Jumanova Sevara Xolmurod qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi kiyim-kechak nomlarining lingvomadaniy tadqiqi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Fil4141
Ilmiy rahbar: Gulbahor Tojieva, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qambarova Muxayyo Muydinjonovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o’zbek tili materiallari asosida kiyim-kechak nomlarining zamonaviy terminotizmda tutgan o’rni hamda lingvokulturologik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi kiyim-kechak nomlari bir tizimga yig‘ilib, lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarning ifodalanishi bilan bog‘liq birliklar aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi kiyim-kechak nomlarini aks ettiruvchi leksik birliklar belgilanib, ularning shakllanish jarayoni hamda etimologiyasi, nominativ sabablari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi kiyim-kechak nomlarining o‘zaro genetik jihatdan yaqin bo‘lmagan xalqlar tillariga o‘zlashishi va iste’molda faollashuvi dalillanib, kiyim-kechak nomlarining leksik ma’nosini aks ettiruvchi semantik komponentlarning turg‘un va ko‘chma ma’nolari bilan bog‘liq paradigmatik va sintagmatik munosabatlardagi o‘ziga xosliklari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillardagi kiyim-kechak nomlarining badiiy matnlarda, paremiologik sathda, frazeologik birliklar tarkibida ramziy ma’nolarda qo‘llanilishi qiyosiy, tipologik jihatdan o‘rganildi, natijada ular o‘rtasidagi milliy-madaniy hamda lingvistik jihatdan farqli, o‘xshash xususiyatlari tavsiflandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi kiyim-kechak nomlarining lingvomadaniy tadqiqi va leksikografik talqini bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi kiyim-kechak nomlarini bir tizimga yig‘ish, hamda kiyim-kechak nomlarining tarkib, sturuktur, genetik xususiyatlari, tarjimada berish muammolarini ochib berishga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan SUZ800-21-GR-3181-“Reinforcing English Language competence at Karshi state university” nomli xalqaro grand loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 14-iyundagi № 04/1766-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkil qilingan ingliz tili kurslarida samarali foydalanilgan.
Tadqiqotda chog‘ishtirilayotgan tillardagi kiyim-kechak nomlarining shakllanish jarayoni hamda ularning leksik ma’nosini aks ettiruvchi semantik komponentlarning turg‘un va ko‘chma ma’nolari bilan bog‘liq paradigmatik va sintagmatik munosabatlardagi o‘ziga xosliklari aniqlanganiga oid xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda olib borilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz, tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada loyiha ishtirokchilarining tilshunoslikni qiyosiy kontekstda o‘rganish bilimlari va loyiha samaradorligini oshirish imkonini bergan;
O‘zbek va ingliz tillardagi kiyim-kechak nomlarini o‘sha tillarda mavjud matnlar bilan qiyoslab o‘rganish natijasida ular o‘rtasidagi milliy-madaniy jihatdan o‘xshash hamda lingvistik jihatdan farqli xususiyatlar ochib berilganiga oid xulosa va natijalardan “Qashqadaryo” telekanalining “Fayzli kun” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-maydagi №17-05/87-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilishiga imkon yaratilgan.