Nishonov Xayrulla Xolmirzaevichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishda korporativ madaniyatni rivojlantirish strategiyalari (Singapur tajribasi misolida)”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.DSc.Ped1292
Ilmiy rahbar:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02.
Rasmiy opponentlar: Oliy ta’lim tizimi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Djuraev Akbar Salimovich, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Zaripov Lochin Rustamovich, Turan xalqaro universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Abdusamiev Dilmurod Abdugʻani oʻgʻli.
Yetakchi tashkilot: Jizzax pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni samarali boshqarishda korporativ madaniyatni rivojlantirishning samarali strategiyalarini Singapur tajribasi asosida ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida korporativ madaniyat asosida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni optimal boshqarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlangan;
korporativ qadriyatlar va jamoaviy mas’uliyat tamoyillariga asoslangan holda pedagoglar, rahbarlar hamda yosh ilmiy xodimlar uchun maxsus malaka oshirish dasturlari loyihalangan va amaliy tatbiq etilishi bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilgan;
ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishni korporativ qadriyatlar bilan birlashtiruvchi nazorat va baholash indikatorlari tuzilib, ularni oliy ta’lim muassasalarida o‘rganish orqali jamoaviy muhit sifatini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
Singapur oliy ta’lim muassasalaridagi korporativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha eng ilg‘or g‘oya va usullar, mahalliy ta’lim tizimimiz ehtiyojlariga moslashtirilib, tarbiyaviy jarayonlar sifati va samaradorligini oshirish uchun aniq qadamlar shakllantirilgan;
oliy ta’lim tizimida korporativ qadriyatlar asosida ma’naviy muhitni baholash, rahbarlik salohiyatini o‘sishiga yo‘naltirish va jamoa ichida innovatsion fikrlashni rag‘batlantirish maqsadida elektron axborot platformalari, intranet tizimlari va onlayn seminarlardan foydalanish bo‘yicha uslubiy modellar tayyorlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishda korporativ madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqot jarayonida korporativ madaniyat tushunchasi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishning pedagogik tizimida integrativ, normativ va aksialogik komponentlarni o‘zida mujassamlashtirgan kompleks ilmiy kategoriya sifatida nazariy jihatdan asoslab berilganligiga oid tavsiyalar dual ta’lim tashkil etiladigan korxonalar, ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim tashkilotlarida hamda “Komparativistik pedagogika” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 24-oktyabrdagi 02/01-01-432-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim tashkilotlarida korporativ madaniyatni rivojlanishiga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishda korporativ qadriyatlar va jamoaviy etosning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinib, ularning ta’lim subektlari o‘rtasida ijtimoiy-axloqiy muvozanat, jamoaviy mas’uliyat va ijobiy ma’naviy muhitni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 17-bandi “Ilmiy-metodologik jihatdan asoslangan, tarixiy tajriba va zamonaviy tahlillar hamda yuksak maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Kuchli ma’naviyat bilan Yangi O‘zbekiston sari” nomli yangi ilmiy-ommabop qo‘llanmaning konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 27-noyabrdagi 10/810-son dalolatnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishda korporativ madaniyatni rivojlantirish strategiyalarini tahlil qilishga xizmat qilgan.