Shomuradov Ulug‘bek Meyli o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tuz cho‘kishini oldini oluvchi korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5589.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad, kimyo fanlari doktori, professor; Nurillaev Zafar Ismatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuz cho‘kishini oldini oluvchi, korroziyani sekinlashtiruvchi, samarali kompleks ta’sir ko‘rsatadigan yangi avlod ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfonat va amin guruhlarini o‘z ichiga olgan yangi tarkibli oligomer (PF-1) va (EDF-1) ingibitorlari sintez qilingan va ularning suvdagi turg‘unligi, harorat va turli kimyoviy agressiv muhitlarga barqarorligi aniqlangan;
ingibitor tarkibidagi –PO3Na2 va –NH– guruhlarining Ca2+ va Mg2+ ionlari bilan xelat komplekslar hosil qilishi orqali tuz cho‘kishining oldini olishdagi ta’sir mexanizmi ilmiy asoslangan;
EDF-1 va PF-1 ingibitorlarining suv oqimi (3–5 sm/s) va harorat (20–60°C) sharoitida metall yuzasida tuz cho‘kishini 85–95% ga kamaytirish imkoniyati aniqlangan;
sintez qilingan EDF-1 va PF-1 molekulalaridagi amin guruhlari metall yuzasiga adsorbsiyalanishi natijasida anod hamda katod jarayonlarini passiv holatga keltirishi aniqlangan;
tuz cho‘kishini oldini oluvchi korroziya ingibitorlari olishning prinsipial texnologiyasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Polietilenpoliamin, formalin, fosfit kislota va etilendiamin asosida olingan birikmalarni korroziya ingibitorlari sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sintez qilingan PF-1 korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» ning 2025 yil 25 martdagi OP25/ED-1173-son ma’lumotnomasi). Natijada, quvurlardagi tuz cho‘kishi va korroziya tezligini sezilarli darajada kamaytirib, po‘lat materiallarini himoyalash imkonini bergan;
sintez qilingan EDF-1 markali korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» ning 2025 yil 25 martdagi OP25/ED-1173-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv aylanma sistemalarda ishlovchi po‘lat konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash imkonini bergan.