Nabieva Farangiz Sadriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Immunoferment tahlili uchun konyugat olish usullarini takomillashtirish”, 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B626. 
Ilmiy rahbar: Dushanova Gavhar Abdukarimovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.08.09.
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sattarov Abdumurodov Sattorovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqot maqsadi. S. cerevisiae S288C sanoat shtammini  o‘stirish va biologik faol moddalar to‘planadigan optimal sharoitlarini tanlash, konyugat hosil qilishda qo‘llash uchun achitqidan istiqbolli fermentlarni ajratish va faolligini  baholashdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo (sabzavot chiqindilari) va biologik qo‘shimchalar (B3 vitamini, MgSO₄ va pektinaza fermenti) bilan boyitilgan Saburo ozuqa muhitida S. cerevisiae S288C shtammining samarali rivojlanishi va ko‘payishi isbotlangan; 
ilk bor immunoferment tahlil uchun konyugat ishlab chiqarishda S. cerevisiae S288C  shtammiga mansub PHM8, CCP1 fermentlarining faolligi bioinformatik dasturlar asosida bashorat qilinib, oqsillar potensial funksional faolligi East Genome Database ma’lumotlari asosida aniqlangan;
ilk bor, S. cerevisiae S288C  shtammidan ajratilgan PHM8, GTT1, LPP1 va CCP1 fermentlarining molekulyar tuzilishi SwissModel modellashtirish dasturida tadqiq qilingan,  fermentlarning uch o‘lchamli 3D konformatsiyasi ishlab chiqilib, protein-antigen shaklida bog‘lanish qobiliyati va barqarorligi asoslangan;
immunoferment tahlili uchun konyugat hosil qilishda muqobil PHM8 va CCP1 fermentlardan foydalanish mumkin ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. S. cerevisiae S288C sanoat shtammini  o‘stirish va biologik faol moddalar to‘planadigan optimal sharoitlarini tanlash, achitqining konyugat hosil qilishda qo‘llash uchun istiqbolli bo‘lgan fermentlarini ajratish va faolligini  baholashda olingan natijalar asosida:
S. cerevisiae S288C shtammidan ajratib olingan PHM8 va CCP1 fermentlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi laboratoriyasida muqobil ferment laborator diagnostika  jarayonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 22-maydagi №18/49-son ma’lumotnomasi). Natijada, immunoferment tahlil uchun mazkur fermentlarning qo‘llanilishi import qilinadigan HRP (Horseradish Peroxidase) konyugatlarini mahalliylashtirish orqali har bir namuna uchun sarflanadigan  mablag‘ni 1,5-2,0 AQSh dollarigacha kamaytirish imkonini beradi;
S. cerevisiae S288C PHM8 va CCP1 fermentlarining konformatsion hamda 3D strukturasini bioinformatsion dastur tahlili natijalari asosida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanoma Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M. Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutida laborator diagnostika jarayonlarining amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil 22-maydagi №18/49-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan fermentlarning 3D tuzilmasi  tashxislash tizimini ishlab chiqish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish orqali natijalar aniqligini to‘g‘ri baholash va standartlashtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish