Qaxramonova Sevara Qaxramonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida “kamsitish” semali so‘zlar talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5210
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
IKraqami:Qarshi davlat universiteti huzuridagi, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna va filologiya fanlari nomzodi, Mahmadiev Shavkatjon Suyunqulovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi “kamsitish” semali so‘zlarning statistik,struktur,etimologik tavsifini yaratish, semantik xususiyatlarini aniqlash, leksikografik talqinini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: “kamsitish” semasi, asosan, so‘zlarning hosila ma’nosida yuzaga chiqishi o‘zbek xalqining nutq madaniyati va milliy mentalitet xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligi izohli lug‘atlardagi “kamsitish” semali so‘zlar tahlili asosida dalillangan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan “kamsitish” semali so‘zlar bosh so‘z sifatida qo‘llangan o‘rinlarning aksariyatida maxsus pometa qo‘llanmaganligi, polisemantik so‘zlarda ma’nolarning tartiblanishidagi noaniqliklar kabi takomillashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun to‘liqlik, aniqlik kabi tamoyillar qo‘llanishi samaradorligi dalillangan;
izohli lug‘atga “kamsitish” semali so‘zlarni tanlab olish uchun mazmuniy guruh ajratilgan, shaxsga nisbatan kamsitish ma’nosida qo‘llanishi, yangilik bo‘yog‘i, faollik darajasi kabi mezonlar asosida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kamsitish” semali so‘zlar sifatida berilishi lozimligi asoslangan;
izohli lug‘atda “kamsitish” semali so‘zlar uchun illyustrativ misollar berish bo‘yicha dalilning nutq vaziyatiga mos matnlardan olinishi zaruriyligi borasida leksikografik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi “kamsitish” semali so‘zlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“kamsitish” semasi, asosan, so‘zlarning hosila ma’nosida yuzaga chiqishi o‘zbek xalqining nutq madaniyati va milliy mentalitet xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligi izohli lug‘atlardagi “kamsitish” semali so‘zlar tahlili asosida dalillanganligiga doir ma’lumotlar Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-iyundagi № 04/1-1502 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan “kamsitish” semali so‘zlar bosh so‘z sifatida qo‘llangan o‘rinlarning aksariyatida maxsus pometa qo‘llanmaganligi, polisemantik so‘zlarda ma’nolarning tartiblanishidagi noaniqliklar kabi takomillashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun to‘liqlik, aniqlik kabi tamoyillar dalillangan oid ilmiy xulosalar Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot” radioeshittirishida yoritilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-aprel 17-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan;
izohli lug‘atga “kamsitish” semali so‘zlarni tanlab olish uchun mazmuniy guruh ajratilgan, shaxsga nisbatan kamsitish ma’nosida qo‘llanishi, yangilik bo‘yog‘i, faollik darajasi kabi mezonlar asosida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kamsitish” semali so‘zlar sifatida berilishi lozimligi dalillangan; izohli lug‘atda “kamsitish” semali so‘zlar uchun illyustrativ misollar berish bo‘yicha dalilning nutq vaziyatiga mos matnlardan olinishi zaruriyligi borasida leksikografik tavsiyalar ishlab chiqilganligi haqidagi ma’lumotlardan o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 16-maydagi № 01/4-2002-sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan.