Chavlieva Farog‘at Boybo‘rievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xom ashyolar asosida kaliy gidroksid olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4385.
Ilmiy rahbarlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12. K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbaniyazov Rashid Kalbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flotatsion va gallurgik usullar bilan olingan kaliy xloriddan kaliy gidroksidini olish hamda ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan sulfat kislotali chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali kaliy gidroksid olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stexiometrik jihatdan zarur bo‘lgan miqdorning 100-122% me’yorda kaliy gidroksidi (KOH) va kaliy karbonati (K2CO3) dan mos ravishda foydalanish orqali Ca2+ va Mg2+ ionlarining cho‘kish darajasi 90% dan yuqori bo‘lishiga erishilgan, hamda bu texnologiya oqava suvlar hajmini sezilarli darajada kamaytirish va atrof-muhitga bo‘lgan antropogen ta’sirni pasaytirishi aniqlangan;
kaliy xloridning membranali elektroliz jarayonida kaliy gidroksid chiqishida dastlabki eritmaning konsentratsiyasi 0,65% dan 1,65% gacha, harorat 550C dan yuqori, tok kuchi 1 va 5,5A/dm2 va elektroliz davomiyligi 30 daqiqaga bog‘liqliklari hamda ushbu aniqlangan qonuniyatlar energiya sarfini kamaytirish va ishlab chiqarishning ekologik ta’sirini pasaytirish hisobiga jarayonni optimallashtirish imkoniyati aniqlangan;
anolit eritmasidan gipoxlorit va xloratlarni vakuum, harorat va qaytaruvchilar (K2SO3, Na2SO3) yordamida ajratib olish, shuningdek, anolitni ko‘p marta qayta ishlatish mumkinligi asoslangan, bu esa zararli birikmalarning chiqishini va chiqindilar hajmini kamaytirishi isbotlangan;
bug‘latish usuli bilan kaustik soda olishda ishlatilgan sulfat kislotani regeneratsiya qilish jarayonida asosiy texnologik parametrlarning roli o‘rganilgan, bu esa uni texnologik siklga qayta ishlatish imkoniyatini beradi va atrof-muhitga tushadigan kislotali oqavalar miqdorini kamaytirishi aniqlangan;
ishlatilgan sulfat kislotani konsentrlashda haroratni grofo-analitik usulda aniqlash uchun nomogramma ishlab chiqildi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlab, ishqorlar ishlab chiqarishning salbiy ekologik holatini kamaytiradigan mahalliy xom ashyolar asosida kaliy gidroksid olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va moddiy balansi tuzilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolar asosida kaliy gidroksid olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kaliy xlorid asosida elektrokimyoviy usulda kaliy gidroksid olish texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ QKda joriy etilgan («Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ QKning 2023 yil 30 noyabrdagi 945-02- son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy gidroksidi importini qisqartirish va kimyo sanoati korxonalarini kaliy gidroksidi bilan ta’minlash imkonini bergan;
“Navoiyazot” AJda kaustik soda ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan sulfat kislota chiqindisini bug‘latib tozalash orqali jarayonga qaytarish texnologiyasini “Elektroximzavod”AJ QKning “2028-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod”AJ QKning 2025 yil 20 oktyabrdagi 94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindisi bo‘lgan sulfat kislotasini qayta ishlash orqali tozalash va tozalangan sulfat kislotasini kimyo sanoati va elektroliz jarayonidan chiqayotgan gazlarni quritishda ishlatish imkonini beradi.