Gapparov Abdulatifjon Mamadalievichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simligining kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va TIF TN asosida sinflanishi”. 02.00.09 - Tovarlar kimyosi, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/K246.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohimjon Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Voxobxon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Shaxobidin Xasanboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekisonda o‘suvchi Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklari tarkibidagi alkaloidlar, flavonoidlar, vitaminlar, makro va mikroelementlarni aniqlash, ular asosida yangi tovarlar olish hamda TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklaridan yangi alkaloid va flavonoid birikmalarni ajratib olishning eksperimental usullari ishlab chiqilib, xloroformli va spirtli eksrakt usullar yordamida ajratib olingan kimyoviy birikmalarning tarkibi sifat reaksiyalari, xromatografik va spektral usullar orqali aniqlangan;
Toshkent viloyatidan terilgan Convolvulus subhirsutus o‘simligidan birinchi marotaba 11 ta ma’lum alkaloid, Namangan viloyatida o‘suvchi Convolvulus pseudocanthabrica o‘simligidan 8 ta ma’lum alkaloid ajratib olingan va ularning kimyoviy tarkibi isbotlangan;
Namangan viloyatidan terilgan Convolvulus pseudocanthabrica o‘simligini alkaloidlardan tashqari boshqa biologik faol moddalarni o‘rganish natijasida ilk bor 2 ta flavonoid (6-(5-(5,7-digidroksi-3-metoksi-4-okso-4H-xromen-2-yl)-2-gidroksifenil)-3,4,5-trigidroksitetragidro-2H-piran-2-karboksil kislota va 6-(5-(5,7-digidroksi-3-metoksi-4-okso-4H-xromen-2-yl)-2-gidroksifenil)-3,4,5- trigid-roksitetragidro-2H-piran-2-karboksil kislota) va birinchi marotaba 5 ta ma’lum flavonoid, 8 ta vitamin ajratib olingan hamda tuzilishi isbotlangan;
Convolvulus pseudocanthabrica o‘simligining ildiz qismidagi eksrakt tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida o‘rganilganda vitamin B1 (tiamin), vitamin B2 (riboflavin), vitamin B3 (niatsin), vitamin PP, vitamin B6 (piridoksin), vitamin B9 (foliy kislotasi) hamda vitamin C (askorbin kislotasi) mavjudligi isbotlangan;
Convolvulus pseudocanthabrica o‘simligining ildiz qismidagi fenol birikmalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlangan va eksrakt tarkibida rutin, salisil kislotasi, kversetin, apigenin, kaempferol mavjudligi aniqlangan;
eksraktning DPPH erkin radikalini vaqt va konsentratsiyaga bog‘liq ravishda samarali neytrallash xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Spektrofotometrik tahlilda 517 nm to‘lqin uzunligida nur yutilishi qiymatlarining pasayishi eksrakning antioksidant faolligi isbotlangan;
eksraktning kimyoviy elementlar tarkibi induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrometriya (ICP-OES) metodi yordamida takibida jami 63 xil element mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Convolvulus subhirsutus va convolvulus pseudocanthabrica o‘simligining kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va TIF TN asosida sinflanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Convolvulus subhirsutus o‘simligi asosida olingan “Pechak” nomli shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnoma (TY 204136479-001:2025) ishlab chiqilgan va O‘zbekison Respublikasi Prezidenti adminisrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekison Respublikasi Prezidenti adminisrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasining 2025 yil 15 iyuldagi 023481-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Convolvulus subhirsutus o‘simligi biofaol birikmalari asosida inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan shifobaxsh choy ishlab chiqarish imkonini bergan;
Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklarining ildiz va er uski qismidan tayyorlangan tekshiruvlarda “Pechak” choyi tovar sifatida sinflanib, unga tashqi iqtisodiy faoliyatidagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: “Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklarining ildiz va er uski qismidan tayyorlangan, tarkibida makro va mikroelementlarga boyligi hamda flavonoidlar, vitaminlar, aminokislotalar kabi foydali birikmalar saqlagan tayyor o‘simlik choylar” uchun – 1212 99 490 6 tovar kod raqami shlab chiqilgan va davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekison Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasining 2025 yil 22 avgusdagi 29/05-25-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada, Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklar asosida tayyorlangan choyni kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkoni bergan;
Convolvulus subhirsutus va Convolvulus pseudocanthabrica o‘simliklarining ildiz va er uski qismining kimyoviy tarkini aniqlashda foydalanilgan takomillashtirilgan usullar hamda ilmiy natijalar asosida “O‘simlik va hayvonlar evolyusiyasi” nomli darslik chop etilgan (O‘zbekison Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi “136”-sonli buyrug‘i asosidagi № 138433-son ruxsatnomasi). Natijada, mahalliy o‘simliklar tarkibidagi alkaloidlarni anishlashning takomillashtirilgan zamonaviy usullarini o‘quvchilar ongiga singdirish imkonini bergan.