Rizaeva Malika Jamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Persistirlovchi bo‘lmacha fibrillyasiyasi bilan kechuvchi yurak ishemik kasalligida gemostaz tizimining diagnostik va prognostik ahamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar, 14.00.29-Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3756.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanova, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti, Belarusiya.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi bilan kechuvchi yurak ishemik kasalligida gemostaz ko‘rsatkichlarining diagnostik va prognostik ahamiyatini kompleks baholash va xavfni stratifikatsiya qilish algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi gemostaz buzilishlarini chuqurlashtiruvchi mustaqil patogenetik omil ekanligi isbotlanib, bo‘lmacha fibrilyasiyasi mavjud YuIK bemorlarida fibrinogen, D-dimer va Xa-omili oshishi, antitrombin III esa pasayish darajalari yuqori ishonchligi aniqlangan;
gemostaz markerlariga asoslangan FLAT-Risk indeksining CHA₂DS₂-VASc bilan o‘zaro tizimli tahlili qilinib standart klinik xavf shkalasiga tayanish tromboembolik xavfni baholash aniqligini cheklashi ilmiy asoslangan;
gemostazning Xa-omili faolligi va exokardiografik ko‘rsatkichlar kombinatsiyasi asosida shakllantirilgan prognostik indeks tromboembolik asoratlarni bashorat qilishda alohida olingan klinik yoki laborator ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq prognostik qiymatga ega ekanligi isbotlangan;
persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi bilan og‘rigan YuIK bemorlarida gemostaz ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda xavfni yanada aniq stratifikatsiya qilish imkonini beradigan tromboembolik asoratlar xavfini bashorat qiluvchi klinik-laborator prognoz algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Persistiruvchi bo‘lmacha fibrillyasiyasi bilan kechuvchi yurak ishemik kasalligida gemostaz tizimining diagnostik va prognostik ahamiyatini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. Persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi gemostaz buzilishlarini chuqurlashtiruvchi mustaqil patogenetik omil ekanligi isbotlanib, bo‘lmacha fibrilyasiyasi mavjud YuIK bemorlarida fibrinogen, D-dimer va Xa-omili oshishi, antitrombin III esa pasayish darajalari yuqori ishonchligi aniqlanganligi bo‘yicha “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi qaytalanishining exokardiologik prediktorlari va davo usulini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/234-son xulosasi) bilan tasdiqlangan va “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlardagi bo‘lmacha persistirlovchi fibrillyasiyasida gemostaz markerlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 29 sentyabrdagi 24-m/053 sonli ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (13.11.2024 yil, buyruq №99); Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (18.11.2024 yil; 01-53 son, 18.11.2024 yil; 01-54 son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (O‘zRes SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/19-son xulosasi). Ilmiy yangilik ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BF mavjud YuIK bemorlarida tromboembolik asoratlar xavfi klinik jihatdan og‘ir kechishini patogenetik jihatdan tahlil qilinishi insul`t, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga qaratilgan profilaktik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Tromboembolik asoratlarni erta aniqlash bemorlarni xavf guruhlariga erta ajratish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BF ni giperkoagulyasiyani kuchaytiruvchi mustaqil omil sifatida hisobga olish asoratlarni erta oldini olish imkonini yaratib, qimmat statsionar davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Bemorlarning statsonar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 547 200 so‘m, byudjet mablag‘laridan 206 039 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Bo‘lmacha fibrilyasiyasining tromboembolik asoratini erta aniqlash orqali statsionar davolanish muddatining qisqarishi, asoratlar chastotasining pasayishi va takroriy gospitalizatsiyalarning oldini olish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari sezilarli darajada qisqaradi.
ikkinchi ilmiy yangilik. Gemostaz markerlariga asoslangan FLAT-Risk indeksining CHA₂DS₂-VASc bilan o‘zaro tizimli tahlili qilinib standart klinik xavf shkalasiga tayanish tromboembolik xavfni baholash aniqligini cheklashi aniqlanganligi bo‘yicha “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi qaytalanishining exokardiologik prediktorlari va davo usulini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/234-son xulosasi) bilan tasdiqlangan va “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlardagi bo‘lmacha persistirlovchi fibrillyasiyasida gemostaz markerlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 29 sentyabrdagi 24-m/053 sonli ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (13.11.2024 yil, buyruq №99); Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (18.11.2024 yil; 01-53 son, 18.11.2024 yil; 01-54 son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (O‘zRes SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/19-son xulosasi). Ilmiy yangilik ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik jihatdan past yoki o‘rta xavf deb baholangan bemorlarda ham yashirin trombogen holat mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib, «kutilmagan insul`t» holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xavfni noto‘g‘ri baholash natijasida rivojlanadigan asoratlarning kamayishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta iqtisodiy samara beradi, ortiqcha yoki kechiktirilgan davolash xarajatlarini qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 2 648 104 ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Uzoq muddatli perspektivada profilaktik davo statsionar davolashga nisbatan arzonligi hisobidan iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi va asoratlar profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik. Gemostazning Xa-omili faolligi va exokardiografik ko‘rsatkichlar kombinatsiyasi asosida shakllantirilgan prognostik indeks tromboembolik asoratlarni bashorat qilishda alohida olingan klinik yoki laborator ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq prognostik qiymatga ega ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi qaytalanishining exokardiologik prediktorlari va davo usulini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/234-son xulosasi) bilan tasdiqlangan va “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlardagi bo‘lmacha persistirlovchi fibrillyasiyasida gemostaz markerlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 29 sentyabrdagi 24-m/053 sonli ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (13.11.2024 yil, buyruq №99); Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (18.11.2024 yil; 01-53 son, 18.11.2024 yil; 01-54 son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (O‘zRes SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/19-son xulosasi). Ilmiy yangilik ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuqori bashorat aniqligiga ega indeks bemorlarni erta va to‘g‘ri xavf guruhlariga ajratishga yordam beradi, bu esa insul`t va tizimli tromboemboliyaning oldini olish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Prognozning aniqligi oshishi orqali maqsadli antikoagulyant terapiya qo‘llanilib, asoratlar bilan bog‘liq ortiqcha diagnostika va davolash xarajatlari kamayadi, Maqsadli antikoagulyant terapiya uchun bir yilda bir bemorga 870 600 so‘m sarflanadi, bu tromboembolik asoratlarni tashxislashda va davo xarajatlaridan 4,8 baravar arzon bo‘lib, har bir nafar bemor uchun bir yilda 3 308 280 so‘m miqdordagi xarajatni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. Asoratlar oldini olish yuqori narxdagi davolash bosqichlariga o‘tish ehtimolini kamaytiradi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni optimallashtirish ikonini bergan
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi bilan og‘rigan YuIK bemorlarida gemostaz ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda xavfni yanada aniq stratifikatsiya qilish imkonini beradigan tromboembolik asoratlar xavfini bashorat qiluvchi klinik-laborator prognoz algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda persistirlovchi bo‘lmacha fibrilyasiyasi qaytalanishining exokardiologik prediktorlari va davo usulini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/234-son xulosasi) bilan tasdiqlangan va “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlardagi bo‘lmacha persistirlovchi fibrillyasiyasida gemostaz markerlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 29 sentyabrdagi 24-m/053 sonli ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (13.11.2024 yil, buyruq №99); Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (18.11.2024 yil; 01-53 son, 18.11.2024 yil; 01-54 son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (O‘zRes SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/19-son xulosasi). Ilmiy yangilik ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Algoritm klinik amaliyotda shifokorlarga qaror qabul qilishni engillashtirib, bemorlarda asoratlarni erta oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritmni joriy etish davolash resurslaridan oqilona foydalanish, statsionar yotqizishlar sonini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Persistirlovchi tromboembolik asoratlarni davolashga qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 4 178 880 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1 215 300 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 2 963 580 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: FLAT-Risk algoritmini klinik amaliyotga joriy etish diagnostik va davolash xarajatlarini optimallashtiradi, statsionar yotqizishlar sonini kamaytiradi va antikoagulyant terapiyaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi.