Ziyadullaev Anvar Egamberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piroliz jarayoni ikkilamchi mahsuloti asosida neft polimer qatronlar olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T994.
Ilmiy maslahatchi: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maqsud Ubaydullaevich,  texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Egamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori, professor; Maksumov Abduhamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  uglevodorodlar piroliz jarayoni ikkilamchi mahsuloti asosida neftpolimer qatronlar va lok-bo‘yoq olish, texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni korroziyaga qarshi qoplama materiallar sifatida qo‘llashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsulotlari tarkibini aniqlash, ularni ajratib olish va modifikasiyalash asosida ilk bor murakkab strukturaga ega bo‘lgan organik qatronlar sintez qilingan:
piroliz jarayonida hosil bo‘lgan suyuq mahsulotlar tarkibidan kichik molekulyar massali uglevodorodlar ajratib olingan va organik qatronlar sintezi uchun erituvchi sifatida qo‘llanilgan;
organik qatron olishda foydalanilgan fraksiyalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan va reaksiya borishida funksional guruhlar faolligi hisobiga reaksion markaz sifatida ishtirok etishi ilmiy asoslangan;
piroliz jarayoni maxsulotlari asosida qatron xosil bo‘lish reaksiya mexanizmi taklif etilgan, jarayonga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan, jarayonni havo kislorodi ta’sirida borishi isbotlangan;
sintez qilingan qatronlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, adgezion xossasi, zichligi, bug‘lanish harorati va sirt tarangligi aniqlagan, ularni lok-bo‘yoq ishlab chiqarishda qo‘llanilish imkoniyatlari asoslangan;
ilk bor mahalliy xomashyo va ikkilamchi mahsulotlar asosida ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarador organik qatron olish texnologiyasi yaratilgan, havo kislorodi ishtirokida sintez qilingan qatronlar asosida lok-bo‘yoq qoplamalari uchun ekologik toza, yuqori yopishqoqlikka ega materiallar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti asosida qatronlar va erituvchilar olish, jarayonni texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
piroliz jarayoni ikkilamchi maxsuloti asosida ishlab chiqilgan neft-polimer qatroni Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida metall konstruksiyalar va qurilmalarda korroziyaga qarshi himoya vositalari sifatida amaliyotga joriy etilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 16 oktyabrdagi P06/EM-366,7-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, sanoatda qo‘llaniladigan PF-115 Moviy-423 import qoplamani mahalliylashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan neft-polimer qatroni «Dexqonobod-Kaliy zavodi» AJda metall konstruksiyalar korroziyasiga qarshi himoya vositari sifatida amaliyotga joriy etilgan («Dexqonobod-Kaliy zavodi» AJning 2025 yil 10 noyabrdagi  02-02-4/1935-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, sanoatda qo‘llaniladigan import qoplamani lokalizatsiya qilish imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan Bt-LB-01 lok-bo‘yoq qoplamasi St-20 markali po‘latni korroziyadan himoyalashda Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 16 oktyabrdagi P06/EM-366,7-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, St-20 markali po‘latni ishlash muddatini 1,5 marta uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish