Xasanov Abror Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati sharoitida sabzavot loviyasi (Phaseolus vulgaris L.) nav namunalarini tanlash va etishtirish texnologiyasini asosiy elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1619
Ilmiy rahbar: Amanova Maxfurat Eshmurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Zokirjon Tajibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartishkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati iqlim sharoitida sabzavot loviyasi kolleksiyasini bahorgi va takroriy muddatda morfobiologik hamda qimmatli xo‘jalik belgilarini kopleks o‘rganish, istiqbolli navlarni tanlash, maqbul ekish muddatlari, ekish sxemalarini hamda iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor sabzavot loviyasini Toshkent viloyati iqlim sharoitiga mos bahorgi muddatda nazoratga nisbatan tovarbop hosili Qora shaxzoda 01 navida 19%, Zolushka 79%, Shaxika 91%, Priusadebniy 23% ga, takroriy muddatda esa – Qora shaxzoda 01 navida 19%, Zolushka 77%, Shaxika 116%, Priusadebniy 27% va Tomatnaya 9% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
sabzavot loviyasini aprel oyining birinchi dekadasida ekish natijasida tovarbop hosil Zolushka navida 20%, Shaxika 20%, Priusadebniy 21% ga, takroriy muddatda esa barcha navlarda 13 foizdan 50 foizgacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
sabzavot loviyasini bahorgi muddatda Tomatnaya navi uchun 70×5 sm (7,8 t/ga), Shaxika (10,4 t/ga) va Zolushka (8,1 t/ga) navlari uchun 70×15 sm sxemada ekish maqbul ekanligi ilmiy asoslangan;
sabzavot loviyasini aprel oyining birinchi dekadasi ekishda 40,9 mln. so‘mga, 70x15 sm sxemada ekishda esa 63,3 mln. so‘mga yuqori iqtisodiy samaradolikka erishganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati iqlim sharoitida sabzavot loviyasi navlarini etishtirish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyati iqlim sharoitiga mos sabzavot loviyasini ajratib olingan serhosil nav namunalari Qibray tumanidagi “Firdavs Jafarbek invest” MChJ ga qarashli 0,7 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-sentyabr 05/06-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada navlararo standartga nisbatan hosildorlik ko‘rsatkichlari 6,64 tonna, yoki qo‘shimcha 208% hosil olishga erishilgan.
Toshkent viloyati sharoitida sabzavot loviyasinining Mahsuldor, Shaxika, Priusadebniy , Zolushka, Tamatnaya va Qora shaxzoda 01 navlarini bahorgi va takroriy muddatda etishtirish texnologiyasini elementlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Zafarobod Djalilova Malika” fermer xo‘jaligi 0,6 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11- sentyabr 05/06-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan hosil 11,9 t/ni tashkil etib, qo‘shimcha 188% hosil olingan.
Toshkent viloyati iqlim sharoitida sabzavot loviyasini maqbul ko‘chat qalinligi bo‘yicha ekish ishlanmasi Qibray tumanidagi “Zafarobod agro produkt” fermer xo'jaligining 0,5 ga maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-sentyabr 05/06-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fermer xo‘jaligida hosildorlik 151% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.