Abdullajonova Dildora Rustamjonovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni konsentrlashtirilgan ta’lim orqali qo‘l mehnatiga o‘rgatishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped1140
Ilmiy rahbar: Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Atbekovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Guzal Malikovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni konsentrlashtirilgan ta’lim orqali qo‘l mehnatiga o‘rgatishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni konsentrlashtirilgan ta’lim orqali qo‘l mehnatiga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari konsentrik yondashuvning motivatsion, amaliy-texnologik va refleksiv-baholash komponentlarini ta’lim oluvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan modul asosida takroriy mustahkamlash va kompetensiyaga yo‘naltirish jarayonini bosqichma-bosqich murakkablashtirish asosida takomillashtirilgan;
konsentrlashtirilgan ta’lim orqali talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarning amaliy, texnologik va ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishning kompleks tuzilmasiga o‘quv materiali, ko‘rgazmali vositalar, texnologik xaritalar va mehnat amaliyotlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash tizimini adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning metodik tizimi oliy ta’lim o‘quv muhitida ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlariga ijodiy tafakkur, estetik did va kasbiy yo‘naltirilganlikni oshiruvchi konsentrik-modul dasturini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatish metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida ijodiy fikrlash, texnologik madaniyat va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish amaliyotiga ustoz–shogird ta’limiy munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan milliy hunarmandchilik portfoliosini ijodiy faoliyatga modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
konsentrlashtirilgan ta’lim asosida talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning pedagogik modeli o‘quv jarayoniga individual-ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi mazmuniy va jarayonli komponentlar blokiga talabalarning amaliy kompetensiyasi, mehnat madaniyati va kasbiy orientatsiyasini ko‘nikma va malakalarni ketma-ket baholab boruvchi diagnostik elementlarini impelimitatsiyalsh orqali takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
talabalarni konsentrlashtirilgan ta’lim orqali qo‘l mehnatiga o‘rgatishning pedagogik mazmuni konsentrik yondashuvning motivatsion, amaliy-texnologik va refleksiv-baholash komponentlarini ta’lim oluvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan modul asosida takroriy mustahkamlash va kompetensiyaga yo‘naltirish jarayonini bosqichma-bosqich murakkablashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 272915 raqamli ruxsatnoma). Natijada, qo‘l mehnatiga o‘rgatishning zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qildi;
konsentrlashtirilgan ta’lim orqali talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarning amaliy, texnologik va ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishning kompleks tuzilmasiga o‘quv materiali, ko‘rgazmali vositalar, texnologik xaritalar va mehnat amaliyotlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash tizimini adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklaridan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “Maktabgacha pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 862678 raqamli ruxsatnoma). Natijada, konsentrlashtirilgan ta’lim orqali qo‘l mehnatiga o‘rgatishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirishda hamda talabalarni kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qildi;
talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning metodik tizimi oliy ta’lim o‘quv muhitida ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlariga ijodiy tafakkur, estetik did va kasbiy yo‘naltirilganlikni oshiruvchi konsentrik-modul dasturini integratsiyalash orqali oid ilmiy yangiligidan “Pedagogika” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 272915 raqamli ruxsatnoma). Natijada talabalar qo‘l mehnati sohasidagi nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirdilar, texnologik jarayonlar va metodlarni tizimli tushuna boshladilar, tanqidiy fikrlash va tahliliy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qildi;
oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatish metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida ijodiy fikrlash, texnologik madaniyat va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish amaliyotiga ustoz–shogird ta’limiy munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan milliy hunarmandchilik portfoliosini ijodiy faoliyatga modernizatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Maktabgacha pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 862678 raqamli ruxsatnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida qo‘l mehnatini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan, ijodiy faoliyatga asoslangan milliy hunarmandchilik portfelini yaratishga xizmat qildi;
konsentrlashtirilgan ta’lim asosida talabalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishning pedagogik modeli o‘quv jarayoniga individual-ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi mazmuniy va jarayonli komponentlar blokiga talabalarning amaliy kompetensiyasi, mehnat madaniyati va kasbiy orientatsiyasini ko‘nikma va malakalarni ketma-ket baholab boruvchi diagnostik elementlarini impelimitatsiyalsh orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 272915 raqamli ruxsatnoma). Natijada, o‘quv jarayoniga talabalarning amaliy kompetensiyasi, mehnat madaniyati va kasbiy yo‘nalishini bosqichma-bosqich baholovchi diagnostik mexanizmlarni samarali integratsiya qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish