Xidirov Jurabek Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turizmning milliy qadriyatlar va xorijiy tajribalar asosida rivojlanishi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1519
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich siyosiy fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Bahodir Ergashevich falsafa fanlari doktori, professor; Tashanov Abduxoliq Daynovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm rivojlanishining milliy qadriyatlar va ilg‘or xorijiy tajribalar uyg‘unligidagi ijtimoiy-falsafiy asoslarini aniqlash hamda uning barqaror rivojlanishining konseptual modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekiston sharoitida turizmni aksiologik va sivilizatsion fenomen sifatida talqin qilish, milliy qadriyatlar va global tajribalar integratsiyasiga asoslangan ijtimoiy-falsafiy model ishlab chiqish, tarixiy-madaniy merosdan barqaror va samarali foydalanish zamonaviy turizm siyosatining ustuvor mezoni ekanligi nazariy jihatdan asoslangan;
turizmning milliy identitet transformatsiyasiga ta’sir mexanizmini ochib berish, ijtimoiy ong, madaniy o‘zlik va qadriyatlar tizimiga ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi, turizm va ma’naviy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro dialektik aloqadorlikni ta’minlashi hamda ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan;
qadriyatlar kommodifikatsiyasi jarayoniga ijtimoiy-falsafiy baho berish, uning ijobiy va salbiy oqibatlarini tizimli asoslash, turizm rivojlanishining glokalizatsiya tamoyiliga asoslangan nazariy konstruksiyasini ishlab chiqish, globallashuv sharoitida turizm madaniyatlararo muloqot va kommunikativ integratsiyani ta’minlovchi ijtimoiy institut ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
jamiyatda tarixiy merosni targ‘ib etishda virtual texnologiyalar, interaktiv xaritalar, “smart shahar” konsepsiyasi kabi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda tarixiy meros va milliy qadriyatlarga innovatsion texnologiyalarni joriy etish O‘zbekiston sharoitida ularning samarali qo‘llanishi va milliy turizm sektorining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim determinant sifatida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy qadriyatlar hamda samarali xorijiy tajribalarga asoslangan turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Yangi O‘zbekiston sharoitida turizmni aksiologik va sivilizatsion fenomen sifatida talqin qilish, milliy qadriyatlar va global tajribalar integratsiyasiga asoslangan ijtimoiy-falsafiy model ishlab chiqish, tarixiy-madaniy merosdan barqaror va samarali foydalanish zamonaviy turizm siyosatining ustuvor mezoni ekanligiga oid xulosa, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari rejasida, shuningdek, tashkiliy va targ‘ibot ishlarida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-apreldagi 03-10-17-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy yo‘nalishlarga va an’anaviy madaniyatga tayangan hududiy turizm turlarining konsepsiyasi shakllantirishga hamda hududiy taraqqiyot bilan madaniyatlararo muloqot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
turizmning milliy identitet transformatsiyasiga ta’sir mexanizmini ochib berish, ijtimoiy ong, madaniy o‘zlik va qadriyatlar tizimiga ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi, turizm va ma’naviy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro dialektik aloqadorlikni ta’minlashi hamda ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilishiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan amalga oshirilayotgan “Milliy qadriyatlar atlasi” loyihasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori bilan tasdiqlangan dasturning 5-bo‘lim, 21-bandida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 18-fevraldagi 10/79-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm va ma’naviy jarayonlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni mustahkamlash hamda o‘zaro dialektik aloqadorlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
qadriyatlar kommodifikatsiyasi jarayoniga ijtimoiy-falsafiy baho berish, uning ijobiy va salbiy oqibatlarini tizimli asoslash, turizm rivojlanishining glokalizatsiya tamoyiliga asoslangan nazariy konstruksiyasini ishlab chiqish, globallashuv sharoitida turizm madaniyatlararo muloqot va kommunikativ integratsiyani ta’minlovchi ijtimoiy institut ekanligiga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini ishlab chiqishda, xususan, 2. “Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish” bo‘limining 2.1. “Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash va boyitish”, 2.3. “Madaniy meros muhofazasi, undan foydalanish, tashkiliy-huquqiy asoslari” bandlari hamda 4. “Milliy iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish” bo‘limining 4.2. “Milliy turizmni rivojlantirish” bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 15-maydagi 02/06-45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy qadriyatlar va madaniyatni saqlashga yo‘naltirilgan, shuningdek, zamonaviy innovatsion yondashuvlarga asoslangan turizm yo‘nalishlari va modellarini ishlab chiqishga hamda turli madaniy muhitlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va almashinuvlar kengayishiga xizmat qilgan;
jamiyatda tarixiy merosni targ‘ib etishda virtual texnologiyalar, interaktiv xaritalar, “smart shahar” konsepsiyasi kabi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda tarixiy meros va milliy qadriyatlarga innovatsion texnologiyalarni joriy etish O‘zbekiston sharoitida ularning samarali qo‘llanishi va milliy turizm sektorining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim determinant ekanligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining targ‘ibot-tashviqot faoliyatida hamda dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2025-yil 4-martdagi 01-05/47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qadriyatlar, innovatsion yondashuvlar hamda samarali xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar takomillashtirildi. Shuningdek, jamiyatda turizmni targ‘ib etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish turizmning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.