Jumaboev Akmaljon Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Logistik xizmatlar eksportini rivojlantirishning moliyaviy ta’minotini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomilasi va kredit” hamda 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5011.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik..
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda logistik xizmatlar eksportini moliyaviy ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida logistik xizmatlar eksporti ulushini kengaytirishga xizmat qiluvchi IT xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun jahondagi ilg‘or tajribalarni tadbiq etish va bu borada O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlarning tadqiqi asosida logistika xizmatini takomillashtirishning zarurligi va ahamiyati asoslangan;
mamlakatimizda tashkil etilgan logistik xizmatlar eksportini amaldagi mexanizmi tahlili asosida logistik xizmatlar eksportining iqtisodiyot rivojiga ta’sirini baholash uslubiyatining zaif jihatlari aniqlangan hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
logistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi IT korxonalarni moliyaviy jihatdan, soliq imtiyozlari, subsidiyalar va o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilish kabi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali yanada rivojlantirish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan;
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda logistik xizmatlarni ekspot qiluvchi AT korxonalarni moliyaviy ta’minotini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar AT-park rezidenti maqomiga ega bo‘lib, amalda 500 ming AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan ekvivalentdagi eksport shartnomasiga ega bo‘lgan tashkilotlarga AT-parkning tavsiyanomasiga asosan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda AT-park filiallarining davlat mulki bo‘lgan bo‘sh binolari va maydonlari (xonalari) bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqini berish taklif etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 2 apreldagi № 33-8/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MOON-TRUCKING” MChJ, “TEC-TRUCKING” MChJ, “ERSHI LOGISTICS” MChJ larni moliyaviy barqarorligi kengaygan va mamalakat iqtisodiyotiga 2019-20224 yillarda besh million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar logistik xizmatlar eksporti orqali kirib kelishiga sabab bo‘lgan;
AT-park rezidentlari uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksport hajmi kalendar yil davomida jami daromadning 50 foizdan oshgan yuridik shaxslar bilan ya’ni AT-park rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan 2040-yil 1-yanvarga qadar olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar uchun 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilishi bo‘yicha taklif etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 2 apreldagi № 33-8/255-son ma’lumotnomasi). AT-park rezidenti hisoblanuvchi korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanish orqali moliyaviy barqarorligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
AT-park rezidentlari uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) 2040-yil 1-yanvarga qadar ozod etilishi taklif etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 2 apreldagi № 33-8/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda AKT xizmatlari eksporti hajmi ARIMA (0,1,1) modeliga asoslangan ekonometrik tahlilga ko‘ra, 2024-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 2 apreldagi № 33-8/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan yoshlar o‘rtasida AT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini keltirib chiqargan.