Tolibova Zevar Hojievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar markerlar yordamida no‘xatning (Cicer arietinum l.) mahalliy va jahon kolleksiyasi namunalarini sho‘rga chidamliligi bo‘yicha genotiplash», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1500.
Ilmiy rahbar: Qulmamatova Dilafruz Erkinovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti DSc.05/2025.27.12.B.24.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: no‘xatning mahalliy va jahon kolleksiyasi namunalarini optimal va sho‘rli muhit (turli iqlim) sharoitlarida morfo-xo‘jalik belgilarini bo‘yicha baholash hamda molekulyar markerlar yordamida genotiplashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining tabiiy sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida turli ekologik kelib chiqishga ega bo‘lgan no‘xat namunalarini morfoxo‘jalik belgilari fenotipik baholash natijasida shu hududga moslashgan 15 ta namuna tanlab olingan;
turli ekologik hududlarda no‘xat genotiplarning stressga chidamlilik indekslari asosida sho‘rlangan muhitda hosil barqarorligini namoyon qilgan genotiplar aniqlangan;
sulfatli sho‘rlangan sharoitda o‘simlik bo‘yi uzunligining bir o‘simlikdagi dukkak soni, don soni, don og‘irligi, 1000 dona don vazni va don hosildorligi belgilari bilan ijobiy bog‘liqligi isbotlangan;
no‘xat genotiplarining populyasion tarkibining genotipik tahlili, populyasiyalar ichida va orasidagi genetik xilma-xillik darajasi, populyasiyalarda noyob allellarning uchrash chastotasi 14,8% ga teng bo‘lib, genotip bilan bog‘liq holda no‘xat genotiplari orasida ahamiyatli genetik farqlanish mavjudligi aniqlangan;
don hosildorligi va stressga chidamlilik bilan genetik bog‘langan, 78,5-84,6% ishonchlilikni namoyon qilgan SSR markerlari maqsadli seleksiya dasturlari uchun ishonchli marker sifatida tanlab olingan;
in-silico PZR tahlili yordamida tanlangan DNK markerlarining genom yondosh hududidagi sho‘rga chidamlilik bilan aloqador bo‘lgan genlarning va shu genlar kodlaydigan oqsillarning nukleotid ketma-ketligi aniqlangan va QTL hududlarining joylashuvi xaritasi tuzilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Molekulyar markerlar yordamida no‘xatning (Cicer arietinum L.) mahalliy va jahon kolleksiya namunalarini sho‘rga chidamliligini genotiplash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
no‘xatning mahalliy va xorijiy nav namunalaridan foydalanib, optimal va stress sharoitlarida hosil komponentlari o‘rtasidagi munosabatlarini, no‘xat genotiplarining populyasion tuzilishi, genetik xilma xilligi, stressga chidamlilikni aniqlash kabi natijalaridan 2021-2024 yillarda bajarilgan “IL-402104268 “Molekulyar genetik uslublar yordamida no‘xat va yasmiqning fuzariozga chidamli navlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 23-iyuldagi № 4/1255-1810 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, no‘xatning don hosildorligi va stress omillari genetik bog‘langan TAASh, H1I18, ISSR, TA125 kabi markerlari no‘xatda stressga chidamlilikni namoyon qiluvchi genlarni identifikatsiyalash imkonini bergan;
molekulyar genetik tahlillar asosida tabiiy sho‘rlangan muhit shariotida no‘xat nav namunalarining sho‘rga chidamliligi aniqlangan bo‘lib, olingan ma’lumotlar ICARDA tashkiloti tomonidan bajarilayotgan dasturlarda no‘xatning genetik- seleksion salohiyatini kengaytirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi ekinlarining iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni rivojlantirishda foydalanilgan (ICARDA xalqaro tashkilotining 2025 yil 24 aprel, № IST/1788-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha muhim yutuqlarga erishish va seleksion innovatsiyalarni mahalliy hamda xalqaro darajada qo‘llash imkoniyatini bergan.