Usmanova Xilolaxon Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p marta xomila rivojlanmagan bemorlarda trombofiliya genlarining mutatsiyasini o‘rganish va eku bemorlarda gemostaz buzilishini nazorat qilish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5248.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abduraxman Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukurov Farhod Ishqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trombofiliya geni mutatsiyalari bo‘lgan ayollarda ekstrakorporal urug‘lantirish dasturi natijalarini muolajaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bosqichlarida gemostaz o‘zgarishlarini korreksiyalashning davolash-diagnostik algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstrakorporal urug‘lantirish dasturlarida trombofiliyaning gen polimorfizmlari (F5, F2, PAI-1, ITGA2, ITGB3, FGB) gemostaz tizimining klinik-laborator ko‘rsatkichlari bilan kompleks baholanib, mutatsiyalarning kombinatsiyalangan shakllari 75% holatlarda uchrashi va ularning kumulyativ ta’siri implantatsiya muvaffaqiyatsizligi xavfini ishonchli oshirishi asoslangan;
ITGA2, ITGB3 va FGB genlarining birgalikdagi mutatsiyalarida gemostazni dinamik monitoring qilish trombofiliyasi bo‘lgan bemorlarda subklinik giperkoagulyasiya holati mavjudligini ko‘rsatishi, bu fibrinogen, D-dimer va eruvchan fibrin-monomer komplekslari oshishi bilan namoyon bo‘luvchi giperkoagulyasion holatning shakllanishiga, endometriy mikrotrombozining rivojlanishiga va EKUda implantatsiya jarayonlarining buzilishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
genetik va laborator ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi “IGHI — Implantation Hemostasis Index” integral prognostik shkala yordamida EKU natijalarini prognoz qilish aniqligi 86% gacha oshishi klinik-statistik tahlillar bilan asoslangan;
trombofilik xavfni stratifikatsiya qilishga asoslangan gemostazni individual korreksiyalash algoritmini joriy etish muvaffaqiyatli implantatsiya chastotasini 46% dan 67,7% gacha, progressiv homiladorlikni 41,3% dan 63,1% gacha va tirik tug‘ilish ko‘rsatkichini 34,9% dan 58,5% gacha oshirish imkonini berishi bilan uning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘p marta xomila rivojlanmagan bemorlarda trombofiliya genlarining mutatsiyasini o‘rganish va eku  bemorlarda gemostaz buzilishini nazorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. ekstrakorporal urug‘lantirish dasturlarida trombofiliyaning gen polimorfizmlari (F5, F2, PAI-1, ITGA2, ITGB3, FGB) gemostaz tizimining klinik-laborator ko‘rsatkichlari bilan kompleks baholanib, mutatsiyalarning kombinatsiyalangan shakllari 75% holatlarda uchrashi va ularning kumulyativ ta’siri implantatsiya muvaffaqiyatsizligi xavfini ishonchli oshirishi asoslanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2025-yildagi 5-sonli, Samarkand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi 15.09.2025-yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kengaytirilgan laborator nazoratni joriy etish trombofiliyani davolash samaradorligini 27% ga oshirish va implantatsiya muvaffaqiyatsizligi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: xavfning erta stratifikatsiyasi muvaffaqiyatsiz EKU sikllari sonini kamaytiradi va dori-darmon va laboratoriya xarajatlarini tejashni ta’minlaydi. Xulosa: ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) dasturlarida implantatsiya muvaffaqiyatsizligi va erta gestatsion yo‘qotishlar yakka gen mutatsiyasi emas, balki koagulyasion-trombotsitar-fibrinolitik tizimlarning poligen disregulyasiyasi natijasi ekanligi tizimli ravishda isbotlash imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik. ITGA2, ITGB3 va FGB genlarining birgalikdagi mutatsiyalarida gemostazni dinamik monitoring qilish trombofiliyasi bo‘lgan bemorlarda subklinik giperkoagulyasiya holati mavjudligini ko‘rsatishi, bu fibrinogen, D-dimer va eruvchan fibrin-monomer komplekslari oshishi bilan namoyon bo‘luvchi giperkoagulyasion holatning shakllanishiga, endometriy mikrotrombozining rivojlanishiga va EKUda implantatsiya jarayonlarining buzilishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2025-yildagi 5-sonli, Samarkand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi 15.09.2025-yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  trombofiliya genlarining tez-tez uchraydigan polimorfizmlari kombinatsiyasi akusherlik yo‘qotishlari va EKUdagi muvaffaqiyatsizliklarga olib keladigan omillarni va gemostaz holati o‘zgarishlarini tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genlarining birgalikdagi mutatsiyalari aniqlash muvaffaqiyatsiz EKU sikllari sonini va antikoagulyant terapiya hajmini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: EKU protokolining turli bosqichlarida (T0–T2) gemostaz ko‘rsatkichlarining dinamik monitoringi orqali hatto standart koagulogramma normal bo‘lgan holatlarda ham fibrinogen oshishi, D-dimer ko‘tarilishi, antitrombin III pasayishi kabi latent giperkoagulyasion fenotip mavjudligi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik genetik va laborator ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi “IGHI — Implantation Hemostasis Index” integral prognostik shkala yordamida EKU natijalarini prognoz qilish aniqligi 86% gacha oshishi klinik-statistik tahlillar bilan asoslanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2025-yildagi 5-sonli, Samarkand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi 15.09.2025-yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: "IGHI" shkalasini qo‘llash giperkoagulyasiya darajasini baholashni standartlashtirish, EKU natijalarini prognoz qilish aniqligini oshirish va antikoagulyant terapiyani individual tanlashni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: shkaladan foydalanish qo‘shimcha laboratoriya tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi va dori vositalaridan oqilona foydalanish orqali tejashni ta’minladi. Xulosa: Ilk bor genotip + laborator marker + klinik natijalarni birlashtirgan IGHI (Implantation Hemostasis Index) nomli integral prognostik shkala ishlab chiqildi va uning diagnostik-prognostik qiymati statistik jihatdan tasdiqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. trombofilik xavfni stratifikatsiya qilishga asoslangan gemostazni individual korreksiyalash algoritmini joriy etish muvaffaqiyatli implantatsiya chastotasini 46% dan 67,7% gacha, progressiv homiladorlikni 41,3% dan 63,1% gacha va tirik tug‘ilish ko‘rsatkichini 34,9% dan 58,5% gacha oshirish imkonini berishi bilan uning klinik samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: algoritmdan foydalanish klinik qarorlar qabul qilishni 20% ga tezlashtirdi, gemostazni o‘z vaqtida davolash va EKU natijalarini prognoz qilish sifatini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: hisob-kitoblar va monitoringni optimallashtirish laboratoriya tahlili vaqtini qisqartirish va 1 nafar bemor uchun o‘rtacha xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Bu natijalar reproduktiv dasturlarda gemostazni boshqarishni empirik profilaktikadan dalillarga asoslangan personallashtirilgan terapiya modeliga o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish