Fazliddinov Saloxiddin Baxriddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “TiO2 asosli yupqa qatlamli quyosh elementi fotoanodiga ultratovush bilan ishlov berishning samaradorlikga ta’siri” 01.04.10–“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1208
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosir Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori., Professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti hamda Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM/T.15.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Gafurjon, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Ayupov Qutbiddin Sautovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: TiO₂ asosli yupqa qatlamli quyosh elementi fotoanodiga ultratovush bilan ishlov berish orqali fotoanodning elektrofizik xususiyatlariga ta’sir etib fotoelement samaradorligini oshirishda ta’sir etuvchi ultratovush miqdorini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: sezgir bo‘yoqli quyosh elementini tayorlashda fotoanoddagi g‘ovaklar o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali TiO2 yuzalarini yorug‘likga sezgir bo‘yoq bilan qoplanish darajasini optimal holatga keltirish bilan fotoelement effektivligini oshirish mumkinligi asoslab berilgan; 
TiO2 asosli fotoelementning samaradorligini fotoanodga ultratovush ta’siri miqdoriga bog‘liqlik emperik modeli yaratilgan;
ilk bor sezgir bo‘yoqli quyosh elementining fotoanodini tayyorlashda 21 kHz chastotada 20-40 s vaqt oralig‘ida ultratovush bilan ishlov berish eng optimal miqdor ekani aniqlan;
sezgir bo‘yoqli quyosh elementini tayorlashda fotoanodga optimal miqdorda ultratovush bilan ta’sir etish orqali, oldingi texnologiyalarda tayorlangan fotoelemetlardan effektivligi 15% yuqori bo‘lgan quyosh elementi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. TiO2 asosli yupqa qatlamli quyosh elementi fotoanodiga ultratovush bilan ishlov berishning samaradorlikga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ultratovushli purkash usuli orqali TiO₂ ni etanolda eritilgan suyuq kalloid fazadagi qismini Doktor Blade uslubida yotqizish va ultratovush generatori yordamida  21 kHz chastotada 20-40 sekund ishlov berish bilan bir tekis qatlamlar hosil qilish imkoniga erishilgan. Bu jarayon, TiO₂ ning kristall tuzilishini va sirt o‘ziga xosligini yaxshilashga yordam berib, bu esa fotokatalitik samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan. Tadqiqot natijalari asosida  fotosezgir fotoanod qism sifatida TiO₂ dan foydalanish  “Foton” aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy etilgan (“FOTON” aksiyadorlik jamiyatining 2025yil 30/09 dagi 372 - son ma’lumotnomasi). Natijada fotoelement tarkibiy qismlarining o‘tkazuvchanlik tavsiflari ultratovush omili ta’siri asosida fotoelementlarning foydali ish koeffisientini orttirishga, jumladan, iqtisodiy arzon va ekologik bezarar materiallardan foydalanishga imkon yaratilgan;
sezgir bo‘yoqli quyosh elementi samaradorligini fotoanodning tarkibi va elektrolit tarkibi va kontur elektrod materiallarining ta'siri natijalari asosida Malayziya davlatining “Malaya universiteti Ion markazi” da ijobiy xarakteristikaga ega yuqori sezgir bo‘yoqli fotoelementlar tayyorlashda foydalanishda amaliyotga joriy etilgan. (Malayziya davlatining Malaya universiteti 23.10.2025 dagi № ISMK 50603 sonli ma’lumotnomasi). DSSC Fotoelementini tayorlashda fotoanodga otimal miqdorda ultratovush bilan ta’sir ettirish bilan oldingi texnologiyalar yordamida tayorlanganlardan effektivligi 15% yuqori bo‘lgan quyosh elementi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish