Abduraxmonov Nodirjon Yulchievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini baholashning ilmiy asoslari», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/V90.

Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Ramazan, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.39.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning balandlik va sahro mintaqasida tuproq qoplamlarini shakllanishi, rivojlanishi va evolyusiyasi qonuniyatlari, xossa-xususiyatlarini aniqlash asosida sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini baholashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tuproqlarning hosil bo‘lishi, shakllanishi, rivojlanishi va evolyusiyasi jarayonlari ta’sirida yuzaga keladigan tuproqning barcha xossa-xususiyatlari va ekologik-meliorativ sharoitlari yig‘indisi tuproq unumdorligi ekanligi aniqlangan;

sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning ayrim xossalari bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqliklar aniqlangan;

korrelyativ bog‘liqliklar asosida tuproqlar unumdorligini chegaralovchi xossalari uchun takomillashtirilgan pasaytiruvchi bonitirovkalash koeffisientlari ishlab chiqilgan;

sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini baholashda uning barcha genetik xossa-xususiyatlariga asoslanish lozimligi, ma’lum bir vaqt davomida olingan o‘rta agrotexnikaviy sharoitda aniq o‘simlik turiga nisbatan, tuproqning samarali unumdorligi baholanishi zarurligi isbotlangan;

sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini baholashning asosiy shkalalari ilmiy asosda takomillashtirilib, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan;

tayanch xo‘jaliklar sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning sifatini baholash asosida har bir tuproq ayirmasi uchun bonitet ballari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini baholashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarini bonitirovkalash bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy ko‘rsatma» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-05-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikadagi 3648,7 ming gektar fermer xo‘jaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar sug‘oriladigan tuproqlarini ball bonitetini qaytadan aniqlash va er kadastri ma’lumotlarini yangilash imkonini bergan;

«Davlat er kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-05-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada soha mutaxassislari tomonidan turli masshtabli tuproq tadqiqotlarini o‘tkazish va tuproq kartalarini tuzishda me’yoriy hujjat sifatida xizmat qilgan;

«O‘zbekiston Respublikasi lalmi tuproqlarining unumdorlik darajasini baholash bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy qo‘llanma» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-05-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada bonitirovkalash koeffisientlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurt botiqligi hududidagi 6,7 ming gektar lalmi tuproqlar unumdorligini baholash imkonini bergan;

Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o‘rta masshtabli tog‘-lalmi tuproq kartalari Jizzax viloyatida 220,1 ming/ga, Qashqadaryoda 258,6 ming/ga va Surxondaryo 39,9 ming/ga lalmi er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-05-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmi tuproqlar unumdorligini barqarorlashtirish, er resurslaridan samarali foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;

«Lalmi va yaylov erlarning holati va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-05-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning turli regionlaridagi lalmi tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish hamda muhofazalash, tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, lalmi er resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

«O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha tavsiyalar» O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 15 fevraldagi 01/03-431-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning turli regionlaridagi fermer xo‘jaliklari sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish hamda erlardan samarali foydalanish bo‘yicha agromeliorativ, agrofizik, agrokimyoviy tadbirlar belgilashda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;

«Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan tuproqlarini hozirgi holati, ularning unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha tavsiyalar» Sirdaryo viloyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 15 fevraldagi 01/03-431-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatdagi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan;

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlaridagi asosiy degradatsiya jarayonlari va ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 15 fevraldagi 01/03-431-son ma’lumotnomasi). Natijada Orol bo‘yi hududlaridagi degradatsiyaga uchragan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklashda fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlari tuproqlari holati hamda unumdorligi past erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 06 martdagi 02/020-140-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida shakllangan degradatsiya jarayonlarini kamaytirish jumladan, tuproq unumdorligi va mahsuldorligi past bo‘lgan sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish hamda serdaromad qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish