Iskandarov Zoxid Ergashbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`sinatsiyalangan soda olishda karbonizatsiyalash jarayonining adaptiv-noqat’iy boshqarish sistemasi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1002.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zkimyosanoatloyiha» aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammoniylashtirilgan eritmani karbonizatsiyalash jarayonini mahsulot sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha operativ boshqarishning model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbonizatsiyalash kolonnasining optimal harorat rejimini aniqlash uchun kimyoviy reaksiya va stexiometrik munosabatlar asosida karbonizatsiyalash texnologik jarayonining kinetik modeli ishlab chiqilgan;
asosiy g‘alayon ta’sirlar va mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy mezonlar bo‘yicha karbonizatsiyalash jarayonining neyro-noqat’iy modeli va texnologik rejimlarini optimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
karbonizatsiyalash jarayoni xusuiyatlarining o‘zgarishi va tashqi muhit g‘alayonlarini kompensatsiyalash orqali optimal boshqarishni amalga oshiruvchi avtomatik boshqarish sistemasini sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan;
operativ rejimda noqat’iy PID-rostlagichning sozlash parametrlarining optimal qiymatlarini hisoblashning samarali algoritmi hamda karbonizatsiyalash kolonnasini unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki parametrlarining noaniqligi sharoitida mahsulot sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha adaptiv neyro-noqat’iy boshqarish sistemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`sinatsiyalangan soda olishda karbonizatsiyalash jarayonini adaptiv-noqat’iy boshqarish sistemasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahsulot sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha boshqarish sistemasini sintezlash imkonini beruvchi karbonizatsiyalash jarayonining matematik modeli «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 03-2230/K-son ma’lumotnomasi). Natijada kal`sinatsiyalangan sodaning asosini tashkil etuvchi natriy gidrokarbonat kristallarining sifati oshgan;
asosiy g‘alayon ta’sirlar va mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy mezonlar bo‘yicha karbonizatsiyalash jarayoni neyro-noqat’iy modeli va optimallashtirish algoritmlari «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 03-2230/K-son ma’lumotnomasi). Natijada ammoniylashtirilgan tuzli eritmani karbonizatsiyalash jarayonidagi rejimlarni barqarorlashtirish va uning ishlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
neyro-noqat’iy texnologiyalarni qo‘llash asosida karbonizatsiyalash jarayonining o‘lchanmaydigan sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchanuvchi va boshqarish parametrlari bo‘yicha aniqlash algoritmi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 03-2230/K-son ma’lumotnomasi). Natijada karbonizatsiyalash jarayonini boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari parametrlarini operativ nazorat qilish imkonini bergan.