Yusupov Ulug‘bek Xusan o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Olmaliq ma’danli maydonining sharqiy qanotida ma’danlashuv shakllanishining tektonik sharoitlari”, 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM255.
Ilmiy rahbar: Turamuratov Ilxombay Bekchonovich, geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti DM, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Jonibekov Bobur Omonovich, geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaliq ma’danli hududining sharqiy qanotida ma’danlashuvni vujudga keltirgan tektonik sharoitlarni aniqlash, ma’danlarni moddiy tarkibini va ma’dan maydonida istiqbolli uchastkalar ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Olmaliq ma’dan hududining sharqiy qismida aniqlangan oltin va mis minerallashuvlarining joylashuvi hamda ularning shakllanishi tektonik elementlar (er yoriqlari) tomonidan izchil nazorat qilinishi aniqlangan;
Sharqiy qismida ma’danlashuvlar Agalmatolit tektonik er yorig‘i bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
Miskon va Burgundi tektonik er yoriqlari zonalarida namoyon bo‘lgan oltin, mis, qo‘rg‘oshin va rux ma’danlashuvi jarayonlarining metasomatik o‘zgarish zonalari bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan; 
Olmaliq ma’dan hududining shimoliy qismida namoyon bo‘lgan endogen ma’danlashuvning (Au, Cu, Zn) sharqqa qarab davomiyligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olmaliq ma’danli hududida ma’danlashuvni vujudga keltirgan tektonik sharoitlarni, ma’danlarni moddiy tarkibini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Olmaliq ma’danli hududidagi tektonik er yoriqlarining turlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 5-maydagi 08-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, Olmaliq ma’danli hududi sharqiy qanotida tektonik yoriqlar va ularning ma’danlashuv jarayonlariga ta’siri o‘rganilib, ma’danli tanalarning morfologik shakllari va fazoviy joylashuv qonuniyatlarini aniqlashga  xizmat qilgan;
Olmaliq ma’danli hududi sharqiy qanotida tektonik sharoitlarda shakllangan ma’danlashuv “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil |5-maydagi 08-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, Olmaliq ma’danli hududi sharqiy qanotidagi yirik tektonik er yoriqlari bilan bog‘liq oltin, mis, qo‘rg‘oshin va boshqa metallarga boy ma’dan tanalarining shakllanganligi geologik asoslash imkonini bergan;
Olmaliq ma’danli hududi sharqiy qanoti foydali qazilma tanalari ilmiy asoslanganligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 5-maydagi 08-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, Olmaliq ma’danli maydoning sharqiy qanotida tektonik yoriqlar bilan bog‘liq ma’danlashuv jarayonlari o‘rganilib, foydali qazilma tanalarining shakllanishi va joylashuvini amaliy asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish