Raufov  Ixtiyor  Suleymanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda neft va gaz sanoati taraqqiyoti tarixi (Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari misolida, 1991-2023yy), 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1689
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar:  Boltaev  Bobir Baxtiyorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akrom Mo‘minovich- tarix fanlari doktori (DSc), professor; Mengliboev Akmal Xolto‘raevich- tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot:  Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari neft va gaz sanoat tarmoqlarini rivojlanish tarixi va ularning holati masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor neft va gaz sanoati tarmog‘i shakllana boshlagani ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga majburiy ko‘chirilgan sanoat korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida neft va gaz sanoatining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni O‘zbekiston sanoat tarixida muhim bosqichlardan biri sifatida baholanib, mazkur hududlarda sanoat infratuzilmasining barpo etilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining bosqichma-bosqich kengaytirilishi davlatning strategik manfaatlari bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilganligi dalillangan;
sovet hokimiyatining mustabid tuzumi doirasida olib borilgan zo‘ravon siyosat hamda iqtisodiyotning qat’iy rejali asosda tashkil etilishi natijasida respublikaning er osti tabiiy boyliklari to‘liq ravishda “Markaz” manfaatlariga bo‘ysundirilgan bo‘lib, bu holat esa tarmoqning hududiy manfaatlar asosida rivojlanishini cheklab, uning izchil va samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi tarixiy dalillangan;
O‘zbekiston nustaqilligining dastlabki yillarida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari neft va gaz sanoati rivojida yetakchi hududiy markazlar sifatida  baholanib davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, shunday bo‘lsada mazkur sohada sezilarli o‘sishlarga erishilmagani, 2017-yildan so‘ng davlat tomonidan ushbu hududlarga nisbatan olib borilgan maqsadli siyosat hamda sohaga innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi 50-60 foizga o‘sishi, neft va gaz sanoati negizida hududiy sanoat klasterlari tizimini shakllantirish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar vujudga kelgani asoslandi;
mustaqillik davrida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qazib olingan neft va tabiiy gaz resurslari respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘layotganligi hamda hududlarda yoqilg‘i-energetika xomashyosini o‘zlashtirish hajmining o‘sishi ichki energetik xavfsizlikka, sanoat tarmoqlarini barqaror xomashyo bilan ta’minlashga, mamlakatning umumiy iqtisodiyoti va eksport salohiyatining oshishiga sezilarli darajada hissa qo‘shgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 1991-2023-yillarda O‘zbekistonda neft va gaz sanoati tarixining Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari misolida tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida: 
O‘zbekistonda ilk bor neft va gaz sanoati tarmog‘i shakllana boshlagani ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga majburiy ko‘chirilgan sanoat korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida neft va gaz sanoatining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni O‘zbekiston sanoat tarixida muhim bosqichlardan biri sifatida baholanib, mazkur hududlarda sanoat infratuzilmasining barpo etilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining bosqichma-bosqich kengaytirilishi davlatning strategik manfaatlari bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Muborakneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatda amaliyotga tadbiq etildi (“Muborakneftgaz” MChJning 2022-yil 21-dekabr sanasidagi F-03/ut-921 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi korxona shakllanish tarixi va faoliyatiga doir kitob nashr qilishga, korxona muzeyini tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qildi;
sovet hokimiyatining mustabid tuzumi doirasida olib borilgan zo‘ravon siyosat hamda iqtisodiyotning qat’iy rejali asosda tashkil etilishi natijasida respublikaning er osti tabiiy boyliklari to‘liq ravishda “Markaz” manfaatlariga bo‘ysundirilgan bo‘lib, bu holat esa tarmoqning hududiy manfaatlar asosida rivojlanishini cheklab, uning izchil va samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyati dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (“O‘zbekneftgaz”AJning 2024-yil 24-may sanasidagi 11-08/23 sonli ma’lumotnomasi).  Ilmiy    natijalarning qo‘llanilishi tarixiy ma’lumotnoma va geologik qidiruv tarixiy tajribasini tahlil qilish imkonini bergan;
O‘zbekiston nustaqilligining dastlabki yillarida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari neft va gaz sanoati rivojida yetakchi hududiy markazlar sifatida  baholanib davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani shunday bo‘lsada mazkur sohada sezilarli o‘sishlarga erishilmagani, 2017-yildan so‘ng davlat tomonidan ushbu hududlarga nisbatan olib borilgan maqsadli siyosat hamda sohaga innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi 50-60 foizga o‘sishi, neft va gaz sanoati negizida hududiy sanoat klasterlari tizimini shakllantirish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar vujudga kelgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Buxoroneftgazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida keng foydalanildi (“Buxoroneftgazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 10-aprel sanasida №07/146 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar neft-gaz tarmoqlari rivojlanishining tarixiy tadrijiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan yurt fidoyisi A.Rajabovning jasoratli hayoti va faoliyatini bayon qiluvchi risola mazmunini boyishiga xizmat qildi;
mustaqillik davrida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qazib olingan neft va tabiiy gaz resurslari respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘layotganligi hamda hududlarda yoqilg‘i-energetika xomashyosini o‘zlashtirish hajmining o‘sishi ichki energetik xavfsizlikka, sanoat tarmoqlarini barqaror xomashyo bilan ta’minlashga, mamlakatning umumiy iqtisodiyoti va eksport salohiyatining oshishiga sezilarli darajada hissa qo‘shgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Muloqot va munozara”, “Iqtisodiy muhit”kabi teledasturlarni tayyorlashda keng foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-may sanasidagi 01-09-75sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi teletomoshabinlarda neft-gaz sanoati tarixi bo‘yicha ma’lumotlarini yanada boyishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish