Usmonov Baxtiyorjon Arobidin o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda generallashgan parodontitni kompleks davolashni optimallashtirish, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3388.
Ilmiy rahbar: Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saydalimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aldasheva Maya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Stavropol` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitni kompleks davolash samaradorligini klinik-stomatologik va laboratoriya tekshiruvlari asosida optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda ball tizimida baholanuvchi integral tashxislash ko‘rsatkichlari, o‘tkazilgan infeksiyaning og‘irlik darajasi, mahalliy va umumiy klinik simptomlar majmuasi, qon zardobi hamda og‘iz suyuqligidagi tizimli yallig‘lanish markerlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holatini o‘z ichiga olgan kompleks baholash mezonlari surunkali parodontitning klinik og‘irlik darajasini aniq belgilash imkonini berishi asoslangan;
qon zardobi va og‘iz suyuqligining klinik, sitokin va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, ular tashxislash va davolash samaradorligini baholashda bashoratlash ahamiyatiga ega biomarkerlar ekanligi isbotlangan;
surunkali parodontitli bemorlarda postkovid davrda aralash so‘lakdagi noinvaziv markerlar sifatida limfotsitlar 6,90 barobar, eritrotsitlar 7,55 barobar va yalang‘och yadrolar 16,97 barobar ortishi aniqlangan;
koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitni davolashning taklif etilgan kompleks usuli sitokinlar nomutanosibligini bartaraf etishga, qon zardobi va og‘iz suyuqligida immunoglobulinlar faolligini oshirishga, ishqoriy fosfataza faolligini pasaytirishga hamda og‘iz suyuqligida α-amilaza faolligini oshirishga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/10- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda ball tizimida baholanuvchi integral tashxislash ko‘rsatkichlari, o‘tkazilgan infeksiyaning og‘irlik darajasi, mahalliy va umumiy klinik simptomlar majmuasi, qon zardobi hamda og‘iz suyuqligidagi tizimli yallig‘lanish markerlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holatini o‘z ichiga olgan kompleks baholash mezonlari surunkali parodontitning klinik og‘irlik darajasini aniq belgilash imkonini berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitning klinik kechishi bashoratini miqdoriy baholash uchun ishlab chiqilgan usul birinchi marta yuqori tashxislash samaradorlikni ko‘rsatdi: sezuvchanlik - 93,54%, maxsuslik - 82,35% va umumiy tashxisiy aniqlik - 89,58%. Bu xavf guruhlarini erta aniqlash imkonini beradi va klinik amaliyotda qo‘llanilishini asoslaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent shahridagi 1-son Zangiota Respublika ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi (2024 yil 2 avgustdagi 103-n-sonli buyruq) va Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona viloyat stomatologiya poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi (2024 yil 1 iyundagi 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usul universallikka ega bo‘lib, xavf guruhlarini erta aniqlash va klinik natijalarni optimallashtirish uchun bashoratlash modellarga kiritish imkonini beradi. Bu esa parodontning qo‘shma shikastlanishlarining patogenetik mexanizmlari haqidagi nazariy tushunchalarni chuqurlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan mezonlarni qo‘llash diagnostika vaqtini 25% ga qisqartiradi, bu esa bitta bemor uchun tekshiruv xarajatlarini o‘rtacha 18% ga kamaytiradi. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitning aniqlangan stomatologik va umumiy belgilari tashxis qo‘yishni optimallashtiradi, shuningdek, shifoxonada davolanish muddatini 10,3 kungacha qisqartirishga imkon beradi, o‘rin fondidan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik koeffisienti 92%ga oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qon zardobi va og‘iz suyuqligining klinik, sitokin va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, ular tashxislash va davolash samaradorligini baholashda bashoratlash ahamiyatiga ega biomarkerlar ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirus infeksiyasidan keyingi davrda surunkali parodontit bilan og‘rigan bemorlarning klinik ko‘rsatkichlarni og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi sitokinlar, immunoglobulinlar darajasi o‘rtasida aniqlangan bashoratli korrelyasion bog‘liqliklar, mahalliy va tizimli yallig‘lanishning tashxislash aniqliligini oshiradi va davolash samaradorligini baholash uchun asos yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent shahridagi 1-son Zangiota Respublika ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasining davolash-profilaktika bo‘limlari (02.08.2024 yildagi 103-n-sonli buyruq) va Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi amaliy faoliyatiga (01.06.2024 yildagi 31-sonli buyruq bilan) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan korrelyasiyalar koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitni erta tashxislashga yordam beradi, xavf guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolashni optimallashtirish orqali asoratlar chastotasini kamaytiradi, yashash sifatini yaxshilaydi va ijtimoiy yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda parodontitni tashxislash va monitoring qilish uchun korrelyasiya ma’lumotlaridan foydalanish takroriy murojaatlar sonini kamaytirish orqali davolash davomiyligi va tibbiy yordam xarajatlarini qisqartiradi, koyka fondining samaradorlik koeffisientini 0,92 ga oshiradi. Xulosa: surunkali parodontit bilan kasallangan bemorlarda koviddan keyingi davrda parodontologik ko‘rsatkichlar, sitokinlar va immunoglobulinlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar (r=-0,772 dan 0,457 gacha, r<0,05) immunitet va yallig‘lanish disbalansidagi patogenetik rolini tasdiqlaydi, erta tashxislash, asoratlarni kamaytirish va sog‘liqni saqlash resurslarini tejashni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali parodontitli bemorlarda postkovid davrda aralash so‘lakdagi noinvaziv markerlar sifatida limfotsitlar 6,90 barobar, eritrotsitlar 7,55 barobar va yalang‘och yadrolar 16,97 barobar ortishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koviddan keyingi davrda surunkali parodontitning og‘irlik darajasi ko‘rsatkichi sifatida aralash so‘lak hujayraviy profilining bashoratlash qiymati aniqlandi. Bu parodont shikastlanishlarini xolisona baholashni ta’minlaydi, patogenezni tushunishni chuqurlashtiradi va tashxislash aniqligini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent shahridagi 1-son Zangiota Respublika ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar klinikasining davolash-profilaktika bo‘limlari (02.08.2024 yildagi 103-n-sonli buyruq bilan) va Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi (01.06.2024 yildagi 31-sonli buyruq bilan) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: noinvaziv tashxislash usuli an’anaviy usullarga qaraganda xavf guruhlarini ertaroq aniqlashni ta’minlaydi, bu esa parodontal asoratlar chastotasini kamaytiradi, nogironlik xavfini pasaytiradi va bemorlarning yashash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: so‘lak hujayraviy profilining noinvaziv tahlili diagnostika vaqtini 20% ga qisqartiradi va shifoxonada davolanish muddatini 10,3 kungacha kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: aralash so‘lakning hujayraviy profili bashoratlash marker sifatida diagnostika aniqligini 25% ga oshiradi va xarajatlarni 20% ga kamaytiradi, klinik natijalarni va koviddan keyingi asoratlarni oldini olishni 22,91% ga yaxshilaydi.
turtinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitni davolashning taklif etilgan kompleks usuli sitokinlar nomutanosibligini bartaraf etishga, qon zardobi va og‘iz suyuqligida immunoglobulinlar faolligini oshirishga, ishqoriy fosfataza faolligini pasaytirishga hamda og‘iz suyuqligida α-amilaza faolligini oshirishga olib kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kompleks davolash surunkali parodontit bilan og‘rigan bemorlarda sitokin profilini me’yorlashtirish, og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi immunoglobulinlarni rag‘batlantirish, ishqoriy fosfatazani bostirish va α-amilazani faollashtirish orqali immunitet muvozanatini tiklaydi, bu esa yangi patogenetik munosabatlarni o‘rnatadi va shaxsiylashtirilgan davolash protokollari uchun asos yaratadi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent shahridagi 1-son Zangiota Respublika ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasining davolash-profilaktika bo‘limlari (02.08.2024 yildagi 103-n-sonli buyruq) hamda Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi (01.06.2024 yildagi 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning qaytalanish chastotasini uch barobarga kamaytirish va kasalxonada yotish muddatini bir bemor hisobida 10,3 kungacha qisqartirish ijtimoiy yuklamani 35% ga kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda surunkali parodontitni kompleks davolash kasallikning qaytalanishini uch baravar kamaytirishga, shifoxonada yotish kunlarini 10,3 kungacha (247,2 yotoq-kun/yil) qisqartirishga yordam beradi, bu esa yotoq fondining 92% resurslarini tejash imkonini beradi. Xulosa: parodontitni davolashda stomatologik, umumiy klinik status, shuningdek, sitokin va immunitet profili, so‘lak va qon zardobi biomarkerlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qiyosiy yondashuvlar davolash samaradorligini 38,07% ga oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish