Axmedova Matlyuba Olimxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson papillomavirusi bilan kechuvchi servikal intraepitelial neoplaziyaning klinik-morfologik va molekulyar-genetik xususiyatlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib3991.
Ilmiy raxbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika perinatal markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson papillomavirus infeksiyasi bo‘lgan bemor ayollarda bachadon bo‘yni ko‘p qavatli yassi epiteliy patologiyasining shakllanishida proliferatsiya va apoptoz genlar polimorfizmining rolini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda klinik-anamnestik, instrumental va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlar inson papillomavirusi tashuvchiligiga bog‘liq holatda aniqlangan;
servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori onkogen xavfli inson papillomavirusi turlarining ko‘pchilikda A9 filogenetik guruhi viruslari (16, 31, 33, 35, 52, 58 turlari) aniqlandi, har beshinchi bemorda A5/A6 guruhi viruslari (51, 56 turlari), har ettinchi bemorda esa A7 guruhi viruslari (18, 39, 45, 49 turlari) tarqalish jihati aniqlangan;
ilk bor inson papillomavirusi manfiy va musbat bo‘lgan bemorlarda servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda proliferatsiya va apoptozni tartibga soluvchi genlarning polimorfizmining ahamiyati aniqlangan;
ilk bor molekulyar-genetik ko‘rsatkichlari asosida servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi progressiyasini va uning bachadon bo‘yni saratoniga o‘tishini prognoz qilish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Servikal intraepitelial neoplaziya kuzatilgan inson papillomavirusi mavjud hamda mavjud bo‘lmagan bemorlarda moleklyar-genetik ko‘rsatkichlarni baholash asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda klinik-anamnestik, instrumental va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarning inson papillomavirusi tashuvchiligiga bog‘liqlik xususiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 oktyabrdagi №10 son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni shilliq qavatining o‘rtacha og‘irlik daraja displaziyasi kasallarni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali bo‘yicha 16.12.2024 yildagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 23.12.2024 yildagi 19-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: natijalar bemorlarning klinik boshqaruvini optimallashtirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni boshqarish taktikasini maqsadli tanlash orqali qo‘shimcha 950000 so‘m tejamga erishildi. Xulosa: klinik-asbobiy va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish personalizirlangan yondashuvni qo‘llash, ortiqcha tekshiruvlarni kamaytirish, davolash xarajatlarini tejash va salomatlikni muhofaza qilish resurslaridan samarali optimallashtirishga yordam berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori onkogen xavfli inson papillomavirusi turlari ko‘pchilikda A9 filogenetik guruhi viruslari (16, 31, 33, 35, 52, 58 turlari), har beshinchi bemorda A5/A6 guruhi viruslari (51, 56 turlari), har ettinchi bemorda esa A7 guruhi viruslari (18, 39, 45, 49 turlari) tarqalish jihati bemorlarda o‘rganildi. Bu esa ushbu yuqori onkogen virus papillomasi turlari servikal intraepitelial neoplaziyasi o‘rtacha darajasini shakllantirishda asosiy omil hisoblanishi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 oktyabrdagi №10 son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni shilliq qavatining o‘rtacha og‘irlik daraja displaziyasi kasallarni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali bo‘yicha 16.12.2024 yildagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 23.12.2024 yildagi 19-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning klinik menejmentini optimallashtirish, ortiqcha instrumental tekshiruvlarni kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash taktikasini maqsadli tanlash hisobidan bemorlarga qo‘shimcha 870000 so‘m tejamga erishildi. Xulosa: klinik-instrumental tahlil shaxsiy yondashuv imkonini beradi, bemorlarning ortiqcha tekshiruvlarni kamaytiradi, davolash xarajatlarini tejashga va sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: inson papillomavirusi manfiy va musbat bo‘lgan bemorlarda servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi bilan kasallangan bemorlarda proliferatsiya va apoptozni tartibga soluvchi genlarning (TGFβ, MKI67, va BCL2) polimorfizmining ahamiyatini aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 oktyabrdagi №10 son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni shilliq qavatining o‘rtacha og‘irlik daraja displaziyasi kasallarni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali bo‘yicha 16.12.2024 yildagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 23.12.2024 yildagi 19-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genotiplarni aniqlash orqali kasallanish xavfini oldindan baholash va individual monitoringni ta’minlash mumkin bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik tekshiruv xavfsiz va qimmat tekshiruvlar o‘z hisobimizdan koplanib, har bir bemor uchun o‘rtacha 550000 so‘m, jami 55,0 mln so‘m tejamga erishildi. Xulosa: genetik tahlil shaxsiy yondashuv imkonini beradi, og‘ir shakllarni oldini olishga, natijalarni yaxshilashga va va sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni o‘rganish asosida servikal intraepitelial neoplaziyaning o‘rtacha darajasi progressiyasini va uning bachadon bo‘yni saratoniga o‘tishini prognoz qilish mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 oktyabrdagi №10 son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni shilliq qavatining o‘rtacha og‘irlik daraja displaziyasi kasallarni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali bo‘yicha 16.12.2024 yildagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 23.12.2024 yildagi 19-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: proliferatsiya va apoptoz genlari polimorfizmlarini aniqlash orqali malignizatsiyani erta prognoz qilish bachadon bo‘yni saratoni kasalligini kamaytirish imkonini imkoni yuzaga keldi. Iqtisodiy samaradorligi: saratoning kech bosqichlaridagi qimmatbaho davolash xarajatlari qisqartilishi hisobiga 12100000000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlandi. Xulosa: yuqori xavf guruhidan ayollarni erta aniqlash prognozni yaxshiladi, bemorlar hayotini saqlab qolishga xizmat qildi va sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishni amaliyotga qulay qildi.