Salimov Shoxrux Shodiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Demokratik plyuralizm sharoitida Koreya Respublikasi siyosiy partiyalari identikligi”, 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ss641
Ilmiy rahbar: Abdullaev Nodir Abdulxaevich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02
Rasmiy opponentlar:
Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlar doktori, professor.
Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demokratik plyuralizm sharoitida Koreya Respublikasi davlat boshqaruv tizimida siyosiy partiyalarning o‘rni, evolyusion rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, transformatsion jarayonlarda partiyalar identikligining mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Koreya Respublikasi siyosiy tizimining evolyusiyasida partiya identikligining shakllanishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan milliy konstitutsiyaviy anʻanalar, ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya va fuqarolik jamiyati institutlari ta’sirida amalga oshgani, partiyaviy o‘zlikning barqarorligi siyosiy institutlar legitimligi va demokratik konsolidatsiya bilan mantiqiy bog‘liqligi ilmiy dalillangan;
Partiya identikligining shakllanishi Koreya siyosiy madaniyatiga xos konfusiylik qadriyatlari ustuvor bo‘lgan ierarxik tuzilma, liderga sodiqlik, jamoaviy mansublik, mahalliy ijtimoiy tuzilmalardagi “Xonam-Yonnam” dixotomiyasi va siyosiy liberalizm nazariyasi asosidagi konservativ-pragmatik platformalar ta’siridagi jarayon siyosiy omil va partiyaviy fragmentatsiyaning asosiy determinanti ekanligi isbotlangan;
Koreya partiya tizimida fuqarolik jamiyati institutlari hamda raqamli kommunikatsiya vositalari siyosiy faollikni kengaytirish, partiyalarning ijtimoiy bazisini mustahkamlash va institutsional barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim amaliy omil sifatida namoyon bo‘layotgan tendensiya partiya identikligining evolyusion transformatsiyasiga, umumxalq ishtirokiga tayanadigan interaktiv siyosiy faoliyat modellariga tranziti bilan tavsiflanishi nazariy xulosalar asosida ko‘rsatib berilgan;
Koreya Respublikasidagi plyuralizm sharoitida siyosiy partiyalar identikligining shakllanishi va transformatsiyasi jamiyatning mafkuraviy, madaniy hamda milliy qadriyatlari ta’sirida, siyosiy realizm va liberalizm nazariyalari o‘rtasidagi muvozanatda rivojlanib, milliy manfaatlarni ifodalovchi siyosiy kuch hamda fuqarolik jamiyati bilan inklyuziv hamkorlik orqali o‘z faoliyatini kengaytiruvchi gibrid tizim sifatida shakllanishi va uning demokratik konsolidatsiyani ta’minlash jarayonida ustuvorlikka egaligi ilmiy aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Demokratik plyuralizm sharoitida Koreya Respublikasi siyosiy partiyalari identikligini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Koreya Respublikasi siyosiy tizimining evolyusiyasida partiya identikligining shakllanishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan milliy konstitutsiyaviy anʻanalar, ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya va fuqarolik jamiyati institutlari ta’sirida amalga oshgani, partiyaviy o‘zlikning barqarorligi siyosiy institutlar legitimligi va demokratik konsolidatsiya bilan mantiqiy bog‘liqligi haqidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 01-27/266-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy materiallar bazasining boyishiga xizmat qilgan.
Partiya identikligining shakllanishi Koreya siyosiy madaniyatiga xos konfusiylik qadriyatlari ustuvor bo‘lgan ierarxik tuzilma, liderga sodiqlik, jamoaviy mansublik, mahalliy ijtimoiy tuzilmalardagi “Xonam-Yonnam” dixotomiyasi va siyosiy liberalizm nazariyasi asosidagi konservativ-pragmatik platformalar ta’siridagi jarayon siyosiy omil va partiyaviy fragmentatsiyaning asosiy determinanti ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining 2026-yil 30-yanvardagi 22/26-sonli ma’lumotnoma). Natijada, markaz tomonidan tomonidan tayyorlangan axborot va tahliliy materiallar mazmunining yaxshilashga xizmat qilgan.
Koreya Respublikasidagi plyuralizm muhitida siyosiy partiyalar identikligining shakllanishi va transformatsiyasi jamiyatning mafkuraviy, madaniy hamda milliy qadriyatlari ta’sirida, siyosiy realizm va liberalizm nazariyalari o‘rtasidagi muvozanatda rivojlanib, milliy manfaatlarni ifodalovchi siyosiy kuch hamda fuqarolik jamiyati bilan interaktiv hamkorlik orqali o‘z faoliyatini kengaytiruvchi gibrid tizim sifatida shakllanishi va uning demokratik konsolidatsiyani ta’minlash jarayonida ustuvorlikka egaligi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan “Sharq mamalakatlari taraqqiyoti tarixining tizimli tahlili darsligida foydalanilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 03-03-02/2405-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiq qilingan ilmiy natijalar “Koreyaning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi xususiyatlari” va “Xitoy, Yaponiya va Koreyaning rivojlanish bosqichlari tahlili” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Koreya partiya tizimida fuqarolik jamiyati institutlari hamda raqamli kommunikatsiya vositalari siyosiy faollikni kengaytirish, partiyalarning ijtimoiy bazisini mustahkamlash va institutsional barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim amaliy omil sifatida namoyon bo‘layotgan tendensiya partiya identikligining evolyusion transformatsiyasiga, umumxalq ishtirokiga tayanadigan interaktiv siyosiy faoliyat modellariga tranziti bilan tavsiflanishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 06-09-1582-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Koreya Respublikasining ichki va tashqi siyosatini belgilashda partiyalarning roli, mamlakatda mavjud siyosiy institutlar va guruhlarning faoliyatini yoritishga va tahliliy materiallar tayyorlashga xizmat qilgan.