- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi TDShUda
2026-yil 8-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar berish tizimini takomillashtirish, shuningdek, doktorantura va ilmiy izlanishlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy salohiyatni yanada oshirish, hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi va savollarga javob berildi.
Manba: https://tsuos.uz/
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering