Jumaev Murod G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida transport-logistika korxonalarining faoliyat samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4837.
Ilmiy rahbar: Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kurbonov Said Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida transport-logistika korxonalarining faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamlashtirilgan mexanizmlar va innovatsion echimlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
raqamli iqtisodiyot sharoitida transport-logistika korxonalarining samaradorligini baholashning integrallashgan modeli ishlab chiqilib, unda an’anaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda raqamli transformatsiya darajasi, axborot oqimlari tezligi va intellektual texnologiyalarni qo‘llash mezonlari tizimli ravishda takomillashtirilgan;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transport-logistika korxonalari (pochta va kurerlik) faoliyatida raqamli texnologiyalardan, xususan big-data, sun’iy intellekt, IoT, blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini aniqlashning metodologiyasi taklif etilgan;
IoT (Internet of Things), RFID qurilmalari yordamida monitoring tizimi taklif etilib, unga asosan transport vositalari va omborlarni raqamli sensorlar yordamida kuzatish orqali yoqilg‘i sarfi, texnik holat va yuk xavfsizligini monitoring qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
transport-logistika korxonalari faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholashning iqtisodiy-matematik modeli taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida transport-logistika korxonalarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
raqamli iqtisodiyot sharoitida transport-logistika korxonalarining samaradorligiqni baholashning integrallashgan modeli ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi № 33-8/9864 sonli hamda “Express Mail Unversal” MChJ 2025-yil 3-noyabrdagi №81-sonli va “BS Express Cargo Servis” MChJ 2025-yil 10-dekabrdagi №488-sonli ma’lumotnomalari ). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida an’anaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda raqamli transformatsiya darajasi 18%, axborot oqimlari tezligi 15%ga oshgan va intellektual texnologiyalarni qo‘llash mezonlari tizimli ravishda takomillashtirilgan, bu orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish orqali fuqarolarning logistika xizmatlatiga bo‘lgan ishonchini mushtahkamlanadi;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transport-logistika korxonalari faoliyatida raqamli texnologiyalardan, xususan big-data, sun’iy intellekt, IoT, blokcheyndan foydalanish samaradorligini aniqlashning metodologik yondashuvlari taklif etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi № 33-8/9864 sonli hamda “Express Mail Universal” MChJ 2025-yil 3-noyabrdagi №81-sonli va “BS Express Cargo Servis” MChJ 2025-yil 10-dekabrdagi №488-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali korxonalarning resurslardan foydalanish samaradorligi (RFS=15%), operatsion xarajatlarni qisqartirish darajasi (XQD=20%), xizmat ko‘rsatish sifatini prognozlash imkoniyati (XKSPI=18%) ko‘rsatkichlari baholandi va bu orqali aholi uchun xizmatlar narxining barqarorlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
transport-logistika korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda IoT (Internet of Things), RFID vositalari yordamida transport vositalari va omborlarni raqamli sensorlar orqali operatsion va boshqaruv xarajatlarini monitoring qilish tizimi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi № 33-8/9864 sonli hamda “Express Mail Unversal” MChJ 2025-yil 3-noyabrdagi №81-sonli va “BS Express Cargo Servis” MChJ 2025-yil 10-dekabrdagi №488-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida transport vositalari va omborlarni raqamli sensorlar yordamida kuzatish orqali yoqilg‘i sarfi, texnik holat va yuk xavfsizligini monitoring qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi, hamda aholi talablariga moslashuvchan tizim shakillantirildi;
logistika xizmatlari samaradorligini baholashning yangi raqamli ko‘rsatkichlari taklif qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi № 33-8/9864 sonli hamda “Express Mail Universal” MChJ 2025-yil 3-noyabrdagi №81-sonli va “BS Express Cargo Servis” MChJ 2025-yil 10-dekabrdagi №488-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliy tadbig‘i natijasida an’anaviy KPI ko‘rsatkichlari (tezkorlik, xarajat, yuk xavfsizligi)ga qo‘shimcha ravishda raqamli ko‘rsatkichlar (real vaqt kuzatuvi, mijozlar platforma integratsiyasi, IT-infratuzilma darajasi) asosida baholash metodologiyasi ishlab chiqildi. Natijada aholining logistika xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga erishildi.