Inamov Bekzod Nizamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish uslubiyatini takomillashtirish”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx257
Ilmiy maslahatchi: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Qosimjon, texnika fanlari doktori, dotsent; Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni samarali tashkil etishning ilmiy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanishni tashkil etishning 7 ta omili: tabiiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, tashkiliy va bozor omillariga bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
sug‘oriladigan ekin erlaridan samarali foydalanish holatini makon-zamon kesimida aniqlash va dinamik tahlil qilish imkonini beruvchi baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishni boshqarishda asos bo‘luvchi ma’lumotlarning raqamli transformatsiyasini ta’minlovchi “Land Vision” dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan va 80 094,5 ga er maydonlarining geoma’lumotlari yagona axborot tizimiga integratsiya qilinishi imkoniyati mavjudligi ilmiy asoslab berilgan;
masofadan zondlash ma’lumotlari asosida maqbul er tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va ular asosida sug‘oriladigan ekin er maydonlarini muhofaza qilish imkoniyati mavjudligi ilmiy asoslab berilgan;
tadqiqotlar davomida tajriba-sinov hududlar misolida ishlab chiqilgan bashoratlash modeli sug‘oriladigan erlardan foydalanishni boshqarishda qaror qabul qilish samaradorligini oshirishi ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanishni tashkil etish” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki er tuzish loyihasi asosida qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqqan erlarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
sug‘oriladigan ekin erlardan foydalanishni oqilona tashkil etishda takomillashtirilgan baholash mexanizmi ishlab chiqilgan va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Toshkent va Navoiy viloyatlari hududiy bo‘linmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarining real vaqt rejimidagi holatini kompleks baholash imkoniyati yaratilgan.
sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish imkonini beradigan “Land Vision” dasturi ishlab chiqilgan va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Toshkent va Navoiy viloyatlari hududiy bo‘linmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot orqali viloyat, tuman hamda massivlar kesimida erdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar, er turi, maydoni, hududning fazoviy koordinata ma’lumotlari, real vaqt holatidagi sug‘oriladigan erlar bo‘yicha ma’lumotlar olish, shuningdek ekin erlaridan samarali foydalanish va boshqarish imkoniyati yaratilgan.
masofadan zondlash ma’lumotlari asosida maqbul er tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqbul er tuzish loyihalari asosida sug‘oriladigan ekin er maydonlarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish imkoniyati yaratilgan.