Xaydarova Niginaxon Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekiston moliya bozorida moliyaviy texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4145
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sagdiev Ravshan Sayfullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalari tomonidan milliy sug‘urta xizmatlari bozorida moliyaviy texnologiyalarni qo'llash bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta portfelini optimallashtirish va bozor raqobatbardoshligini oshirishda katta ma’lumotlar (Big Data) va sug‘urtalanuvchilar xatti-harakatlar tahlili texnologiyalaridan foydalangan holda kompaniya tomonidan shaxsiylashtirilgan sug‘urta mahsulotlarini assortimentini kengaytirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarida jarayonlarni samarali boshqarish va mijozlar uchun xizmat sifatini yaxshilashda sug‘urta polislari va da’volarni qayta ishlash jarayonida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish orqali sug‘urta mahsulotlari konversiyasining oshishi asoslangan;
sug‘urta xizmatlarida jarayonlarini avtomatlashtirish, sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish va da’volar bo‘yicha qoplama to‘lovlarini o‘z vaqtida adolatli va manzilli to‘lab berishda mobil to‘lov tizimlardan foydalanish taklif etilgan;
kompaniyada sug‘urta to‘lovlarini optimalllashtirish, operatsion jarayonlarni tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va firibgarlik riskini kamaytirish hamda kompaniya moliyaviy xavfsizligi mustahkamlash maqsadida fintech asosida ishlaydigan aqlli shartnomalarni keng joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta portfelini optimallashtirish va bozor raqobatbardoshligini oshirishda katta ma’lumotlar (Big Data) va sug‘urtalanuvchilar xatti-harakatlar tahlili texnologiyalaridan foydalangan holda kompaniya tomonidan shaxsiylashtirilgan sug‘urta mahsulotlarini assortimentini kengaytirish taklifi AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi №06/1-NS ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya o‘z xizmatlarini yangi segmentlarga taqdim etish imkoniga ega bo‘lgan va 2023-yilga nisbatan 2024-yilda kompaniyaning xizmatlar qamrovi 97,0 foizga oshgan, hamda kompaniyaning bozordagi reytingi 6 punktga ko‘tarilgan;
sug‘urta kompaniyalarida jarayonlarni samarali boshqarish va mijozlar uchun xizmat sifatini yaxshilashda sug‘urta polislari va da’volarni qayta ishlash jarayonida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish orqali sug‘urta mahsulotlari konversiyasining oshishiga doir taklifi AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi №06/1-NS ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya tomonidan 2024-yil 32,7 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan bo‘lsa, ularning 27,8 foizi blokcheyn texnologiyalari asosida hal qilingan va bu 2023-yildagi sug‘urta qoplamasi ko‘rsatkigichiga nisbatan 117,3 foizga oshgan;
sug‘urta xizmatlarida jarayonlarini avtomatlashtirish, sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish va da’volar bo‘yicha qoplama to‘lovlarini o‘z vaqtida adolatli va manzilli to‘lab berishda mobil to‘lov tizimlardan foydalanish taklifi AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi №06/1-NS ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 86,1 foizni tashkil etgan, hamda sug‘urta da’volarni rad etish mos ravishda 2,2 foizga kamaygan;
kompaniyada sug‘urta to‘lovlarini optimalllashtirish, operatsion jarayonlarni tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va firibgarlik riskini kamaytirish hamda kompaniya moliyaviy xavfsizligi mustahkamlash maqsadida fintech asosida ishlaydigan aqlli shartnomalarni keng joriy etish taklifi AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AJ “Trust-Insurance” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi №06/1-NS ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda amalda bo‘lgan sug‘urta shartnomalarining soni 127473 tani va bu o‘tgan 2023-yilga nisbatan 153,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi tuzilgan shartnomalar soni esa o‘tgan 2023-yilga nisbatan 165,4 foizga oshgan holda 111379 tani tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish