Akramov Akmal Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tuproqlarning ekologik holatini o‘zgarishi va ifloslangan tuproqlar rekul`tivatsiyasi (Sirdaryo viloyati Shirin shahri misolida)», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1594.
Ilmiy rahbar: Jobborov Baxrom Turg‘unovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boynazarov Baxron Raimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Parpiev G‘ofurjon Toxirovich,  biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi atrofida tarqalgan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning kimyoviy ifloslanishining, ekologik holatini baholash hamda rekul`tivatsiyasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqli tuproqlar tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori tahlil qilinib, ayrim elmentlar ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan ortganligi ilmiy asoslangan;
sho‘rlangan hududdagi kimyoviy ifloslangan tuproqlarning rekul`tivatsiya qilishda fitoremediatsiya hususiyatli Qamish (Phragmites australis), Barxatnik (Tagetes erecta), Ekiladigan beda (Medicago sativa), Kungaboqar (Helianthus annuus) hamda Terak (Populus spp.) o‘simliklarning samarasi baholangan;
Sirdaryo IES ta’sirida atrofdagi hudud tuproqlari, er usti suvlari va o‘simliklarining o‘zgarishi bo‘yicha ekologik xarita ishlab chiqilgan;
turli chiqindilar bilan ifloslangan tuproqlarni tozalashda qo‘llaniladigan rekul`tivatsiya tadbirlari takomillashtirilgan;
Sirdaryo IES ta’sirida atrofdagi hudud tuproqlari ekologik jihadan baholangan va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini atrofida tarqlagan tuproqlarni ekologik holatining o‘zgarishi va ifloslangan tuproqlar rekul`tivatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning ifloslanish manbalari va omillari Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-661-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot olib borilgan hududning ifloslanish manbalari va omillarini aniqlashga xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqli tuproqlar tarkibidagi Li, Be, B, Na, Mg, Al, P, K, Ca, Sc, Ti, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Cu, Zn, Ga, As, Se, Rb, Sr, Y, Zr, Nb, Mo, Ag, Cd, In, Sn, Sb, Te, Cs, Ba, La, Ce, Pr, Nd, Sm, Eu, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm, Yb, Lu, Hf, Ta, W, Re, Pt, Au, Tl, Pb, Bi, Th, U kabi elmentlardan Ni, Zn, As, Sb, Pb elmentlarini miqdori ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan ortganligi aniqlangan va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15- oktyabrdagi 05/06-04-661-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan tuproqlardan maqsadli foydalanish imkonini bergan;
issiqlik elektr stansiyasi ta’sirida texnogen ifloslangan tuproqlarni fitoremediatsiya xususiyatli Qamish (Phragmites australis), Barxatnik (Tagetes erecta), Ekiladigan beda (Medicago sativa), Kungaboqar (Helianthus annuus) hamda Terak (Populus spp.) o‘simliklarni ekish orqali rekul`tivatsiya qilish Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining 1,2 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-661-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq tarkibidagi Ni, Zn, As, Sb, Pb elementlari miqdorini ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan kamayishga erishilgan, shuningdek, ifloslangan tuproqlarni tozalashning yangi yondashuvi sifatida xizmat qilib, tadqiqot hududi tuproqlarining ekologik holatini yaxshilash imkonini bergan;
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarni kimyoviy ifloslanish va texnogen buzilish holatiga qarab, texnik va biologik usullardan foydalanib, rekul`tivatsiya tadbirlari Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining 1,2 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-661-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning ekologik holati tiklanib, hosildorlik ko‘rsatkichining ortishiga xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida joylashgan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi ta’sirida texnogen ifloslangan tuproqlarni rekul`tivatsiya tadbirlarini qo‘llash orqali uning ekologik va unumdorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga doir “Tuproqlarning ekologik holatini o‘zgarishi va ifloslangan tuproqlar rekul`tivatsiyasi (Sirdaryo viloyati Shirin shahri misolida)” nomidagi tavsiyanoma Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15- oktyabrdagi 05/06-04-661-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma nafaqat qishloq xo‘jaligida turli erlardan foydalanuvchilar uchun, balki Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun ham ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida tarqalgan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar hamda suv resurslarining ekologik holati, shuningdek, o‘simliklarning esa tarqalishi bo‘yicha 1:10000 masshtabli ekologik xaritasi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-661-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududning kimyoviy elmentlar bilan ifloslanish chegaralarini aniqlash, ekologik holatini baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish