «Qusish bilan kasallangan xomilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining tizimli reaksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Andijon filialining 2024 yil 16 sentyabrdagi 36-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 120-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/80-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy-ijtimoiy samaradorligi: progesteron darajasiga va immunologik ko‘rsatkichlarga asoslangan individual yondashuv homiladorlikdagi qusishning og‘ir shakllarini oldini olish, kasallikni erta bosqichda aniqlash va patogenetik jihatdan asoslangan davolashni o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi, bu esa davolash samaradorligini oshirish, asoratlar va qayta gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirish, statsionar davolash muddatini qisqartirish hamda homilador ayollarning hayot sifati, mehnat qobiliyati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash orqali yuqori tibbiy-ijtimoiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: progesteronning boshlang‘ich darajasini gestagenoterapiyani tayinlashda ob’ektiv mezon sifatida qo‘llashga asoslangan yondashuvning iqtisodiy samaradorligi davolashni patogenetik jihatdan asoslash, terapiyani erta boshlash va toksikozning og‘ir shakllarigacha jaddalashuvini oldini olish imkoniyati bilan belgilanadi. Mikronizatsiyalangan progesteron bilan davolash fonida uning konsentratsiyasini o‘rtacha 6,8 barobar oshishi klinik belgilarning tezroq bartaraf etilishiga olib kelib, statsionarda davolanish muddatining sezilarli darajada qisqarishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, statsionarda davolanishning o‘rtacha davomiyligi 6,5 koyko-kundan 3,9 koyko-kungacha kamayib, bir nafar homilador hisobiga iqtisodiy samara E₁=(D₁-D₂)×T=(6,5-3,9)×330 000=858000 so‘mni tashkil qilgan. Qo‘shimcha iqtisodiy samara toksikozning og‘ir shakllari rivojlanish chastotasining 12% ga kamayishi hisobiga ta’minlangan. Og‘ir kechuvchi holatlarni davolashning o‘rtacha qiymati 5200000 so‘mni tashkil etgan holda, oldi olingan xarajatlar E₂=C₁×P₁=5 200 000×0,12=624000 so‘mni tashkil qilgan. Klinik holatning barqarorlashishi natijasida infuzion terapiya hajmining o‘rtacha 1,3 litrga kamayishi ham iqtisodiy samara keltirib, uning ummiy xissasi E₃=V×C₂=1,3×125000=162500 so‘m, bundan tashqari, qayta gospitalizatsiyalar sonining 10% ga kamayishi hisobiga qo‘shimcha resurs tejamkorlik ta’minlangan va u E₄=C₃×P₂=3 800000×0,10=380000 so‘mni tashkil qilgan. Mikronizatsiyalangan progesteronga asoslangan individual yondashuvning umumiy iqtisodiy samarasi bir nafar homilador hisobiga quyidagicha aniqlandi: E₁ nafar=E₁+E₂+E₃+E₄=858000+624 000+162 500+380000=2024500 so‘m. Ushbu yondashuv tadqiqot doirasida 45 nafar homilador ayolda qo‘llanilganda umumiy iqtisodiy samara E₄₅ nafar=E₁ nafar×45=2024 500×45=91102500 so‘mni tashkil etdi, bu taklif etilgan gestagenoterapiya strategiyasining yuqori klinik-iqtisodiy samaradorligi va resurs tejovchi xususiyatini yaqqol tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rta va og‘ir darajali homiladorlar erta qusishida asosiy terapiyaga qo‘shimcha ravishda mikronizirlangan progesteron preparatini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi gestagenoterapiya o‘tkazish progesteron konsentratsiyasini 6-8 martaga orttirgan holda 7-10 kunga kelib gormonal gomeostazni tiklashi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martda 01-02/u-t-24-son bilan tasdiqlangan va «Qusish bilan kasallangan xomilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining tizimli reaksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Andijon filialining 2024 yil 16 sentyabrdagi 36-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 120-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/80-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy samaradorligi: homiladorlar qusishining patogenetik mexanizmlarini aniqlash va immunologik markerlar asosida noxush kechishini erta bashorat qilish, davolash taktikasini o‘z vaqtida boshlash, tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining oldini olish va og‘ir asoratlar, shu jumladan poliorgan etishmovchiligi xavfini kamaytirish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi homilador ayollarda toksikozning og‘ir shakllarini erta aniqlash va oldini olish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarni qisqartirish, shuningdek, shaxsiy yondashuv doirasida tibbiy yordamning samaradorligi va ommabopligini oshirish orqali hayot sifatini yaxshilash bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sitokin profiliga asoslangan erta prognozlash va xavfni stratifikatsiya qilish og‘ir shakllar rivojlanish ehtimolini o‘rtacha 15,3% ga kamaytirish imkonini berdi. Tizimli yallig‘lanish reaksiyasi bilan kechuvchi og‘ir toksikoz holatlarini davolashning o‘rtacha qiymati 5184600 so‘mni tashkil etgan holda, oldi olingan xarajatlar quyidagicha hisoblandi: E₁=P×C=0,153×5184600 = 793254 so‘mni tashkil qilgan. Shu bilan birga, sitokinlar asosida erta klinik qaror qabul qilinishi natijasida statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 6,9 koyko-kundan 4,6 koyko-kungacha qisqargan. Qo‘shimcha iqtisodiy samara intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazish ehtimolining kamayishi hisobiga olindi. Sitokin monitoringi joriy etilgunga qadar intensiv terapiyaga muhtojlik 17,8% ni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 7,9% gacha pasaydi. Intensiv terapiyada davolashning o‘rtacha qiymati 3 742 500 so‘mni tashkil etgan holda, iqtisodiy samara quyidagicha aniqlandi: E₃=(0,178−0,079)×3 742 500=370508 so‘m. Bundan tashqari, erta prognozlash natijasida qayta gospitalizatsiyalar chastotasi 13,6% dan 4,8% gacha kamaydi. Bir marotabalik qayta gospitalizatsiyaning o‘rtacha qiymati 2964300 so‘m bo‘lgan holda, oldi olingan xarajatlar E₄=(0,136−0,048)×2964300=261858 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa, sitokinlar (IL-1v, IL-6, TNF-b) asosida toksikoz og‘irligini prognoz qilishga qaratilgan yondashuvning umumiy iqtisodiy samarasi bir nafar homilador hisobiga E₁ nafar=E₁+E₂+E₃+E₄=793 254+797 640+370 508+261 858=2223260 so‘mni tashkil etdi. Ushbu yondashuv tadqiqot doirasida 45 nafar homilador ayolda qo‘llanilganda umumiy iqtisodiy samara E45 nafar=2223260×45=100046700 so‘mga teng bo‘ldi. Olingan natijalar toksikoz og‘irligini sitokinlar asosida erta prognoz qilishga qaratilgan yondashuvning yuqori klinik-iqtisodiy asoslanganligi va sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini samarali taqsimlash imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlar qusishi mavjud ayollarda erta toksikozni tashxislash va ularning sitokin profiliga ko‘ra ishlab chiqilgan individual davolash usullarini tanlash tartibotining klinik samaradorligi kasallik belgilari, uning jadallashuvini kamaytirishi orqali hayot sifatining yaxshilanishi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martda 01-02/u-t-24-son bilan tasdiqlangan va «Qusish bilan kasallangan xomilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlarining tizimli reaksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Andijon filialining 2024 yil 16 sentyabrdagi 36-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 120-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/80-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy samaradorligi: ishlab chiqilgan turli darajadagi homiladorlar qusishi mavjud ayollarni davolash va olib borish algoritmining tibbiy samaradorligi gormonal va sitokin holatini baholashga asoslangan patogenetik jihatdan asosli shaxsga yo‘naltirilgan davolash taktikasini qo‘llash bilan belgilanadi. Ilmiy yangiliuning iqtisodiy samaradorligi og‘ir asoratlarning oldini olish (cost-avoidance - oldi olingan sarf-xarajatlar), kutilgan o‘rtacha xarajatlarni kamaytirish (expected cost - kutilgan o‘rtacha sarf), statsionarda yotish muddatini qisqartirish (length-of-stay reduction - koyko-kun qisqarishi) hamda qayta gospitalizatsiyalar chastotasini pasaytirish (readmission-avoidance - qayta yotqizishni oldini olish) ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Sitokinlar asosida erta xavf stratifikatsiyasi joriy etilgandan so‘ng toksikozning tizimli yallig‘lanish reaksiyasi va poliorgan etishmovchiligi bilan kechuvchi og‘ir shakllari chastotasi 18,4% ga kamaygan. Bunday holatlarni davolash reanimatsiya va intensiv terapiyani talab qilib, uning o‘rtacha qiymati 10684900 so‘mni tashkil etdi. Shu asosda bir nafar homilador hisobiga oldi olingan xarajatlar E₁ = Pn) × C = 0,184 × 10684900 = 1966022 so‘mni tashkil qilgan. Algoritm qo‘llanilmasdan oldin og‘ir kechish ehtimoli 37,6% ni, asoratsiz yoki o‘rtacha kechish ehtimoli esa 62,4% ni tashkil etgan. Bu holatda bir nafar homiladorni davolash uchun kutilgan o‘rtacha xarajat ECgacha=(0,376×10684900) + (0,624×2148600)=5088980 so‘mni tashkil qigan bo‘lsa, algoritm joriy etilgandan so‘ng og‘ir kechish ehtimoli 19,3% gacha kamayib, kutilgan o‘rtacha xarajat ECso‘ng=(0,193×10684900) + (0,807×2 148 600)=3507420 so‘mgacha kamaygan, kutilgan o‘rtacha xarajatlarning kamayishi: E₂=Ecgacha-ECso‘ng=1581560 so‘mni tashkil etgan. Sitokin disregulyasiyasini erta aniqlash va davolashni o‘z vaqtida korreksiya qilish natijasida statsionarda davolanishning o‘rtacha davomiyligi 8,6 koyko-kundan 5,2 koyko-kungacha qisqardi. Bir koyko-kunning o‘rtacha qiymati 392700 so‘m deb olinganda E₃=(8,6-5,2)×392 700=1334180 so‘mni tashkil qiladi, tizimli yallig‘lanish bilan bog‘liq qayta gospitalizatsiyalar chastotasi 17,1% dan 5,1% gacha kamayganda esa bir marta qayta gospitalizatsiya qilishning o‘rtacha qiymati 3764800 so‘m bo‘lgan holda E₄ = (0,171 − 0,051) × 3764800 = 452000 so‘mgacha kamayishi, umumiy iqtisodiy samara bir nafar homilador hisobiga E₁ nafar=E₁+E₂+E₃+E₄=1 966 022+1581560+1334180+452000 = 5333762 so‘mni tashkil etdi. Tadqiqot ko‘lamida ushbu algoritm 45 nafar homilador ayolda qo‘llanilganda umumiy iqtisodiy samara E umumiy = 5333762×45=240019290 so‘mga teng bo‘ldi. Xulosa: sitokin profili va gormonal ko‘rsatkichlarga asoslangan individual algoritm og‘ir va eng resurs talab qiluvchi klinik holatlarni oldini olish, statsionar va reanimatsiya bo‘limlarida davolash hajmini qisqartirish orqali tadqiqot ko‘lamida 240 mln so‘mdan ortiq umumiy iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan.