Boymatov Baxrom Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi (to‘garaklar faoliyati misolida)” misolida 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sinfdan tashqari ishlar metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8147.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyar Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garaklar faoliyati asosida o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreativ fikrlash ko‘nikmasining pedagogik-metodologik asoslarini hamda uni to‘garak mashg‘ulotlari orqali shakllantirish mexanizmlari ta’limdagi kognitiv, subektli va neyropedagogik yondashuvlarni kreativ muhit, individual anglash va ijodiy faoliyat sharoitida o‘quvchi shaxsi rivojlanish logikasiga muvofiq uyg‘unlashtirish orqali ilmiy asoslangan;
to‘garak faoliyatida kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi interaktiv va innovativ metodik yondashuvlar ta’limning faollashtiruvchi, subektli, dizayn-fikrlash va divergent tafakkurni rag‘batlantiruvchi tamoyillari, shuningdek, neyropedagogik faol muhit, ijtimoiy-emotsional o‘rganish, vizual-verbal faollashtirish va individual bilish tarziga moslashtirish mexanizmlari asosida tizimlashtirilgan;
kreativ fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar hamda didaktik materiallar majmuasi bilimni yaratishga yo‘naltirilgan konstruktiv ta’lim muhiti, tanlovli-tahliliy mashg‘ulotlar, ijodiy-personal yondashuv, kognitiv fleksibillikni rivojlantiruvchi o‘yin-ssenariylar va kreativ echimlarga yo‘naltirilgan vazifalarni pedagogik refleksiya, ta’limiy improvizatsiya va motivatsion-konstruktiv ta’sir etuvchi vositalar bilan integratsiyalashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik model ta’lim mazmunini individuallashtirish, mashg‘ulotlarni ssenariylashtirish, faol muloqot, ijodiy kognitiv jarayonlar va refleksiv tahlilni qamrab olgan integrativ metodik tizimni shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kreativ fikrlash ko‘nikmasining pedagogik-metodologik asoslari va uni to‘garak mashg‘ulotlari orqali shakllantirish mexanizmlari ta’limdagi kognitiv, subektli va neyropedagogik yondashuvlarni kreativ muhit, individual anglash va ijodiy faoliyat sharoitida o‘quvchi shaxsi rivojlanish logikasiga muvofiq uyg‘unlashtirishga oid xulosa va takliflardan yangi avlod darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 18-iyundagi 01/11-6-388290-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari darsliklari mazmuni kreativ muhit yaratish va ijodiy faoliyatga undovchi komponentlar bilan boyitilgan;
to‘garak faoliyatida kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi interaktiv va innovativ metodik yondashuvlar ta’limning faollashtiruvchi, subektli, dizayn-fikrlash va divergent tafakkurni rag‘batlantiruvchi tamoyillari, shuningdek, neyropedagogik faol muhit, ijtimoiy-emotsional o‘rganish, vizual-verbal faollashtirish va individual bilish tarziga moslashtirish mexanizmlariga oid xulosa va takliflardan o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va o‘quv-uslubiy materiallar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining 2025-yil 3-iyundagi 01-02/1-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan to‘garak mashg‘ulotlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan, tanlovli, kreativ faollikni faollashtiruvchi metodik ta’minotning samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
kreativ fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar hamda didaktik materiallar majmuasi bilimni yaratishga yo‘naltirilgan konstruktiv ta’lim
muhiti, tanlovli-tahliliy mashg‘ulotlar, ijodiy-personal yondashuv, kognitiv fleksibillikni rivojlantiruvchi o‘yin-ssenariylar va kreativ echimlarga yo‘naltirilgan vazifalarni pedagogik refleksiya, ta’limiy improvizatsiya va motivatsion-konstruktiv ta’sir etuvchi vositalar bilan integratsiyalashtirishga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 15-maydagi 04/11-6176-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘knimasini shakllantirishga qaratilgan loyiha faoliyati, jamoaviy muhokama va refleksiya elementlari asosidagi amaliy ishlanmalarni ommalashtirishga xizmat qilgan.
o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik model ta’lim mazmunini individuallashtirish, mashg‘ulotlarni ssenariylashtirish, faol muloqot, ijodiy kognitiv jarayonlar va refleksiv tahlilni qamrab olgan integrativ metodik tizimga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 7-maydagi 05-09-624-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlarni tayyorlashda, ko‘rsatuvlarni ssenariylashtirish o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilgan.