Ibragimov Farxod Moripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innoprovet probiotigi bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan quyonlar go‘shtini veterinariya sanitariya jihatdan baholash”, 16.00.04 - Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V166
Ilmiy rahbar: Ibragimov Furkat Burievich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Hakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Isaev Mashrab Tursunbaevich, veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Innoprovet» probiotigi qo‘shib boqilgan quyonlarning fiziologik ko‘satkichlari, go‘shtini veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rsatklarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Innoprovet probiotigi berilgan quyonlarning o‘sish jadalligi nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 11,4 % ga, qondagi eritrotsitlar sonini 1,61 %, gemoglobin miqdorini 1,06 %, umumiy oqsilni 8,69 % ga oshishi aniqlangan;
Innoprovet qo‘llanilgan quyonlardan olingan go‘shtning degustatsion bahosi nazoratga nisbatan o‘rtacha 0,66 ball va go‘sht qaynatmasining bahosi 0,5 ball ga yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
quyonlar go‘shtida oqsillarni (2,57 %), yog‘lar (0,09 %) va kul (0,2 %) miqdorining oshishi, namlikning kamayishi (1,1 %) hamda go‘shtdagi energetik va biologik qiymatning yuqori bo‘lishi innoprovet probiotigining berilishi bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan;
Innoprovet probiotigi berilgan quyonlardan olingan go‘shtni muzlatib saqlangandan keyingi kimyoviy tarkibi, energetik va biologik qiymatning nazoratga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Innoprovet probiotigi bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan quyonlar go‘shtini veterinariya-sanitariya jihatdan baholash” mavzusi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Innoprovet probiotigining quyonlar go‘sht mahsuldorligi va sifatiga ta’siri” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabr 02/23-679-son ma’lumotnomasi). Natijada xikol zotli quyonlarda tirik vaznining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 257 grammga, so‘yim og‘irligini 1% ga, go‘shti tarkibidagi umumiy oqsil miqdorini 2,57 %, yog‘ miqdorini 0,09 %ga oshirishga erishilgan 
Innoprovet brobiotigi berilgan (1 g/l suvi bilan) quyonlardan olingan go‘shtning hidi, rangi va ta’mini aniqlashga asoslangan degustatsion baho berish usuli amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabr 02/23-679-son ma’lumotnomasi). Bunda innoprovet qo‘llanilgan qo‘yonlar go‘shtini veterinariya sanitariya ekspertiza jihatidan iste’mol uchun yaroqliligini baholashga erishilgan.
Quyonlarning go‘sht mahsuldorligi va sifatini oshirish uchun innoprovet probiotigini berish usuli (1 g/l suv) “Kumushkent humo qushi” va Bulung‘ur tumanidagi “Buriboy Mustaev Zamin Nur”, Qashqadaryo viloyatining “Diyorbek imkoni rabbis” MChJ, quyonchilik klasteri “Normo‘minov Boboraxmat Eshmatovich” MChJ fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabr 02/23-679-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli va energetik qiymati yuqori, veterinariya sanitariya ekspertiza talablariga to‘liq javob beradigan quyon go‘shti etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish