Narzieva Maftuna Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati, qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi, maydon va uchastkalarning faoliyati tarixi (1885-1917-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar247.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Xujamurotov Umarjon Rustamovich, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati, qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi, maydon va uchastkalarning faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilishi va mazkur davrdagi o‘zgarishlar haqida bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumotlar kam uchraydi. Shu jihatni hisobga olgan holda, ushbu tadqiqotda aynan Turkiston qishloq xo‘jalik jamiyati va Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasining tashkil etilishi hamda ular faoliyatining o‘lka hayotiga ta’siri keng yoritib berilgan;
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati tomonidan mahalliy aholining asriy dehqonchilik va chorvachilik an’analari o‘rganilib, jahonda amalga oshirilgan agrar yangiliklarni o‘lka sharoitiga moslashtirish borasida amalga oshirgan ishlar aniqlashtirilgan;
Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasida ekin navlarining hosildorligini oshirish, yangi ekin navlarini yaratish, urug‘larni sifatli saqlash va tarqatish, asalarichilik, pillachilik, uzumchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik va yana boshqa bir qator qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tajriba ishlari tizimli ravishda ochib berilgan; Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasining texnikalar omboriga olib kelingan yangi texnikalar stansiya va unga qarashli tajriba maydonlari, uchastkalar er maydonlarida qo‘llanilgani va sinovdan o‘tkazilganligi, stansiya ko‘chatxonasida olma, nok, shaftoli, o‘rik (abrikos), gilos, qaroli, chereshnya, malina, krijovnik, smorodina ko‘chatlari parvarishlanganligi va sotilganligi, stansiya ko‘chatxonasi Samarqand bog‘bonlar bilim yurti, hukumat ko‘chatxonalari hisoblangan Qorovulbegi (Samarqand), Qoplonbek (Toshkent), Skobelev (Yangi Marg‘ilon), Chernyaevka (Chimkent), Oltin O‘rda (Dasht cho‘l) kabilar bilan aloqalarda bo‘lib, ulardagi xodimlarga ko‘chat o‘tqazish qoidalari, ularni parvarish qilish usullari haqida tavsiyalar berganligi haqidagi bir qator ma’lumotlar manbalar asosida ilmiy jihatdan asoslashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati, qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi, maydon va uchastkalarning faoliyati tarixi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilishi va mazkur davrdagi o‘zgarishlar haqida bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumotlar kam uchraydi. Shu jihatni hisobga olgan holda, ushbu tadqiqotda aynan Turkiston qishloq xo‘jalik jamiyati va Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasining tashkil etilishi hamda ular faoliyatining o‘lka hayotiga ta’siri keng yoritilganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-iyundagi 01-33/482-son ma’lumotnomasi). Natijalar “Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati, qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi, maydon va uchastkalarning faoliyati tarixi” mavzusi bo‘yicha teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati tomonidan mahalliy aholining asriy dehqonchilik va chorvachilik an’analari o‘rganilib, jahonda amalga oshirilgan agrar yangiliklarni o‘lka sharoitiga moslashtirish borasida amalga oshirgan ma’lumotlardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasining 2025-yil 22-iyuldagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijalar ekologik holatni yaxshilash, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy dasturini amalga oshirish, yosh avlodni tabiatni asrash ruhida tarbiyalashga oid ishlarda, shuningdek, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohasida viloyatda faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirishda xizmat qildi;
Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasida ekin navlarining hosildorligini oshirish, yangi ekin navlarini yaratish, urug‘larni sifatli saqlash va tarqatish, asalarichilik, pillachilik, uzumchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik va yana boshqa bir qator qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tajriba ishlari tizimli ravishda ochib berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Jonli tabiat” jamoat birlashmasining 2025-yil 30-iyuldagi 51/25-X son ma’lumotnomasi). Natijalar tabiatning tabiiyligini saqlash, flora va faunaning boyligini anglash, ularni asrab qolishga doir ishlarni amalga oshirishda yordam berdi;
Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasining texnikalar omboriga olib kelingan yangi texnikalar stansiya va unga qarashli tajriba maydonlari, uchastkalar er maydonlarida qo‘llanilgani va sinovdan o‘tkazilganligi, stansiya ko‘chatxonasida olma, nok, shaftoli, o‘rik (abrikos), gilos, qaroli, chereshnya, malina, krijovnik, smorodina ko‘chatlari parvarishlanganligi va sotilganligi, stansiya ko‘chatxonasi Samarqand bog‘bonlar bilim yurti, hukumat ko‘chatxonalari hisoblangan Qorovulbegi (Samarqand), Qoplonbek (Toshkent), Skobelev (Yangi Marg‘ilon), Chernyaevka (Chimkent), Oltin O‘rda (Dasht cho‘l) kabilar bilan aloqalarda bo‘lib, ulardagi xodimlarga ko‘chat o‘tqazish qoidalari, ularni parvarish qilish usullari haqida tavsiyalar berganligi haqidagi bir qator ma’lumotlar manbalar asosida ilmiy jihatdan asoslashtirilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan partiya faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2025-yil 4-avgustdagi 02/287-son ma’lumotnomasi). Natijalar yurtimizda ekologik toza muhitni ta’minlash, o‘simliklar va hayvonlarning yoʻqolib borayotgan turlarini saqlab qolish, yangi turlarni hosil qilishda olib borilayotgan tajriba ishlarini rivojlantirishga yordam berdi.