Hidoyatov Abdullo Zoxidjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibida gips bo‘lgan loyli gruntlardan qurilgan gidrotexnik inshootlar mustahkamligiga gipsning ta’siri (Sardoba suv ombori misolida)”, 05.09.06-“ Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.PhD/T6044.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Nazarov Komil Igamberdievich texnika fanlari nomzodi, dot.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Yangiev Asror Abduxamidovich - “TIQXMMI” MTU Magistratura bo‘lim boshlig‘i. t.f.d., prof (05.09.06). 
Usmonxo‘jaev Ilxom Inomovich - “Qishloqqurilishloyixa“DM Geotexnika izlanishlar boshqarma boshlig‘i t.f.n., dot. (01.02.03).
Yetakchi tashkilot - Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarkibida gips bo‘lgan gruntli to‘g‘onlarning suv ta’sirida yuvilishini va filtratsion xossalar o‘zgarishini inobatga olib mustahkamligini xisoblash usulini takomillashtrishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarkibida gips bo‘lgan loyli gruntlarning filtratsion xossalarini aniqlovchi kompression-filtratsion qurilmaning konstruktiv elementlari takomillashtrilgan;
laboratoriya tadqiqotlari asosida ichki ishqalanish burchagi (φ) va ichki bog‘lanish kuchi (c) ning qiymatlari gipsning yuvilishini hisobga olgan holda aniqlangan;
loyli gruntlarda tarkibidagi gipsning o‘zgarish miqdorini aniqlash usuli gruntning namlik, zichlik, plastiklik sonini inobatga olib takomillashtrilgan;
tarkibida gips bo‘lgan gruntli to‘g‘on barqarorligini baxolash usuli MIDAS GS NX dasturi asosida asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarkibida gips bo‘lgan loyli gruntlardan qurilgan gidrotexnik inshootlar mustahkamligiga gipsning ta’siri (Sardoba suv ombori misolida) mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Takomillashtirilgan kompression-filtratsion qurilma va gips yuvilishi jarayoniga asoslangan empirik bog‘lanishlar orqali ishlab chiqilgan ilmiy-texnik echimlar Sardoba suv ombori gruntli to‘g‘onining ta’mirlash ishlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” AJning 2026 yil 25 fevraldagi 03-15/647-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘on gruntidagi gips miqdorining yuvilish darajasi aniqlanib, filtratsiyaga qarshi gruntli devor qo‘llash orqali filtratsiya koeffisienti kamaytirildi hamda to‘g‘onning mustahkamligi va xavfsizlik darajasini ishonchli baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish