Xamraev Sardorbek Sharafutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ekoturizm barqarorligiga erishishda ekologik ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlash zarurati (ijtimoiy-falsafiy tahlil), 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1003
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Samanova Shaxlo Boxtiyarovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ekoturizm barqarorligiga erishishda ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda uslubiy asoslarini yaratish va uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekoturizmni rivojlantirish orqali yoshlar ekologik dunyoqarashidagi atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatlilik, faollik kabi pozitiv transformatsion jarayonlarning intensivlashuviga olib kelishi mantiqiy isbotlangan;
O‘zbekistonda ekoturizm barqarorligini ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi shaxs xulq-atvorini baholash mezonlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi falsafiy asoslangan;
mahalliy aholining ijtimoiy-madaniy turmush darajasini oshirishda ekoturizm ichki imkoniyatlaridan potensial foydalanish zaruriyati bilan bog‘liq konseptual asoslari falsafaning atributiv kategoriyalari kontekstida ochib berilgan;
ekologik ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda virtual sayohatlar, multimedia resurslari va interaktiv ilovalarni o‘z ichiga olgan raqamli texnologiya imkoniyatlaridan foydalanishning ijtimoiy rentabellik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekoturizm barqarorligiga erishishda ekologik ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq ishlab chiqilgan nazariy xulosa va amaliy takliflar asosida:
ekoturizmni rivojlantirish orqali yoshlar ekologik dunyoqarashidagi atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatlilik, faollik kabi pozitiv transformatsion jarayonlarning intensivlashuviga olib kelishi mantiqiy isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy vazifalarini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirish va partiya faoliyati samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha 2023-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 9-bandidagi ekologik ta’lim-tarbiyani yuksaltirish, xususan, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvatlash va ilg‘or ishlanmalarni hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologiya partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 22-yanvardagi 02/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika aholisining ekologik bilimini oshishiga hamda ularning ekologik ong va madaniyatining yuksalishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ekoturizm barqarorligini ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi shaxs xulq-atvorini baholash mezonlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son Qarori 5k-Ilovasi “Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” rejasining 3-bandi “Vohaning betakror tabiati, dam olish va ko‘ngilochar maskanlari, ziyoratgoh, etnografik va gastronomik obektlariga 360 darajada virtual holatda onlayn sayohat qilish uchun maxsus Surxon-turism.uz platformasini takomillashtirish”ga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 8-fevraldagi 03-12-17-645-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika aholisining turizm ichki imkoniyatlari, ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirishga muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
mahalliy aholining ijtimoiy-madaniy turmush darajasini oshirishda ekoturizm ichki imkoniyatlaridan potensial foydalanish zaruriyati bilan bog‘liq konseptual asoslariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 1-bo‘limi 5-bandini amalga oshirishda, xususan, tashqi va ichki turizmni (ekoturizm, agroturizm, ziyorat turizmi, sport turizmi) yo‘nalishlarini rivojlantirish, turistik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, turizm va xizmat ko‘rsatish obektlari (mehmonxonalar, zamonaviy axborot markazlari, oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari, hunarmandlar va rassomlar, san’atkorlar xizmatlari, kompyuter savodxonligi, kutubxonalar va yosh ijodkorlar to‘garaklari) tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2024-yil 18-yanvardagi 01-04/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekoturizmni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni rivojlantirishga va aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
ekologik ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda virtual sayohatlar, multimedia resurslari va interaktiv ilovalarni o‘z ichiga olgan raqamli texnologiya imkoniyatlaridan foydalanishning ijtimoiy rentabellik darajasi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ular orasida bu borada ekologiyaning dolzarb o‘rni va ahamiyatini kengroq tushuntirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy harakati va Ekovolontyorlar harakati faoliyati bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 15-yanvardagi 1-08-21-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ekoturizmdan oqilona foydalanish hissini shakllantirishga xizmat qilgan.