Yuldashev Shavkidin Saypievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyatida vertebro-spinal travmalarning tarqalish xususiyatlari, klinikasi, tibbiy yordamni tashkil qilish, diagnostikasi va davolashni takomillashtirish” 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.DSc/Tib664.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Bir martalik IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Irisov Keneshbek Bakirbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston), Rustamova Hamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot nomi Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida vertebro-spinal travmalarning tarqalish xususiyatlari aniqlash, diagnostik va tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmlari hamda yangi xirurgik usullarni ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Samarqand viloyatida vertebro-spinal travmalarning tarqalish epidemiologik qonuniyatlari χ²  Pirson  statistik tahlil usuli yordamida aniqlangan;
umumiy amaliyot shifokorlari va fel`dsherlar uchun kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturini samaradorligi isbotlangan;
ixtisoslashmagan kasalxonalarda vertebro-spinal travmalarni davolashda ishlab chiqilgan dasturni klinik samaradorligi ASIA shkalasi asosida aniqlangan; 
vertebro-spinal travmalar va politravmalar bo‘lgan bemorlarda neyrovizualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personallashtirilgan yondashuvning samaradorligi isbotlangan;
umurtqa tanasi shikastlanishlarida kombinirlangan transplantat (autosuyak + suyak sementi) qo‘llashning patogenetik samaradorligi va klinik axamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 25 sentyabrdagi 06/83-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyatida vertebro-spinal travmalarning tarqalish epidemiologik qonuniyatlari χ²  Pirson  statistik tahlil usuli yordamida aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ma’lum bir hududda vertebro-spinal travmalarning tarqalish ko‘rsatgichlarini χ² (xi-kvadrat) va Pirson korrelyasiyasi statistik tahlil usullari yordamida aniqlash, davolash  muassasalarida statsionar o‘rinlarni rejalashtirish, bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning hajmi va sifatini baholashda shu yo‘nalishda klinik-statistik tahlillar o‘tkazish zarurligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga 2023 yil 18 sentyabrdagi 97-U sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonli buyruq, Samarqand shahridagi Bulungur Medservis xususiy klinikasiga 2023 yil 12 iyuldagi 7-sonli buyruq hamda Qarshi shahridagi Prof. Medservice Qashqadaryo ko‘p tarmoqli shifo maskaniga 2023 yil 17 iyuldagi 25-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bulimlari faoliyatiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish hududda vertebro-spinal travmalarning tarqalishini χ² Pirson korrelyasiyasi statistik tahlil usullari yordamida aniqlash, shu asosda bunday turdagi bemorlarga kasalxonagacha va kasalxona bosqichlarida tibbiy yordamni tashkil qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish hajmini baholash bo‘yicha ob’ektiv qarorlar qabul qilish imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi:  hududda vertebro-spinal travmalarning tarqalishini epidemiologik qonuniyatlari χ² Pirson korrelyasiyasi statistik usullari yordamida aniqlash, davolash muassasalarida  statsionar o‘rinlar sonini rejalashtirish, tibbiy yordam ko‘rsatish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf qilish, og‘ir nevrologik asoratlar va nogironlik ko‘rsatichlarini kamaytirish, uzoq muddatli davolash va reabilatatsiya uchun dori-darmon ta’minoti xarajatlarini kamaytirishga imkon yaratdi. Xulosa. Samarqand viloyatida vertebro-spinal travmalarning tarqalish epidemiologik qonuniyatlari χ²  Pirson korrelyasiyasi statistik tahlil usullari yordamida aniqlash, ma’lumotlarni statistik tahlil qilish, bemorlar uchun statsionar o‘rinlar sonini rejalashtirish va  tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini baholashga imkon yaratdi, travma asoratlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni kamaytirdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: umumiy amaliyot shifokorlari va fel`dsherlar uchun kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturini samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda umumiy amaliyot shifokorlari va fel`dsherlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturning ishlab chiqilishi va amaliyotiga joriy qilinishi, diagnostik xatolarni kamaytirish va keyingi bosqichlarda davolash natijalariga ijobiy ta’sir qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga 2023 yil 18 sentyabrdagi 97-U sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonli buyruq, Samarqand shahridagi Bulungur Medservis xususiy klinikasiga 2023 yil 12 iyuldagi 7-sonli buyruq hamda Qarshi shahridagi Prof. Medservice Qashqadaryo ko‘p tarmoqli shifo maskaniga 2023 yil 17 iyuldagi 25-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bulimlari faoliyatiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda umumiy amaliyot shifokorlari va fel`dsherlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturi diagnostik xatolarni kamaytirish va tibbiy yordam ko‘rsatish sifatishi oshirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturi diagnostik xatolarning kamayishi va tibbiy yordam sifatining yaxshilanishi hisobiga davlatning ortiqcha sarf-harajatlarini kamaytirdi. Xulosa. kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida vertebro-spinal travmalarda umumiy amaliyot shifokorlari va fel`dsherlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatishning optimallashtirilgan dasturini qo‘llash, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, diagnostik xatolarni va travma asoratlarni kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli darajada iqtisodiy foydani ta’minlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ixtisoslashmagan kasalxonalarda vertebro-spinal travmalarni davolashda ishlab chiqilgan dasturni klinik samaradorligi ASIA shkalasi asosida aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ixtisoslashmagan kasalxonalarda vertebro-spinal travmalarni davolashda ishlab chiqilgan dasturning klinik samaradorligini ASIA shkalasi asosida baholash shikastlanishning og‘irlik darajasiga qarab optimal davolash turini tanlash imkoniyatini bergan va davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga 2023 yil 18 sentyabrdagi 97-U sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonli buyruq, Samarqand shahridagi Bulungur Medservis xususiy klinikasiga 2023 yil 12 iyuldagi 7-sonli buyruq hamda Qarshi shahridagi Prof. Medservice Qashqadaryo ko‘p tarmoqli shifo maskaniga 2023 yil 17 iyuldagi 25-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bulimlari faoliyatiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: ixtisoslashmagan kasalxonalarda vertebro-spinal travmalarni davolashda ishlab chiqilgan dastur bemorlarda nevrologik holat dinamikasi va davolash natijalarini ASIA shkalasi asosida baholashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ixtisoslashmagan kasalxonalarda vertebro-spinal travmalarning davolash natijalarini ASIA shkalasida baholash, tibbiy yordam sifatini aniqlashga yordam berdi, bemorlarning statsionarda yotish kunlari qisqarishi hisobiga davlatning ortiqcha sarf-harajatlarini kamaytirdi. Xulosa: ixtisoslashmagan kasalxonalarda, vertebro-spinal travma olgan bemorlarni davolash natijalarini ASIA shkalasida baholash, tibbiy yordam sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli darajada iqtisodiy foydani ta’minlash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vertebro-spinal travmalar va politravmalar bo‘lgan bemorlarda neyrovizualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personallashtirilgan yondashuvning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: politravma bilan yotqizilgan bemorlarda vertebro-spinal travmalarni neyroviziualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personifisirlangan davolash dasturini amaliyotga joriy qilish  shikastlanish turlarini barvaqt aniqlash, optimal davolash turini tanlash va amaliyotda qo‘llash travma asoratlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga 2023 yil 18 sentyabrdagi 97-U sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonli buyruq, Samarqand shahridagi Bulungur Medservis xususiy klinikasiga 2023 yil 12 iyuldagi 7-sonli buyruq hamda Qarshi shahridagi Prof. Medservice Qashqadaryo ko‘p tarmoqli shifo maskaniga 2023 yil 17 iyuldagi 25-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bulimlari faoliyatiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: vertebro-spinal travmalar va politravmalar bo‘lgan bemorlarda neyrovizualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personallashtirilgan yondashuv  optimal davolash turini tanlash va qo‘llashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: politravma bilan kasalxonalarga yotqizilgan bemorlarda vertebro-spinal travmalarni neyroviziualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personifisirlangan davolash dasturining amaliyotga joriy qilish diagnostik xatolar va bemorlarning statsionarda yotish kunlarini kamaytirdi, tibbiy yordam sifatining yaxshilanishi hisobiga davlatning ortiqcha sarf-harajatlarini kamaytirdi. Xulosa. vertebro-spinal travmalar va politravmalar bo‘lgan bemorlarda neyrovizualizatsiya usullari natijalariga asoslangan personallashtirilgan yondashuv diagnostik xatolarni kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli darajada iqtisodiy foydani ta’minlash imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: umurtqa tanasi shikastlanishlarida kombinirlangan transplantat (autosuyak + suyak sementi) qo‘llashning patogenetik samaradorligi va klinik axamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: umurtqa tanalari shikastlanishini davolashda ilk bor ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan transplantat qo‘llanilgan yangi xirurgik usulda qimmatbaho metall implantatlar ishlatilishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga 2023 yil 18 sentyabrdagi 97-U sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonli buyruq, Samarqand shahridagi Bulungur Medservis xususiy klinikasiga 2023 yil 12 iyuldagi 7-sonli buyruq hamda Qarshi shahridagi Prof. Medservice Qashqadaryo ko‘p tarmoqli shifo maskaniga 2023 yil 17 iyuldagi 25-sonli buyruq bilan ularning faoliyatiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: umurtqa tanasi shikastlanishini davolashda kombinirlangan transplantat (autosuyak + suyak sementi) qo‘llaniladigan yangi xirurgik usul bemorlarda operatsiyagacha bo‘lgan vaqtning qisqarishiga, orqa miyaning barvaqt dekompressiyasi va umurtqalar stabilizatsiyasi hisobiga nevrologik simptomlarning regressiyasiga olib kelgan va davolash samaradorligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa tanalari shikastlanishini davolashda ishlab chiqilgan yangi xirurgik usulning amaliyotga joriy qilinishi, qimmatbaho metall implantatlardan foydalanmaslik, bemorlarning statsionarda yotish kunlarini kamaytirish hisobiga davlat tomonidan ishlatiladigan  katta sarf xarajatlarining oldi olindi. Xulosa. umurtqa tanasi shikastlanishini davolashda kombinirlangan transplantat (autosuyak + suyak sementi) qo‘llaniladigan yangi xirurgik usul operatsiyagacha bo‘lgan vaqt va statsionarda yotish kunlarini kamaytirdi, davolash natijalarni yaxshiladi va qimmatbaho metall implantatlardan foydalanilmaslik hisobiga davlatning ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytirdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish