Xoliqova Gulyayra Qo‘ldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Mochevina va hosilalarining nitrat, fosfat tuzlari sintezi, xossalari”, 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/K683.
Ilmiy rahbar: Mardonov O‘ktam Mardonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaeva Zubayda Shavkatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mochevina va hosilalarining nitrat, fosfat tuzlari sintezi, xossalarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvant-kimyoviy hisoblashlar (KKU) asosida mochevina va biuretning nitrat, metafosfat kislotalari bilan 1:1÷1:3 molyar nisbatlardagi birikmalari hosil bo‘lishi imkoniyatlari aniqlanib, molekulalari atomlaridagi elektron va zaryadlar taqsimoti, kimyoviy bog‘lanish tabiati, molekulalar energetik parametrlari aniqlanib, tarkib va tuzilishlari isbotlangan;
mochevina va biuretning nitrat hamda metafosfat ionlari bilan 12 ta molekulyar birikmalari qattiq holda olinib, ularning tarkibi, tuzilishi va ular eritmalari xossalari ZFKTU bilan tadqiq etilib, qo‘llanish sohalari aniqlangan;
birinchi marta EPR spektrometriya usuli bilan tuproqdagi gumus komponentlari faolligining karbamid nitratlari eritmalari muhiti pH-iga va nitrat-ionlari miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
mochevina nitratlari eritmalarining texnologik jihozlardagi quyqalar eruvchanligini 26.0-67.6 % gacha oshirishi, hosil bo‘lgan eritmalarda Fe+2/+3 ionlari miqdorining yuqoriligi (18-23 g/l) aniqlanib, ular asosida texnologik chiqindilardan turli maqsadlarda ishlatiladigan noorganik pigmentlar olingan;
karbamid va biuret metafosfat birikmalari eritmalarining sellyuloza materiallari yong‘inbardoshligini oshirish xossalari tadqiq etilib, ularning bo‘z matosi, karton va yog‘och namunalari yonuvchanligini (72.99-98.89% ga) kamaytirish xossasi aniqlanib, olingan natijalarga ko‘ra bu moddalar asosida samarador II guruh (G2) antipiren vositalari olish mumkinligi isbotlangan;
mochevina va biuretning HNO3, HPO3 bilan 1:1÷1:3 molyar nisbatlardagi 0.5-2.0% li kislotali, neytral eritmalarining texnik suvlar muhitida (St-3, St-20 po‘lat) qotishmalarni korroziyadan himoyalash xossalari gravimetriya, EPR spektrometriya (birinchi marta) usullari bilan pH =1.66 – 9.0 oralig‘ida tadqiq etilib, ularning 82.0 – 94.75 % korroziya ingibitorligi, optimal tarkiblari va metafosfatlarning yuqori konsentratsiyali (2.0%li) eritmalarida “korroziya inversiyasi” sodir bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mochevina va biuretning nitrat, metafosfat birikmalari eritmalarining polifunksional xossalari namoyon etishi bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida:
mochevina va biuretning nitrat, metafosfat birikmalari polifunksional eritmalari korroziya ingibitorlari sifatida “Sho‘rtan NGQCh” boshqarmasiga qarashli “gradirnaya” suv ta’minoti (podpitka) uskunasi metall konstruksiyalarini korroziyadan himoyalashda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2024-yil 03-maydagi № OP02/B0-1777- son ma’lumotnomasi). Natijada mochevina va biuretning nitrat, metafosfat birikmalari asosida agressiv muhitda samarali korroziya ingibitorlari yaratish imkoniyatini bergan;
mochevina mononitrati, biuret monogidratining molekulyar tuzulishi krisstallografik ma’lumotlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar ba’zasiga kiritilgan (CCDC 2511988, 2512468). Natijada, o‘xshash birikmalarni tuzulishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini bergan.