Mirzaxmedova Oygul Abdirashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi onomastik birliklarning tarixiy-lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3280.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Xojialiev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Xudoyberganov Ravshan Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida qo‘llangan onomastik birliklarni tarixiy-lisoniy jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Beruniyning qadimgi davr va xalqlarga mansub antroponim, toponim, kosmonim, mifonim va boshqa onomastik birliklarga doir qayd, tahlil, izoh, talqin hamda qarashlari tarixshunoslik, geografiya, madaniyatshunoslik, etnologiya, tilshunoslik fanlarini tutashtiruvchi tarixiy onomastika sohasining ilmiy va amaliy manbasi ekanligi dalillangan;
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari matnidagi tarixiy onomastik birliklarning leksik-semantik tasnifi va tavsifi tilshunoslik va tarix, tilshunoslik va geografiya, tilshunoslik va etnologiya, tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari integratsiyasi va uyg‘unligida diaxron va sinxron aspektlarda ochib berilgan;
 tarixiy  antroponim, toponim, gidronim, mifonim, kosmonim va boshqa onomastik birliklarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik, nominatsion-motivatsion xususiyatlari turkiy, forsiy, arabiy tillarga mansub tarixiy va  aynan hozirgi amalda qo‘llanayotgan zamonaviy variantlari qiyosi asosida yoritilgan;
tarixiy onomastik birliklarning xalq, jamiyat, til, mintaqa, hudud bilan bog‘liq qimmatli tarixiy-lisoniy, milliy-madaniy, diniy-mifologik, etnik-lisoniy vazifalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida qo‘llanilgan onomastik birliklarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari matnidagi tarixiy onomastik birliklarning leksik-semantik tasnifi va tavsifi tilshunoslik va tarix, tilshunoslik va geografiya, tilshunoslik va etnologiya, tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari integratsiyasi va uyg‘unligida diaxron va sinxron aspektlardagi tahliliga; tarixiy onomastik birliklarning xalq, jamiyat, til, mintaqa, hudud bilan bog‘liq qimmatli tarixiy-lisoniy, milliy-madaniy, diniy-mifologik, etnik-lisoniy vazifalariga doir qarash hamda xulosalaridan Namangan davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan FL-7523021174 “O‘zbek va turk geortonimlarining lingvokulturologik, etnolingvistik tadqiqi” mavzusidgi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan. (Namangan davlat universiteti, 2025-yil 30-dekabrdagi 1865-01-sonli ma’lumotnoma). 
Tarixiy  antroponim, toponim, gidronim, mifonim, kosmonim va boshqa onomastik birliklarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik, nominatsion-motivatsion xususiyatlari turkiy, forsiy, arabiy tillarga mansub tarixiy va  aynan hozirgi amalda qo‘llanayotgan zamonaviy variantlari qiyosi asosida yoritilishga oid dissertatsiya materiallaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 12-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash  doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-maydagi 10/259-sonli dalolatnomasi).
Beruniyning qadimgi davr va xalqlarga mansub antroponim, toponim, kosmonim, mifonim va boshqa onomastik birliklarga doir qayd, tahlil, izoh, talqin hamda qarashlari tarixshunoslik, geografiya, madaniyatshunoslik, etnologiya, tilshunoslik fanlarini tutashtiruvchi tarixiy onomastika sohasining ilmiy va amaliy manbasi ekanligi dalillanishi; “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari matnidagi tarixiy onomastik birliklarning leksik-semantik tasnifi va tavsifi tilshunoslik va tarix, tilshunoslik va geografiya, tilshunoslik va etnologiya, tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari integratsiyasi va uyg‘unligida diaxron va sinxron aspektlarda ochib berilishi; tarixiy  antroponim, toponim, gidronim, mifonim, kosmonim va boshqa onomastik birliklarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik, nominatsion-motivatsion xususiyatlari turkiy, forsiy, arabiy tillarga mansub tarixiy va  aynan hozirgi amalda qo‘llanayotgan zamonaviy variantlari qiyosi asosida yoritilishi; tarixiy onomastik birliklarning xalq, jamiyat, til, mintaqa, hudud bilan bog‘liq qimmatli tarixiy-lisoniy, milliy-madaniy, diniy-mifologik, etnik-lisoniy vazifalari ochib berilganligiga oid dissertatsiya ishi bilan bogʻliq taklif, tavsiya, xulosa va ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining  2025-yil  may va dekabr oylaridagi “Millat  va maʼnaviyat”, “Adabiy jarayon”, “Taʼlim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda  foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 23-yanvardagi 05-09-108-sonli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish