Aslanova Aziza Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy brendingni rivojlantirishda Digital PRning o‘rni” 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2673
Ilmiy rahbar: Qosimova Nargis Sunnat qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Begniyazova Qumar Allambergenovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Digital PR strategiyalari, texnologiyalari, usullari va instrumentlaridan foydalanishini tahlil qilish orqali davlat tashkilotlarining mamlakat milliy brendini rivojlantirishdagi ishtirokini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tashkilotlari faoliyati milliy brend sifatida o‘rganilib, “Digital PR” ning Social Media PR, kontent PR va multimedia PR tipologiyasi strategiyasini amalga oshirishda media-jurnalistika, raqamli PR va auditoriya kommunikatsiyasi  integratsiyasi dalillangan;
davlat tashkilotlari axborot xizmatlarida PR instrumentlari qidiruv optimizatsiyasi, kontent-marketing, kontekst reklama, kollaboratsiya, nativ reklama, video reklama, E-mail-marketing klassifikatsiyasi ishlab chiqilib, auditoriyaning milliy brendni qabul qilish jarayonida infopovoddan foydalanish samarali ekanligi isbotlangan;
digital PR instrumentlarining axborot xizmatlari faoliyatida qo‘llanilishi natijasida shakllanadigan kommunikatsiya samaradorligini baholash uchun “tizimli brend jurnalistikasi” modeli ishlab chiqilgan;
brending va Digital PR tadqiqotida davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilgan raqamli PR strategiyalari influence marketing, target samaradorligi tahlilida “brend sotsiologiyasi” mexanizmlari auditoriyaning institutsional ishonchini shakllantiruvchi modeli ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. davlat tashkilotlarining milliy brendni tanitish, jurnalistikada milliy brending va Digital PR tipologiyasi tasniflash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti web-resurslar va elektron ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 26-maydagi 40/394-son ma’lumotnomasi). Natijada vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga xos integrallashgan axborot makoni shaklantirishga va ijtimoiy tarmoqlarda milliy brendga oid tasavvurlarni barqarorlashtirishga erishilgan;
ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, auditoriyani jalb qilish va kengaytirish PR kontent tahlilida ijtimoiy tarmoq instrumentidan foydalanish, matnlarda reklama punktlarini ko‘paytirish, maqsadli auditoriyaning ogʻriqli nuqtalariga qaratilgan kontentlar sonini orttirish va infopovoddan samarali foydalanish, klassik yondashuvdan ko‘ra raqamli yondashuvlarga ko‘proq e’tibot qaratish amaliyoti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarida foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 18-apreldagi 25/25-1069-son ma’lumotnomasi). Natijada vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida auditoriyaning ishtirok darajasini oshishiga, izohlar, repostlar va interaktiv munosabatlar ko‘payishiga xizmat qilgan;
PR mutaxassislari faoliyatida turli “negativ”larga oriqcha vaqt sarflashning oldini olish, asosan, ish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tashkilot brendini tanitishga yoʻnaltirish, ijtimoiy tarmoq instrumentidan faol foydalanish va tashkilot brendingini OAV orqali ilgari surishda axboriy va hissiy komponentlar nisbatini tenglashtirish muhim ekani O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilning 18-aprelda taqdim etilgan 16-17-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilot brendingi ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinishi yanada yaxlitlashib, auditoriya bilan muloqotning konstruktivligi ortgan, shuningdek, kontent tarqalish dinamikasi ortib, ijobiy uslubdagi sharhlar, repostlar va qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar bilan boyishiga olib kelgan; 
PR xodimlari faoliyati natijalarini tizimli tahlil qilish, sotsiologik tadqiqot natijalarini PR faoliyatiga integratsiya qilish va “brend sotsiologiyasi” tamoyillarini amaliyotga joriy etishga doir yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida foydalanilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-apreldagi 05/2433-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari takomillashtirilib, brend va auditoriya o‘rtasidagi kommunikatsiya samaradorligini sezilarli ravishda oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish