Allananazarov Sirojbek Bekchan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar: tarixiy tahlil (1920-1991-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar2098.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Firuza Jumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1920-1991-yillarda Xorazmda kechgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida Xiva xonligi o‘rnida tashkil etilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davrida jadidlar ishtirokida maorif, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, bu sa’y-harakatlarda Polvonniyozxo‘ja Yusupov, Bobooxun Salimov, Mulla Bekchon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Otamaxsum Madraximov kabi ma’rifatparvarlarning roli katta bo‘lib, o‘z davri uchun zamonaviy ijtimoiy-madaniy tizim asoslari yaratilganligi dalillangan;
Sovet davlatida 1925–1941-yillarda olib borilgan markazlashgan, totalitar siyosat sharoitida Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar to‘liq sovet hokimiyati va kommunistik partiya nazoratida bo‘lganligi, bu holat hududiy tashabbuslarni cheklab, madaniy meros va mahalliy qadriyatlarning siqib chiqarilishiga, mafkuraviy bosimning kuchayishiga olib kelganligi, shunga qaramay, mazkur davrda ijtimoiy-madaniy sohada teatr san’atining rivojlanishi, sog‘liqni saqlash tizimining takomillashuvi va oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi kabi ijobiy siljishlar ham kuzatilganligi asoslab berilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazmda ijtimoiy-madaniy sohalar urush ehtiyojlariga to‘liq safarbar etilgani, mehnat frontida erkaklar o‘rnini xotin-qizlar egallab, ishlab chiqarish va xizmat sohalarida faol ishtirok etganliklari, shu bilan birga, hududda komsomol tashkilotlarining frontga xizmat g‘oyasi ostidagi siyosiy-targ‘ibot faoliyati kuchaygani, aholi o‘rtasidagi muhtoj qatlamlarga insonparvarlik ko‘maklari turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lgani ko‘rsatib berilgan;
Urushdan keyingi yillarda Xorazm viloyatida savodsizlik muammosining saqlanib qolgani, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida malakali mutaxassislar etishmovchiligi davom etgani, partiya saflarini mafkuraviy jihatdan sodiq kadrlarga to‘ldirish siyosati ustuvor yo‘nalish bo‘lganligi, aholi sonining ortib borayotganiga qaramay, ijtimoiy infratuzilma, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari etarli darajada rivojlantirilmagani, shuningdek, sovet hokimiyatining milliy qadriyatlar va diniy an’analarni cheklashga qaratilgan mafkuraviy siyosati ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar: tarixiy tahlil (1920-1991-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Dissertatsiyada ilgari surilgan XX asr boshlarida Xiva xonligi o‘rnida tashkil etilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davrida jadidlar ishtirokida maorif, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, bu sa’y-harakatlarda Polvonniyozxo‘ja Yusupov, Bobooxun Salimov, Mulla Bekchon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Otamaxsum Madraximov kabi ma’rifatparvarlarning roli katta bo‘lib, o‘z davri uchun zamonaviy ijtimoiy-madaniy tizim asoslari yaratilganligiga oid tahliliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi”ning 6-bandida ko‘rsatilgan vazifasi doirasidagi tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 21-avgustdagi 04-13/681-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalarida boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari hamda faol yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy-anjumanlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi anjuman va davra suhbatlarini tashkil etilishiga xizmat qilgan;
Dissertatsiya ishidagi “Sovet davlatida 1925–1941-yillarda olib borilgan markazlashgan, totalitar siyosat sharoitida Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar to‘liq sovet hokimiyati va kommunistik partiya nazoratida bo‘lganligi, bu holat hududiy tashabbuslarni cheklab, madaniy meros va mahalliy qadriyatlarning siqib chiqarilishiga, mafkuraviy bosimning kuchayishiga olib kelganligi, shunga qaramay, mazkur davrda ijtimoiy-madaniy sohada teatr san’atining rivojlanishi, sog‘liqni saqlash tizimining takomillashuvi va oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi kabi ijobiy siljishlar ham kuzatilganligi” haqidagi ilmiy yangilik va xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlashda (2024-2025 yillar) foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 05-09-1631-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot tahlillari va xulosalari ko‘rsatuvda sovet hukronligi davrida O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyatida olib borilgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazmda ijtimoiy va madaniy sohalar urush ehtiyojlariga to‘liq safarbar etilgani, mehnat frontida erkaklar o‘rnini xotin-qizlar egallab, ishlab chiqarish va xizmat sohalarida faol ishtirok etganliklari, shu bilan birga, hududda komsomol tashkilotlarining frontga xizmat g‘oyasi ostidagi siyosiy-targ‘ibot faoliyati kuchaygani, aholi o‘rtasidagi muhtoj qatlamlarga insonparvarlik ko‘maklari turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2025-yil
13-avgustdagi 10/515-sonli dalolatnomasi). Olingan natijalar tinglovchilarning 1920-1991-yillardagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar tarixiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan.
Urushdan keyingi yillarda Xorazm viloyatida savodsizlik muammosining saqlanib qolgani, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida malakali mutaxassislar etishmovchiligi davom etgani, partiya saflarini mafkuraviy jihatdan sodiq kadrlarga to‘ldirish siyosati ustuvor yo‘nalish bo‘lganligi, aholi sonining ortib borayotganiga qaramay, ijtimoiy infratuzilma, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari etarli darajada rivojlantirilmagani, shuningdek, sovet hokimiyatining milliy qadriyatlar va diniy an’analarni cheklashga qaratilgan mafkuraviy siyosati ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita ta’sir ko‘rsatganligini asoslovchi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2025-yil 13-avgustdagi 10/515-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalar Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar tarixini yoritishga xizmat qilgan.