Ag‘loxodjaeva Shaxnozaxon Muxammad qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «L-arginin gidroxlorid asosida kombinirlangan infuzion preparatlarni standartlash va sifatini nazorat qilish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Far112.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Azizaxon Dilshodovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01. 
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdullajonova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: L-arginin gidroxlorid asosida original kombinirlangan gepatoprotektor ta’sirli dori preparatlarini sifatini nazorat qilish uslublarini taklif qilish, standartlash, validatsiyalash hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor L-arginin gidroxlorid asosidagi gepatoprotektor ta’sirga ega original kombinirlangan dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarning chinligi hamda miqdoriy tahlillari uchun kimyoviy va fiziko-kimyoviy usullardan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi uslublari ishlab chiqilgan;
gepatoprotektor ta’sirga ega infuzion preparatlar tarkibidagi faol moddalari bilan bir vaqtda yot moddalar miqdorini aniqlash imkonini beruvchi xromatografik (YuSSX) uslublari ishlab chiqilgan;
«Gepaton», «Gepatoprotem» kombinirlangan infuzion preparatlari uchun O‘zR Davlat Farmakopeyasi talablariga muvofiq ravishda sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining me’yorlari aniqlangan; 
gepatoprotektor ta’sirga ega preparatlarning miqdoriy tahlili uchun qo‘llanilgan YuSSX uslublarining yaroqliligi o‘ziga xoslik, chiziqlilik, to‘g‘rilik va presizionlik kabi validatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. L-arginin gidroxlorid asosida kombinirlangan infuzion preparatlarni standartlash va sifatini nazorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Gepatoprotem» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (KFM 42 Uz-22796287-4289-2025) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 03594/10/20-sonli guvohnoma). Natijada, gepatoprotektor ta’sirga ega original dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Gepaton» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan (O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 4-noyabr` 41/11-19917-son xati). Natijada, L-arginin gidroxlorid asosidagi kombinirlangan dori vositasini mahalliy farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish imkonini beradi;
kombinirlangan infuzion eritmalarning sifatini nazorat qilish va standartlashga oid natijalar asosida «60910800-farmatsiya (turlari bo‘yicha)» va «60910900-sanoat farmatsiyasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Instrumental`nie metodi analiza lekarstvennix sredstv» darsligi chop etilgan (Guvohnoma №000-086). Natijada, bakalavriat talabalarining dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash sohasidagi bilimlarini  boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Gepaton» infuziya uchun eritmaning spesifik farmakologik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli gepatoprotektor ta’sirga ega va bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish