Nurieva Mahbuba Urinbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida triterpenoid asosli komplekslarni bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V1669.
Ilmiy rahbar: Allaniyazova Mapruza Qdirbaevna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/B.38.02.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Zaynat Sattarovna, biologiya fanlari doktori; Maulyanov Salixjan Alimjanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproq sharoitida bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga triterpeniodlar ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
triterpenoid asosli komplekslarni bug‘doy nihollarining dastlabki rivojlanish bosqichlaridagi fiziologik-biokimyoviy ta’sir mexanizmlari aniqlanib, ularning antioksidant fermentlar (katalaza, peroksidaza, superoksid dismutaza) faolligini kuchaytirishi, fotosintetik pigmentlar (xlorofill a, b va karotinoidlar) miqdorini barqarorlashtirishi hamda oksidlovchi stressni susaytirishi aniqlanilgan;
triterpenoid tabiatli glisirrizin kislotasining yantar kislotasi bilan birikmasi, GKMAT ning yantar kislotasi hamda yantar kislotasining lupininli hosilasi bilan supramolekulyar komplekslari (GKMAT:Yan va GKMAT:YLE) sintez qilinib, ularning optimal molyar nisbatlari, tarkibiy barqarorligi va yuqori biologik faolligi individual komponentlarga nisbatan ustun ekanligi asoslangan;
sho‘rlanish va qurg‘oqchilik stressi sharoitida triterpenoid asosli komplekslarning bug‘doyda hujayra darajasidagi himoya mexanizmlarini faollashtirishi va buning natijasida prolin, erkin aminokislotalar va fenolik birikmalar miqdorining ortishi orqali osmotik barqarorlik hamda stressga chidamlilikning oshishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor triterpenoid asosli supramolekulyar komplekslarning morfogenetik ta’siri differensial xarakterga ega ekanligi aniqlanib, GKMAT:YLE kompleksi ildiz tizimi hosil bo‘lishi va rivojlanishini jadallashtirishi, GKMAT:Yan kompleksi esa poya va barglarning shakllanishi hamda er ustki biomassa to‘planishini tezlashtirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Triterpenoid tabiatli birikmalarni bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
triterpenoid tabiatli yaratilgan birikmalaridan GKMAT:YLE supramolekulyar kompleksidan 4:1 nisbatda 10-6 M konsentratsiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproq sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya Markazi ekin maydonlarida bug‘doyning “Saratov-68” navini etishtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 30-iyun 02-01/18-2170-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy doni unuvchanligi 88%ni tashkil etib, gektaridan 3,9 tonna hosil olish imkonini bergan;
triterpeoid tabiatli birikmalar asosida yaratilgan GKMAT:YLE 4:1 hamda GKMAT:Yan komplekslardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidagi Dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba maydonlari va ishlab chiqarish faoliyatida sho‘rlangan tuproqlarda bug‘doy etishtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 iyundagidagi 03/015-2103-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproq sharoitida bug‘doyning unuvchanligida 85-90%ga hamda gektariga 10-12 sentr qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.