Masalieva Zilola Sharipjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda virtual suvdan foydalanish samaradorligini baholash”, 06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2026.1.PhD/T5518.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Karimov Akmal Hayitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Axmedjanov Dilmurod Gulomovich - Rossiya Federatsiyasi, "MISiS" milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti Olmaliq filiali, umumtexnik fanlar kafedrasi professori, t.f.d. (06.01.02).
Gapparov Samandar Mamatqulovich - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, laboratoriya mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim (06.01.02).
Yetakchi tashkilot - Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishi va suv taqchilligi tobora oshib borayotgan sharoitda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun virtual suv yordamida suv resurslarini tejash imkoniyatlarini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xargrivs-Camani formulasi asosida etalon evapotranspiratsiyani baholash natijalari FAO ning Penman-Monteyt formulasi bilan aniqlangan natijalarga mos bo‘lib, korrelyasiya koeffisientlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun R2=0,90, Jizzax viloyati uchun R2=0,89, va Surxondaryo viloyati uchun R2=0,83 ga teng bo‘lishi aniqlangan;
Xargrivs-Camani formulasi asosida aniqlangan etalon evapotranspiratsiya (ETo) dan Penman-Monteyt formulasi asosida topilgan etalon evapotranspiratsiyaga o‘tish uchun mahalliylashtirish koeffisientlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun a=0,18, b=1,37 ga, Jizzax viloyati uchun a=0,16, b=0,93 ga va Surxondaryo viloyati uchun a=0,38, b=1,19 ga teng ekanligi aniqlanib, iqlim ma’lumoti etarli bo‘lmagan sharoitlarda ekinlar suv iste’molini baholash uslubiyati takomillashtirilgan;
Respublikaning iqlim mintaqalari bo‘yicha virtual suv imkoniyatlarini hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish usuli takomillashtirilgan;
Respublikaning turli iqlim mintaqalarida joylashgan sug‘oriladigan erlar misollarida, har xil ekinlar uchun suv mahsuldorligi keskin farq qilishi aniqlangan hamda virtual suv uslubi yordamida suv resurslarini tejash, ularning mahsuldorligini oshirish va bunda ekinlarni tomchilatib sug‘orish usulining imkonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda virtual suvdan foydalanish samaradorligini baholash” bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
- “Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekinlarni etishtirishda suv unumdorligi va uni baholash usuli” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21-maydagi 02/19-2224-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, suvdan foydalanuvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
- ekinlarni etishtirishda suv mahsuldorligi va uni baholash asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini maqbul joylashtirish usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21-maydagi 02/19-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi, bug‘doy, mevali daraxtlarni respublikaning turli iqlim mintaqalarida maqbul joylashtirishga erishilgan.
- qishloq xo‘jalik ekinlarini suvga bo‘lgan talabi va virtual suv uslubi asosida respublikaning turli iqlim mintaqalarida iqtisodiy jihatdan eng maqbul mahsulotlarni etishtirish aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21 maydagi 02/19-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istonda mevali daraxtlar maydonini oshirish, Jizzax viloyatida sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz ekinlari ulushini saqlash, Surxondaryo viloyatida sabzavotchilik va poliz ekinlarini maydonlarini ko‘paytirish tavsiya etilgan.