Shamsieva Mohigul Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3590
Ilmiy rahbar: Boboev Akmal Chorievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.1.16.06
Rasmiy opponentlar:Ro‘zmetov Baxtiyor iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Zayavitdinova Nafisa Muxammadovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha nazariy takliflari va amaliy chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hududdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta ishlash, logistika, servis, moliya va innovatsiya infratuzilmasi bilan “qiymat zanjiri” tamoyilida institutsional bog‘lab, resurs oqimlari hamda bozor talabini yagona raqamli muvofiqlashtirish platformasi orqali samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
hududiy paxta-to‘qimachilik sektorida shakllangan klasterlash tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tuzilma tarkibida qo‘shimcha ravishda «Biznes-analitika» markazi hamda uning tarkibida DXSh asosidagi «Eksportni rivojlantirish», «Ilmiy tadqiqot» va «Loyihaviy boshqarish» bo‘linmalarini tashkil etish taklifi asoslangan;
paxta xom-ashyosini etkazib beruvchilar va klasterlar tuzilmalari orasidagi shartnomaviy munosabatlarda to‘la erkinlikka erishish hamda paxta-to‘qimachilik erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish ssenariylari asosida tayyor mahsulot va uning chiqindilari qiymat o‘lchovidagi hajmining 50% dan ortiq qismini eksportga yo‘naltirilganda tegishli ravishda 2030 va 2035- yillargacha imtiyozdan foydalanish imkoniyati asoslangan;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil qilishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlash” tushunchasining iqtisodiy mazmunini hududdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta ishlash, logistika, servis, moliya va innovatsiya infratuzilmasi bilan “qiymat zanjiri” tamoyilida institutsional bog‘lab, resurs oqimlari hamda bozor talabini yagona raqamli muvofiqlashtirish platformasi orqali samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2022-yil, 19-iyul, 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “mintaqaviy agrosanoat majmuasini klasterlash” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududiy paxta-to‘qimachilik sektorida shakllangan klasterlash tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tuzilma tarkibida qo‘shimcha ravishda «Biznes-analitika» markazi hamda uning tarkibida DXSh asosidagi «Eksportni rivojlantirish», «Ilmiy tadqiqot» va «Loyihaviy boshqarish» bo‘linmalarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi “2023 - 2025-yillarda Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari hamda kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-214-sonli qarorining 1-band 3-xatboshisining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-687-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy paxta-to‘qimachilik sektorida shakllangan klasterlash tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tuzilma tarkibida qo‘shimcha ravishda bo‘linmalarni tashkil etish orqali takomillashtirish imkoni yaratilgan;
paxta xom-ashyosini etkazib beruvchilar va klasterlar tuzilmalari orasidagi shartnomaviy munosabatlarda to‘la erkinlikka erishish hamda paxta-to‘qimachilik erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish ssenariylari asosida tayyor mahsulot va uning chiqindilari qiymat o‘lchovidagi hajmining 50% dan ortiq qismini eksportga yo‘naltirlganda tegishli ravishda 2030 va 2035-yillargacha imtiyozdan foydalanish imkoniyati asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2023-yil 5-iyuldagi “2023 - 2025-yillarda Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari hamda kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-214-sonli qarorining 1-band 3-xatboshisining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-687-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tayyor mahsulot va uning chiqindilari qiymat o‘lchovidagi hajmining muayyan qismini eksportga yo‘naltirlganda tegishli ravishda imtiyozdan foydalanish imkoni aniqlangan;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil qilishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Buxoro Agroklaster” MChJ va “WBM ROMITEX” MChJ paxta to‘qimachilik klasterlarini hududiy rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda, Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2024-yilda belgilangan vazifalari bo‘yicha “YoʻL XARITASI”ning “Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” va “Qishloq xo‘jaligi” komplekslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-687-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil qilishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.