Ro‘zimatova Sevaraxon Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘tloqi - allyuvial tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlarini sho‘rlanish ta’sirida o‘zgarishi va ularni baholash (Beshariq tumani misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1530.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Dilafruz Yuldashevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16.
Rasmiy opponentlar: Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turdaliev Jamolbek Muminalievich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi Agrotexservis va ChBN massivlaridagi sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlarida sho‘rlanish ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash, unumdorlik holatini baholash, tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Beshariq tumani o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining 1999-2024 yillar davomida sho‘rlanish jarayoni ta’sirida unumdorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish aniqlangan, tuproqning unumdorlikni kompleks baholashda ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida kechayotgan sho‘rlanish jarayonlari tuproq unumdorlik ko‘rsatkichlariga, tuproqning oziq rejimiga va biologik holatiga ta’sirini isbotlangan;
hudud tuproqlarining mikrobiologik faolligiga sho‘rlanish jarayonlarning ta’siri baholangan va yuqori sho‘rlangan qatlamlarda mikroorganizmlar soni 2,5-3 barobarga kamaygani, bu esa gumifikatsiya va azot aylanish jarayonlarining sustlashuviga olib kelgani ilmiy asoslangan;
tuproqlar unumdorligini chegaralovchi omillarni hisobga olgan holda o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning kimyoviy va mikrobiologik xossalarining o‘zgarish, tuproq degradatsiyasi va unumdorlikni pasayishiga bevosita ta’siri ilmiy asosda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani sug‘oriladigan o’tloqi-allyuvial tuproqlarining xossalari va unumdorligi bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
“O‘tloqi tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlarini sho‘rlanish ta’sirida o‘zgarishi va ularni baholash (Beshariq tumani misolida)” nomli amaliy tavsiyanoma Fargʻona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 28 avgustdagi 05/05-02-885-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur qo‘llanma tuproqda sodir bo‘layotgan degumifikatsiya jarayonlarini baholash va tuproqni organik modda bilan boyitishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, unumdorligini saqlab qolish bo‘yicha ilmiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan hamda monitoring qilish imkonini bergan; 
Beshariq tumani Agrotexserviz va ChBN massivlarining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari uchun 1:10000 miqyosli tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish hamda unumdorlik ko‘rsatkichini ifodalovchi xaritalari Fargʻona viloyati Beshariq tumani Agrotexserviz va ChBN massivlari 14 gektar maydonlarda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 28 avgustdagi 05/05-02-885-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritalardagi ma’lumotlar sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning xossa-xususiyatlari, unumdorlik darajasiga qarab erlarning ajratish, hosildorlikni rejalashtirish hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan;
tuproqlarning mikrobiologik holatini (ammonifikator, zamburug‘, aktinomiset) tavsiflovchi xaritalar Beshariq tumani Agrotexservis va ChBN massivlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-02-885-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning “sog‘lomliligi” va ekologik holatiga mikrofloraning ta’sirini baholash hamda unumdorligini oshirishning bilologik yo‘llarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish