Baxrillaeva Moxichexra Raxmatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda internetdan samarali foydalanishga doir lokus nazoratni shakllantirishning psixologik omillari”. 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1195
Ilmiy rahbar: Qobulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD PhD.03/2025.27.12.R.43.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Fayziev Zohiddin Hasanboevich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda internetdan samarali foydalanishga doir lokus nazoratni shakllantirishni o‘rganish va uning psixologik omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda internet tarmoqlaridan samarali foydalanishga doir lokus nazorat shakllanishi natijasida internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish, internetning ijobiy va salbiy xususiyatlarini adekvat idrok etish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va kontentlarni to‘g‘ri idrok etishi orqali o‘smirlarning kognitiv-selektiv idrok jarayonlari va o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion psixologik yondashuvlar aniqlangan;
internet tarmoqlaridan samarali foydalanish bevosita lokus nazorat bilan o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirib, internet va kompyuterga tobelik, destruktiv axborotlarga moyillik, eksternal lokus nazorat hamda virtual fabbing (qaramlik) omillari yuqorilashgan sari, o‘smir yoshlarida internetdan foydalanish xulq-atvorining nosamarali va ijtimoiy-psixologik jihatdan salbiy shakllanish tendensiyasi kuzatilishi asoslangan;
o‘smir yoshlarda internetdan foydalanishida zo‘riqish-bo‘shashish va hissiy beqarorlik oshishi natijasida, noto‘g‘ri ma’lumotlarga, zararli kontentga oson tushishiga ko‘ra o‘smirlarda nazoratni tashqi determinantlar bilan bog‘lashga asoslangan psixologik pozisiya - eksternal lokus nazoratning shakllanishi isbotlangan;
o‘smirlarda muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik, o‘ziga ishonch, internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish va o‘zini nazorat qilish kabi ko‘rsatkichlar yuqori darajada shakllanishi natijasida, o‘smirlarda ijtimoiy adaptivlik darajasi, kommunikativ kompetentlik va shaxsiy avtonomiya ko‘rsatkichlarining oshishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda internetdan samarali foydalanishga doir lokus nazaoratni shakllantirishning psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda internet tarmoqlaridan samarali foydalanishga doir lokus nazorat shakllanishi natijasida, ularda internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish, internetning ijobiy va salbiy xususiyatlarini adekvat idrok etish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va kontentlarni to‘g‘ri idrok etish xususiyatlari yuqori ekanligi asoslanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-382-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda internetdan foydalanish madaniyati shakllanib, ular axborot maydonida mustaqil, tanqidiy va ma’sulyatli qaror qabul qilish qobilyatiga ega bo‘lishdi;
internet tarmoqlaridan samarali foydalanish bevosita lokus nazorat bilan o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirib, internet va kompyuterga tobelik, destruktiv axborotlarga moyillik, eksternal lokus nazorat hamda virtual fabbing (qaramlik) omillari yuqorilashgan sari, o‘smir yoshlarda internetdan foydalanish destruktiv tus olishi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-382-sonli buyrug‘i bilan «Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarning internetdagi xulq-atvorini tahlil qilish va ularni noadekvat raqamli odatlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan psixoproflaktik va tarbiyaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
o‘smir yoshlarda internetdan foydalanishida zo‘riqish-bo‘shashish va hissiy beqarorlik oshishi natijasida, noto‘g‘ri ma'lumotlarga, zararli kontentga oson tushishi hamda eksternal lokus nazorat shakllanishi isbotlanganligiga doir yangilik Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq etilgan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-382-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda stressga bardoshlilik, emotsional ong va ichki nazoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixokorreksion chora-tadbirlarga ehtiyoj aniqlashtirilgan;
muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik, o‘ziga ishonch, internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish va o‘zini nazorat qilish kabi ko‘rsatkichlar yuqori darajada shakllanishi natijasida, o‘smirlarda ijtimoiy aloqalar va kommunikativ ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘zini boshqarishdagi qobiliyatlarini oshirishga qaratilganligi dalillanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-382-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va deviant xulq-atvorga olib boruvchi omillarni kamaytirishga xizmat qiluvchi psixoproflaktik yondashuv ishlab chiqilgan.