Xo‘jaev Alijon Atabekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish», 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped390.

Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markazi, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.

Rasmiy opponentlar: Vahobov Ma’rufjon Malikovich, pedagogika fanlari doktori; Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifati monitoringining baholash ko‘rsatkichlari ta’lim jarayonida faol ishtirok etmaydigan ishtirokchilar sonining o‘zgarishi sifatni aniqlashga ta’sir ko‘rsatmasligi asosida takomillashtirilgan;

oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati monitoringi ta’lim samaradorligini texnologik ta’minlash komponentlarini diagnostik va boshqaruv funksiyasi bilan korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;

oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari kadrlar tayyorlash faoliyatining ta’minoti, bosqichlari va baholovchi mezonlari (mustaqil fikrlash, bashoratlash, tanqidiy va xolis baholash, kreativlik, modellashtirish) bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;

oliy ta’lim sifati monitoringini amalga oshirishning diagnostik texnologiyalari (onlayn nazorat, ekspert baholash, o‘z-o‘zini baholash) sifat tashxisi darajalari pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan turli kutiladigan va tasodifiy vaziyatlarni prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

oliy ta’lim muassasasi ta’lim sifati monitoringining baholash ko‘rsatkichlari ta’lim jarayonida faol ishtirok etmaydigan ishtirokchilar sonini o‘zgarishi sifatni aniqlashga ta’sir ko‘rsatmaslik asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 martdagi 22-q/q-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi» nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 89-03-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashning shaffofligi va maqbulligini ta’minlash imkoniyati oshirilgan;

oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati monitoringi ta’lim samaradorligini texnologik ta’minlash komponentlarini diagnostik va boshqaruv funksiyasi bilan korreksiyalashga doir taklif va tavsiyalar «Pedagogika» ta’lim sohasi yo‘nalish (mutaxassislik)lari malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 89-03-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarini boshqarish mutaxassisligi magistr-talabalari tomonidan ta’lim sifati monitoringining samarali o‘zlashtirilishiga erishilgan;

oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari kadrlar tayyorlash faoliyatining ta’minoti, bosqichlari va baholovchi mezonlari (mustaqil fikrlash, bashoratlash, tanqidiy va xolis baholash, kreativlik, modellashtirish) bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar, shuningdek, ta’lim sifati monitoringini amalga oshirishning diagnostik texnologiyalari (onlayn nazorat, ekspert baholash, o‘z-o‘zini baholash) sifat tashxisi darajalarini pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan turli kutiladigan va tasodifiy vaziyatlarni prognozlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 5 martdagi «Pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o‘tashlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 10-q/q-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 89-03-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida sifat diagnostikasi va korreksiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish