Zikirov Ixtiyor Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘-vodiy landshaftlarining hosil bo‘lishidagi paragenetik bog‘lanishlarning geokimyoviy asoslari (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr263.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Rahimjon Yigitalievich, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Uktamov Urayimjon Shavkatjon o‘g‘li, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi tog‘ - vodiy landshaftlarining o‘rtasidagi geokimyoviy migratsion jarayonlarning ekologik muhitga, kishilar salomatligiga ta’sirini o‘rganish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi landshaftlarining hosil bo‘lishi, ularning morfologik tabaqalanishi, unga ta’sir etuvchi omillar, turli landshaftlar o‘rtasidagi o‘zaro paragenetik aloqalar va ular bilan bog‘liq geokimyoviy jarayonlar, migratsion jarayonlarning hududiy jihatlari hamda ularni ekologik-meliorativ holatiga ta’siri aniqlangan;
tog‘-vodiy landshaftlarining hosil bo‘lishidagi paragenetik bo g‘lanishlarning geokimyoviy asoslari ishlab chiqilgan va Farg‘ona vodiysi landshaftlaridagi tuproqlarning ekologik muhitiga ta’sir etuvchi kimyoviy elementlarning migratsiyasi va akkumuliyasiyasi qonuniyatlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi tog‘-vodiy paragenetik landshaftlari, ularni hosil bo‘lishidagi omillar, jarayonlar va o‘zaro vertikal va gorizontal aloqalar tadqiq etilgan hamda nazariy asoslari takomillashtirlgan;
tog‘-vodiy paragenetik landshaftlari o‘rtasidagi geokimyoviy migratsion aloqalarning paragenetik pozision xususiyatlari ochib berilgan va ekologik muhitga ta’sir etuvchi kimyoviy elementlarning migratsiya sabablari asoslangan;
GIS texnologiyalaridan foydalanish orqali turli kartalar yaratish metodlari ishlab chiqilgan va shu asosda paragenetik landshaftlarning tabaqalanish kartalari, relefning yonbag‘ir ekspozisiyasi hamda oqim kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Farg‘ona vodiysi landshaftlarining hosil bo‘lishi, ularning morfologik tabaqalanishi, unga ta’sir etuvchi omillar, turli landshaftlar o‘rtasidagi o‘zaro paragenetik aloqalar, ular bilan bog‘liq geokimviy jarayonlar, migratsion jarayonlarning hududiy jihatlari va ularni ekologik-meliorativ holatiga ta’siri tadqiq etilgan va ularni amaliyotga joriy qilish bo’yicha olingan natijalar asosida:
tog‘-vodiy landshaftlarining hosil bo‘lishidagi paragenetik bog‘lanishlarning geokimyoviy asoslari Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-975-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi landshaftlaridagi tuproqlarning ekologik muhitiga ta’sir etuvchi kimyoviy elementlarning migratsiyasi va akkumuliyasiyasi qonuniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi tog‘-vodiy paragenetik landshaftlari, ularni hosil bo‘lishidagi omillar va jarayonlar hamda ular o‘rtasidagi vertikal va gorizontal aloqalar tadqiq etilib nazariy asoslari Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-975-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nazariy xulosalar Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun tog‘-vodiy paragenetik landshaftlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy xulosalar qilish imkonini bergan;
tog‘-vodiy paragenetik landshaftlari o‘rtasidagi geokimyoviy migratsion aloqalarning paragenetik pozision xususiyatlari va ekologik muhitga ta’sir etuvchi kimyoviy elementlarning migratsiya sabablarini asoslangan jihatlaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-975-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu yo‘nalishdagi magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun suv orqali va mexanik migratsiyalanuvchi zararli elementlar to‘g‘risida ma’lumot olish va tahlil qilish imkonini bergan;
GIS texnologiyalaridan foydalanish orqali turli kartalar yaratish metodlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/06-02-975-son ma’lumotnomasi). Natijada, paragenetik landshaftlarning tabaqalanish kartalari, relefning yonbag‘ir ekspozisiyasi va oqim kartalari (1:1000 000 masshtabda) yordamida geokimyoviy va ekologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish